Glossariy
Agora — Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, markaziy maydon.
Akveduk — ustida shaharga suv keladigan anhori bo'lgan baland ko'prik.
Altamir — Ispaniyadagi so'nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g'or.
Amfiteatr — sahna atrofida tomoshabinlar o'tirishiga mo'ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot.
Amfora — suyuq mahsulotlarni tashish va saqlash uchun mo'ljallangan bo'g'zi ingichka va qo'shaloq dastali katta ko'za.
Amulet — misrliklar fikricha, mabodo inson o'zi bilan birga olib yursa, yovuz ruhlar va balo-ofatlardan himoya qiluvchi kichik buyumlar; tumor.
Animizm — insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod.
Antik tarix — Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi.
Argonavtlar — oltin mo'ynani (sehrli qo'chqor terisini) izlab "Argo" degan ko'p eshkakli kemada daryoga chiqqan Ellada qahramonlari.
Ariylar — qadimgi xalqlar; tarjimasi "sodiqlar", "erkinlar" ma'nosini anglatadi; oriylar.
Arxeologiya — ashyoviy manbalarni o'rganuvchi va ular bo'yicha tarixiy o'tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik.
Arxiv — davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy.
Arxitektura — binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san'ati.
Avstralopitek — eng qadimgi odam turi.
Budda — Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; "Ma'rifatlan- 9an" tarzida tarjima qilinadi.
Buddaviylik — miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta'limot.
Danaylar — Gomer "lliada"da yunonlarni shunday atagan.
Delta — Nil daryosi O'rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksi- mon yalpi manzarani yuzaga keltiruvchi makon.
Demokratiya — har bir fuqaro o'z mamlakatini boshqarish masalasi bo'yicha o'z fikrini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum.
Diadohlar (vorislar) — Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar.
Diktator — favqulodda vaziyatlar ro'y bergan taqdirda tayinlanuvchi yakkaboshchi hukmdor.
Dinastiya (sulola) — birin-ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug'i; sulola vakillari ko'pincha bitta nom bilan aytilgan, masalan, ahamoniylar.
Ellada — Qadimgi Yunoniston.
Ellinlar — qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan.
Falanga — og'ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi.
Fir'avn — Misr hukmdori; \tug' xonadon" ma'nosini anglatadi.
Freska — selgimagan suvoqqa chizilgan rasm.
Forum — yig'ilish joyi va bozor maydoni bo'lib xizmat qilgan shahar markazi.
Gilgamish — Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs. Uruk shahri podshosi.
Goplit — Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyala- rining og'ir qurollangan piyoda jangchisi.
Ibodatxona — muqaddas deb e'lon qilingan, odamlar xudolarga sig'ingan bino yoki joy.
"Iliada" — Gomerning Troya urushi haqidagi dostoni.
Imperiya — hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy etilgan davlat.
Italiklar — Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar.
lyerogliflar — qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan; "muqaddas bitiklar" ma'nosini anglatadi.
Kapitoliy tepaligi — Rimdagi eng baland tepalik.
Kohinlar— ibodatxona ruhoniylari.
Koloniyalar — o'z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar.
Konsul — Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.
Ko'chmanchilar — doimiy istiqomat joyiga ega bo'lmagan kishilar.
Legion — Rim armiyasida eng yirik jangovar birlik.
Metek —Afinada yashovchi ajnabiy.
Mixxat — shumerlar va forslarning qadimgi yozuvi.
Moxenjodaro — Hindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya.
Mozaika — rangli sopol yoki st^isha parchalaridan devorda yoki polda ishlangan suvoqqa qadalgan manzsteali rasm.
Olimpiada o'yinlari — Pelopenos yarimorolidagi Olimpiya shahrida tort yilda bir marta Olimpiyalik Zevs sharafiga bag'ishlab o'tkaziladigan umumyunon sport musobaqalari.
Oykumena — Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi.
Papirus — poyasining mag'zi yozuv yozishga material tayyorlash uchun ishlatiladigan qamish.
Patritsiylar — senatorlarning avlodlari.
Piramida — mahobatli tosh inshoot, fir'avnlar maqbarasi.
Plebeylar— oddiy xalq, shaharliklar, kambag'allar.
Qarzdorlik qulligi — qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga aylantirilishi jarayoni.
Qui — o'zga bir kishining mulki bo'lgan va ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan erksiz odam ("so'zlovchi mehnat quroli"); qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo'lgan.
Qurbonlik bag'ishlash — mehr-shafqatini qozonish maqsadida xu- dolarga tortiq etiladigan hadyalar.
Respublika — "umumiy ish" ma'nosini anglatadi; tuzum nomi,
Senat — "Oqsoqollar kengashi" ma'nosini anglatadi.
Strateg —Afinaning harbiy boshlig'i.
Sfinks — jasadi sherniki va boshi insonniki bo'lgan, piramidalarni qo'riqlovchi afsonaviy mavjudot.
Sivilizatsiya — jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi.
Termlar — Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
Mumiyolangan jasad — dafn etishga tayyorlangan, maxsus uzoq saqlanuvchi moddalar qo'shilmalari bilan ishlov berilgan jasad.
Nekropol — qabriston; maqbara.
"Nom'lar — Misrdagi ilk davlatlar.
Tiran — mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan hukmdor.
Varvar — dastlab: yunon tilida so'zlashmaydigan har qanday chet mamlakatlik kishi; keyinchalik bu so'z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo'ldi.
Xronologiya — asrlar, davrlar, vaqt o'lchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.
Zikkurat — tepasida ibodatxonasi bo'lgan zinapoyali yirik minora.
Shahar-davlat (polis) — tevaragidagi hududlarni tasarrufiga olgan o'zini o'zi boshqaruvchi shahar;
Do'stlaringiz bilan baham: |