BOSHLANG’ICH SINFLARNI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O`RNI
SHIXOVA I.O., RAJABOV SH.SH., Xorazm VXTXQTMOI.
Sog`lom bolani kamol topshirishda sog`lom muhit, sog`lom oila, sog`lom onaning o`rni beqiyos.Shu sababdan
farzand tug`ilmasidanoq sog`lom muhitni tashkil etib bo`lajak onaning sog`ligiga, ruhiyatiga ,bilim
doirasining
boyitishga,ta`lim sifatini samarali o`zlashtirishiga katta e`tabor qaratishimiz lozim. Prixologlarimiz fikricha,
farzandlarimiz kamolotida onaning 70-80 foiz
aqliy salohiyati, fe`l-atvoridagi xususiyatlar o`tar ekan. Farzandimiz
dunyoga kelishidanoq uning kelajagiga g`amho`rlik qilib,5-8 yoshigacha butun hayoti davomida foydalanadigan
axborotlarning 90 foizigacha o`rganishini e`tiborga olib aynan shu davrda farzandimiz tarbiyasiga jiddiy
yondashishimiz darkor.Bunda farzandlarimizni maktabgacha tarbiya maskanlariga , bog`chalarga ,piru-badavlat
qariyalar
tarbiyasiga,yaxshi tarbiya ko`rgan insonlar qoliga topshirishimiz,o`zimiz ham butun diqqatimizni ular
tarbiyasiga qaratmog`imiz lozim.O`zimiz har jihatdan ularga o`rnak, namuna, ibrat bo`lmog`imiz,sog`lom turmush
tarziga amal qilmog`imiz joiz. Farzandimiz tarbiyasida maktabgacha va boshlang`ich ta`lim muassasalarida ta`lim-
tarbiya sifatini oshirish muhim o`rin tutadi.Bu vazifani bajarishda ta`lim-tarbiya jarayonini rivojlantirishda turli
innovatsion texnologiyalar,turli AKT imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.Ta`lim jarayonida “Aqliy
hujum”,”Debatlar”,”O`yla,izla,top”,”Sirli sandiq”,”Manzilga kim tez yetadi”,”Bilimlar saltanati”,”Kim
epchilu-kim
chaqqon?”,”Do`stingni top”,”Davom ettir”,”Sanamay sakkiz dema!”,”Matematik diktant”,”Aqlli poyezd”,”Rasmni
tikla”,”Ertaklar yaxshilikka yetaklar”,”Ertakchi bolajonlar” kabi didaktik o`yinlar maqsadga muvofiqdir.Yuqorida
ta`kidlangan o`yinlar bola psixikasi, yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanadi.Bu innovatsion texnologiyalarni
AKTdan foydalanib o`tkazsak yanada yaxshi samara beradi. Chunki , yuz bora eshitgandan ko`ra , bir bora ko`rgan
afzal naqliga amal qilsak, kompyuter texnologiyasi orqali ko`rsa, tomosha qilsa, o`rgansa, o`zi mustaqil
bajarsa,farzandimizning aqliy salohiyati,hayotga qiziqishini,mehnatsevarlikga , dunuoqarashini shakllanishiga olib
keladi. Jumladan,farzandlarimiz bilan “Sanamay sakkiz dema” oyinini o`ynash jarayonini ko`rib chiqamiz. Kompyuter
ekranida biror geometrik shakl beramiz. Savol qo`yamiz:anashu geometrik shaklda nechta uchburchak, to`rburchak,
aylana bor?Bola ularni topib har bir shaklni kompyuterda Paint va Word dasturlari orqali chizib natijani topishi lozim
yoki farzandimizga yuqoridagi shakllar orqali odam rasmini chizish topshiriladi. Rasm asnosida farzandimiz
temperamenti, qiziqishi, xarakterini, qobiliyatini aniqlab olishimiz mumkin.Bu vazifani bajarishda 15-20 daqiqa vaqt
beramiz. Bundan ortiqcha vaqt esa farzandimiz sog`ligiga jiddiy ta`sir etadi. Buni inobatga olib, farzandimiz kompyuter
oldida ko`p qolib ketmasligini ta`minlashimiz lozim. “Ertaklar yaxshilikka etaklar” nomli o`yinimizda esa kopyuter
orqali farzandlarimizga qiziqarli ertaklarni qo`yib eshttirishimiz ,rangli tasvirini monitorda ko`rsatish orqali fikrlash
doirasini kengaytirishimiz mumkin. Ertaklar yuzasidan savol-javoblar uyushtirib nutqiy qobiliyatini, insoniy
fazilatlarini oshirib boramiz. Bolajonlarning sevimli ertagi bo`lmish “Zumrad va Qimmat” ertagini olaylik. Ertak
asosida savol-javob uyushtiramiz:kim yaxshiyu, kim yomon ekanini, o`zi ko`proq kimga o`xshashni hohlashini,
yomonlikning mag`lub , yaxshilikning g`olib bo`lishini
sabablarini, odob-ahloq qoidalarining foyda –zarari haqida
suhbatlar o`tkazsak maqsadga muvofiq bo`lar edi.
“Davom ettir” oyini orqali matematik maqolning birinchi jumlasini boshlab qolganini farzandimizni davom
ettirishga undaymiz. Masalan,
1. Gullar ekish
2. Manzarali
daraxtlarni
ekish
3. Bog’lar
tashkil etish
4. Yovvoyi
qushlar va
hayvonlarga
g’amxo’rlik
qilish
1. Suvga chiqindi
tashlash
2.
Suvni isrof qilish
3. Xazonlarni yoqish
4. Chiqindilarni ochiq
holatda tashlah
5. Daraxtlarni sindirish
6. Qushlar va hayvon-
larga ozor
berish
Tabiatga
ta’sir
etuvchi
omillar
370
- Etti o`lchab …kes
- Sanamay … dema
- Birni kessang … ek
- Qars … qo`ldan chiqar
- Bilagi zo`r … ni yiqitar, bilimi zo`r … ni
- Ilimsiz … yashar, ilimli …
- … ni birov beradi, …ni mehnat beradi
- … oyoq ham bir manzilga eltadi
- … mard butun elni tanitar
- … quloqdan ko`ra, … ko`zga ko`proq ishon
Bu kabi maqollar sonlar haqida bilimlarni boyitibgina qolmasdan aqliy qobiliyatlarini o`stirib chuqur
mushohada yurutishga chorlaydi, tarbiyalaydi.
Matematika fanlarida ham shirin so`z orqali farzandlarimizni yaxshi sifatlarini oshirishimiz mumkin. Har
bir sabog`imizda quyidagi tartibda kirish qismi tashkil qilsak, darsimiz yanada ham jonli, o`quvchilarimiz faol,
intizomli, intiluvchan bo`lishini kuzatishimiz mumkin.
-Bolalar bugun qaysi kun?
-Bugungi ob-havo sizga qanday kayfiyat bag`ishlaydi?
-Ko`nglimiz ham qorday oppoq va tinch bo`lishi uchun nima qilishimiz kerak? (jilmayish)
-Yaxshi kayfiyatingizni atrofingizdagilarga ulashing, bir-birimgizga jilmayib qarang.
-Men ham sizlarga o`z tabassumimni hadya etaman.
-Men sizlarni sevaman va sizlarga omad tilayman.
Shu kabi iliq, do`stona muhit farzandimiz kamolotida etakchi o`rin egallaydi. Donolar fikriga ko`ra,
farzandlarimizga qanchalik samimiy, mexribon, shirinso`z bo`lsak ulardan buyuk insonlar, daholar etishib
chiqadi.Tarixdan ma`lumki, Napalion Bonapartni oyisi har kuni “O`g`lim, turing: sizni buyuk ishlar kutmoqda” deya
uyg`otib, uni oddiy askardan imperator darajasiga ko`tarilishiga sabab bo`lgan. Bu kabi misollarni ko`plab keltirishimiz
mumkin.
O`yinlar ham foydali yoki zararli bo`lishi mumkin.Bunda ayniqsa,ota _onaning,ustozlarning
roli katta
Kompyuter o`yinlarini saviyasiga ko`ra bir qancha guruhlarga bo`lish mumkin. Bularga:ta`limiy o`yinlar,ro`lli
sarguzashtli o`yinlar,sport o`yinlari,jangari o`yinlar,strategik o`yinlar...
Bu o`yinlar ustida qisqacha to`xtalib o`tishni joiz deb bilib ular ustida to`xtalamiz.
Ta`limiy o`yinlar: Bu toifa o`yinlar ma`lum bilimlarni qiziqarli tarzda oshirishga yo`naltirigan.Ular shakllar,
ranglar,harflar,raqamlarni eslab qolishga yordam beradi. O`qish ,sanashni,chet tillarni tez va oson o`rganadi.Bu xil
o`yinlar bolarga,keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.Ular turli darajada tuzilgan boshlovchilar uchun
mo`ljallangan alifbodan,oddiy so`zlardan tortib, yuqori darsjadagi animatsiyalar,rasmlar, qiziqarli viktorinalardir.
Muayyan ishga solish, takrorlash,og`zaki ,yozma
mashqlar,ertak qahramonlari orqali olib boriladi.Rolli-sarguzashtli
o`yinlar:Doimo yangi-yangi topshiriqlar bilan murakkab vaziyatlarga yechimlar topishga,o`ylashga undaydi.Bolaning
qanday qarorga kelishi keyingi voqea-hodisalar rivojini belgilab turadi. Sport o`yinlari: -Bola ruhiyatiga kamroq zarar
qiladi.«Fifa»,NBA LIVE,basketbol ,shaxmat-shashka o`yinlari kiradi.Jangari o`yinlar.O`yin keskin ,tajovuzkor ruhda
o`tadi.O`yinchining maqsadi raqib bolani yo`q qilmasdan uni bartaraf qilish yo`llarini izlashdan iborat.Turli bosqichlar,
vaziyatlar raqibni o`rganib ,o`yinni o`z foydasiga og`dirib olishga,qasoskorlikka undaydi. Strategik o`yinlar: Aniq reja
asosida ishlashga undaydi.O`yinlar mavzulari har-xil,ammo maqsad g’oliblikka da’vat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,boshlangich ta’limni o’qitishda turli xil innovatsion texnologiyalar, AKT lardan
unumli foydalanib darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda ayniqsa,ota -onalarning,ustozlarning roli katta
ekanini unutmasligimiz,maktab va oila hamkorligini to’g’ri yo;lga qo’yishimiz lozim. “Yoshlikda olingan bilim toshga
o’yilgan naqsh” iborasiga amal qilib ta’lim bersak,ta’lim-tarbiya sifati yanada oshardi.
Do'stlaringiz bilan baham: