Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


BADIIY MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O`QUVCHILARNING ADABIY-ESTETIK TAHLIL



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

BADIIY MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O`QUVCHILARNING ADABIY-ESTETIK TAHLIL 
MALAKASINI RIVOJLANTIRISH 
 
PARDAYEVA M.X., NavDPI. 
 
Adabiy asarlardan olingan taassurot,kechinmalar o`quvchi qalbini musaffo qiladi,aqliga oziq beradi,did-
farosatini o`stiradi,go`zalikka oshno etadi,eng muhimi,hayotga muhabbat uyg`otadi va odam doimo o`sishda bo`lishi 
kerakligini tushunib yetadi,bir umr shunga rioya qiladi.Bugungi ta`lim va tarbiya yoshlarni o`qitish va tarbiyalashgagina 
emas,ularning o`zi o`qiydigan,o`zini o`zi tarbiyalaydigan bo`lishiga yo`naltirilgan.Chunki o`z shaxsiga o`zi ta`sir 
ko`rsata oladigan odamgina mustaqil fikrlashga moyil bo`ladi.Mustaqil fikrlash kishidan ulkan ma`suliyat talab 
etadi,buning uchun albatta,badiiy asarlarni o`qish, ,o`z tafakkuri doirasida tahlil qilish va mushohada qilish lozim. 
Adabiy ta`lim oldidagi yosh avlodni ma`naviy-axloqiy barkamol kishilar qilib tarbiyalashdek murakkab va 
mas`uliyatli vazifaning yuksak darajada hal etilishi ko`p jihatdan o`quvchilarda ana shunday adabiy-estetik tahlil 
malakasini shakllantirishga bog`liq. O`quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish badiiy matn ustida 
ishlashning turli shakl va metodlaridan foydalanishni shart qilib qo`yadi.Masalan,ilk tahliliy ko`nikmalar boshlang`ich 
sinflarning o`qish darslarida matn mazmuni yuzasidan savol-javob asosida,shuningdek, to`liq,qisqartirib, ijodiy va 
shaxsni o`zgartirib hikoyalash vositasida hosil qilinadi. Natijada, o`quvchilar matn zaminidagi yetakchi ma`noni 
aniqlash,nafosatni his etish malakasini egallaydilar. O`rta va yuqori sinflarda esa matn ustida ishlashda 
insho,referat,bayon,taqriz,ma`ruza matnini tayyorlash kabi ish turlari keng qo`llaniladi.Muayyan mavzu yuzasidan 
o`tkaziladigan bunday mustaqil ishlar o`quvchilarni fikrlash doirasini kengaytiradi,nutqini boyitadi,shaxsiyatini 
tarbiyalashga yordam beradi. 
Boshlang`ich sinflarda tahlil markaziga bolalar uchun maxsus yaratilgan she`r,topishmoq,hikoya va masallar 
o`rgatilsa,o`rta va yuqori sinflarda adabiy merosimiz xazinasida kata o`rin tutgan butun boshli doston,drama va 
romanlar qo`yiladi.Bu esa adabiy tahlil malakasini bosqichma-bosqich izchil shakllantirishni taqozo etadi. 
Badiiy matn ustida ishlash orqali o`quvchilarning adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish shunchaki 
bilim berish vositasi emas,balki adabiy ta`lim oldidagi ta`lim va tarbiya uyg`unligiga qaratilgan eng dolzarb masaladir. 
Shunga erishish kerakki, adabiy –estetik tahlil o`quvchining bilimdonligini boyitsin,hissiyotiga cheksiz ta`sir 
ko`rsatsin,aqlini charxlab,dunyoqarashini kengaytirsin,nutqini o`stirsin.Buning uchun o`qituvchi adabiy-estetik tahlil 
bilan bog`liq vazifa va topshiriqlarning o`quvchilar tomonidan aniq va to`la tushunilishiga erishishi, bilimlarning ular 
yoshiga mos bo`lishini hamisha diqqat markazida tutishi lozim.Adabiy asarni o`qish matn ustida ishlashning muhim 
bosqichidir.Badiiy asarlar janr xususiyatlari va dastur talablariga ko`ra sinfda o`qituvchi nazorati ostida , uyda mustaqil 
tarzda o`qiladi.Dars jarayonida ovoz chiqarib,ovoz chiqarmay, jo`r bo`lib,rollarga bo`lib,sharhli, ifodali, adabiy-badiiy 
o`qish usullarida mutolaa qilinadi.Quyida ularning ayrimlarini izohlab o`tamiz: 
Sharhli o`qish.Tarixiy- memuar ,ayrim hollarda zamonaviy mavzudagi asarlar mazmunini o`zlashtirish sharhli 
o`qishni taqozo etadi. 
Adabiy o`qish.Adabiy asarning badiiy-estetik adabiy o`qishning mohiyati undagi qahramonlar,sahnalar,tabiat 
tasvirlari,dialoglar va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini o`rganish,sharhlash orqali 
o`zlashtiriladi.O`qiyuvchi shu jarayonda o`qishning turli metodlariga murojaat qiladi.Asar poetikasi,badiiy 
xususiyatlarini tushuntirishda ayniqsa adabiy o`qishning ahamiyati beqiyosdir. 
Badiiy asarni grammatik va poetik qonun- qoidalariga rioya qilib o`qish adabiy o`qish deyiladi.Adabiy 
o`qishning asosiy vazifasi biror asarning poetik va badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.Bu esa adabiy 
o`qishning metodik xarakter kasb etishini ko`rsatadi.Oqituvchi biror lirik asarni o`rgatishni rejalashtirar ekan 
,mashg`ulot davomida uning poetikasiga xos jihatlar-qofiya,hijo,turoq,radif kabi komponentlar to`g`risida matndan 
misollar keltirib, o`z fikrlarini asoslash yo`lidan boradi. 
Bayon etilgan fikr va mulohazalardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki,badiiy asarni o`qishning mazkur 
turlarida mutolaa qilganimizda,har bir so`z ,ibora va jumlani qiroat bilan,to`g`ri, ravon o`qishimizdan tashqari , o`sha 
matnning umumiy ruhiga kirib, ongli va tushunib o`qilsagina badiiy adabiyotning ,insonnning ichki olamiga kirib 
borishning yangi yo`llari kashf qilinadi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish