Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI 
 
NURUMBEKOVA Y.A., GulDU.
 
So’nggi o’n besh yillar orasida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, aqliy va ma’naviy kamol topishlarini tashkil 
etishda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ayniqsa boshlang’ich ta’lim jarayonida ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari 
yangilandi. «Ta’lim to’g’risida» qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning 
mazmuni qayta ishlab chiqildi. Ta’lim mazmunining o’zgarishi ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarini yangicha tartibda 
namoyon bo’lishini taqoza etadi. An’anaviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal 
qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning 
noan’anaviy shakllari va metodlarini keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. 
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning ilm o’rganishga 
chanqoqligi, yangiliklarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuniga talabchanligi, o’qituvchining o’z ustida 
ishlashini, malakasini tinmasdan oshirib borishini va ongini yanada boyitishni, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklardan 
boxabar bo’lib borishini talab qiladi. So’nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik 
texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi 
tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim jarayonini tubdan o’zgartirib yubordi desak xato bo’lmaydi.
Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida o’z o’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini 
tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan 
foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi. Buning uchun esa u yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi 
kerak. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha komponentlari; ta’lim konun-qoidalari
mazmuni, metodlari, vositalar va shakllarining o’quvchi va o’qituvchi aqliy salohiyatini kuchaytirishga yunaltirilgan 
aniq maqsadlar qo’yilishi hamda ularning to’la bajarilishiga kafolatli olib boradigan, o’ta mukammal ishlab chiqilgan 
texnologik tizimdir. Innoatsion texnologiyalarning afzallik jihatlaridan biri interfaol metodlar hisoblanadi. 
Interfaol metodlar (interaktiv metodlar) - o’zaro fikr almashishga, o’zaro fikrlarni to’ldirishga, goh noverbal, 
goho verbal ta’sir o’tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o’zaro ta’sir asosida qurilgan 
intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik 
sub’ektlarini ijodiy izlanishga yo’naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko’mak beruvchi nazariy-aqliy 
mulohazalarda ifodalanishi mumkin. Boshlang’ich siflarda ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilarning bilim 
saviyasi, o’zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar 
chizmalari qo’llaniladi: 
5 - gurux sabzi foydali sabzavot va u vitaminlarga boy. Undan milliy taom palov tayyorlash mumkin. Sabzi 
inson uchun kerakli sabzavot . Matn. Sabzi foydali sabzavot va u vitaminlarga boy. Undan milliy taom palov 
tayyorlash mumkin. Sabzi inson uchun kerakli sabzavot. 
219 


“Baliq skeleti” :Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga 
keltirish, ko’nikmalarni rivojlantiradi. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda yuqori 
“suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar 
yozadi. Kichik guruhlarga birlashadilar, to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalarining taqdimoti.“Baliq 
skeleti” ni tuzish qoidasi: baliqning tepa “suyagi”da mavzudagi axloqiy sifatlarni yozishda davom eting va past 
suyagida axloqiy sifatlarni tasdiqlovchi dalillarni yozing. Qaysi qator ko’p suyakli “baliq skeleti” ni tuzishsa, 
rag’batlantiriladilar. 
“Venn diagrammasi” metodining ma’nosi, Venn- ingliz olimining nomi, diagramma –doiralar kesishuvidir
Ushbu uslub o’tilgan o’quv predmeti yoki ma’lum bir asarni to’liq tugatgandan so’ng,o’quvchilar tomonidan fanni qay 
darajada o’zlashtirganligini bilish maqsadida o’tkaziladi. Shu orqali o’z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat 
yaratish va o’qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilarni baholay olishga yo’naltirilgan. Ushbu 
texnologiya ona tili, o’qish darslarida o’tilayotgan mavzu haqida o’z fikriga ega bo’lish, matn bilan ishlash, o’rganilgan 
materialni yodida saqlash, so’zlab berish, fikrini erkin holda bayon etish, hamda dars mobaynida o’qituvchi tomonidan 
barcha o’quvchilarni baholay olishga qaratilgan. Masalan: 1-guruh: Ot va son so’z turkumlarini ”Venn 
diagrammasi”asosida o’xshash va farqli tomonlarini yozing.2-guruh: Ot va sifat so’z turkumlarini ”Venn diagrammasi” 
asosida o’xshash va farqli tomonlarini yozing.3-guruh: Ot va fe’l so’z turkumlarini ”Venn diagrammasi” asosida 
o’hshash va farqli tomonlarini yozing. 
Xullas, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalar tatbiqi deganda o’quv jarayonini yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish tushunilib, metodlar modernizatsiyasi asosida vujudga kelgan 
interfaol metodlarga asoslanib, ta’lim-tarbiya maqsadini amalga oshirish, erishilgan samaradorlikka ko’ra kafolatli 
natija olish tushuniladi. Bu albatta o’qituvchilarning kasbiy pedagogik mahorati bilan bog’liq bo’lib, har doim 
o’quvchini izlanishga va ijodkorlikka safarbar etadi. 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish