Agar ovoz kompyuterda eshitilmasa. Nima uchun ovoz kompyuterda yo'qoldi



Download 0,81 Mb.
bet7/11
Sana28.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#475558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompyuter

Kompyuter tarmoqlari

1. Zamonaviy foydalanuvchilar uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning afzalliklari.


2. Zamonaviy kompyuter tarmoqlarning rivojlanish tendentsiyalari
3. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi kompyuter tarmoqlarining fizik aloqa topologiyasi
4. Kompyuter tarmog`ining strukturalari
Referat haqida toliq malumot:

ta`lim kabilardan matn xabarlarini uzatishda yuqoridagi xizmatlardan foydalanish.


7. Apparat, informatsion va tarmoq dasturiy resurslarini holatini harakterlaydigan so`rovnoma chiqarib berish.
EHMning apparat ta`minoti turli xil, aloqa vositalari abonent tizimining, aloqa uzellar asbob uskunalarini aloqa apparaturalaridan tashkil topgan bo`lib, bitta tarmoq yoki bir xil darajadagi yoki turli darajadagi tarmoqlarning ishi bilan kelishish, universallik ya`ni foydalanuvchining cheklanmagan masalalar doirasini bajarishni va EHMning konfiguratsiyasini o`zgartirish imkoniyatini ta`minlovchi modulllik EHM tarmog`iga quyilgan asosiy talablarni tashkil etadi.
Tarmoqlarda EHMlar vazifalariga ko`ra keng diapozonda o`zining harakteristikalariga ko`ra super EHMdan to SHEHMgacha ishlatimoqda. Bu mashinalar foydalanuvchilarga bevosita yaqin joylarda yoki qayta ishlanayotgan axborotlar markazida joylashgan bo`lib, ular tarmoq zvenosini tashkil etadi, undan foydalanuvchilar o`zining abonent tizimi bo`yicha talablar bilan murojaat qiladilar.

Tarmoq operatsion tizimi


Tarmoq operatsion tizimlari - tarmoqlarda ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlashni ta`minlovchi kompleks dasturlaridir.


Tarmoq OT turli xildagi tarmoq xizmatlarini foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Tarmoq operatsion tizimlari klient server yoki bir turli arxitekturadan foydalanadi.
Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda tarmoq OT serverning operatsion tizimi deb ham ataladi va u fayl tizimini quvvatlovchi, masalalarni rejalashtirish xotirani boshqarish kabi bazaviy vazifalarni ta`minlaydi.
Tarmoq OT va abonent tizimining ishchi stantsiyasining operatsion tizimini birbiriga mutonosib emas (bir-biriga tushmaydi), shuning uchun ishchi stantsiyaga tarmoq qobig`i deb ataladigan maxsus dastur kiritilgan. qobiq ishchi stantsiyaning operativ xotirasiga rezident dastur kabi yuklanadi. U tarmoq foydalanuvchilaridan amaliy so`rovlar qabul qiladi va ularni lokal OT stantsiyasida yoki tarmoq OT serverida, qayta ishlanish joyini aniqlab beradi.

Mijoz - server uchun to`rtta chet el tarmoq OT juda keng tarqalgan:


Bular: Novell firmasining NetWare, IBM firmasining LAN server, Microsoft firmasining LAN manager, Banyan firmasining VINES OT laridir. Oxirgi yillarda Windows NT OTlari keng qo`llanilmokda.
Bu tarmoq OTlar mustahkamligi, qulayligi va tarmoqni boshqarish uchun administrativ vositalarni turli tumanligi, foydalanuvchilarning ishlashi, ajratilgan resurslardan foydalanish, rezident qismining hajmi, tarmoqda bir nechta serverlardan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar bilan bir-birlaridan farq qiladi. Novell NetWare 386 3.11 versiyadagi tarmoq OT keng tarqalgan ommabop tarmoq OT hisoblanadi. U 332 razryadli ko`p vazifali, real vaqtli tarmoq OT bo`lib, himoyalangan 80386 yoki 80486 protsessorlarda ishlaydi. YAngi ishlab chiqilgan
Novell NetWare 4 versiyali tarmoq OT ko`p serverlarni o`z tarkibiga olgan, mingacha foydalanuvchiga xizmat qiladigan, ko`p segmentli tarmoqlarni barpo etish uchun mo`ljallangan. YAngi versiyada serverlarni boshqarish markazlashtirilgan ya`ni tizim administratori barcha serverlarni boshqarishi mumkin va barcha serverlarda yagona foydalanuvchilar ro`yxatini olib borishi mumkin. Mijoz-server hisoblash tarmog`ida Windows NT, Windows NT Advanced Server tarmoq OTlari ishlatiladi. Nomarkazlashtirilgan boshqarish tarmoqlarida yoki bir tarmoqlarda kompyuterlar birlashtiriladi, ularning har biri server va klient bo`lishi mumkin. Bunday tarmoqlarda hohlagan kompyuter oddiy diskli OT boshqariladi, tarmoq vazifalarini boshqarish uchun esa uning operativ xotirasiga bir tarmoq operatsion tizim dasturi yuklanadi. Bir hisoblash tarmoqlari uchun Novell firmasining NetWare Lite va Artisoft firmasining LAN Tastic OTlar eng ommabop tarmoq operatsion tizimiga kiradi. NetWare Lite tizimi bilan ishlaydigan tarmoqda, tarmoqni boshqarish ancha oddiy bo`lib, foydalanuvchilar o`rtasida resurslarni taqsimlashni, tarmoqqa murojaat qilishni va boshqa vazifalarni boshqarishni o`z ichiga oladi. LAN Tastic tizim bir turli tarmoq operatsion tizimida birinchi bo`lib hisoblanadi. Bu qisqartirilgan rejimda ishlovchi bir turli tarmoqdagi foydalanuvchilar uchun juda qulay bo`lib, katta bo`lmagan xabarlarni kompyuterlararo uzatishga va umumiy fayllar yoki qurilmalarni taqsimlangan vaqt rejimida ishlashga olib keladi.
Artisoft firmasi bu tarmoq OTni yanada takomillashgan versiyasini tayyorlayapti, qaysiki u kiritish – chiqarish operatsiyalarini yuqori ishlashini ta`minlovchi bazaviy ma`lumotlar bilan samarali ko`p foydalanish uchun mo`ljallangan. Bir hisoblash tarmoqlari uchun shuningdek Windows for Work Groups, Personal Netware, Power LAN tarmoq OTlari ishlatiladi.

Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi kompyuter tarmoqlarining fizik aloqa topologiyasi


Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyalanganda ularni funktsional, informatsion va strukturaviy belgilariga e`tibor berilishi kerak. Hisoblash tarmoqlarida hududiy taqsimlanishi bo`yicha 3 ta sinfga bulish mumkin:


1. Global tarmoq (Wan–Wide Area Network)
2. Regional tarmoq (MAN–Metropolitan Network Area)
3. Lokal tarmoq (LAN–Local Area Network)
Global tarmoq turli mamlakat va turli kontinent abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar o`rtasidagi o`zaro aloqa yo`llari radio aloqa va sun`iy yo`ldosh tizimi orqali amalga oshiriladi.
Regional hisoblash tarmog`i – bir-biridan ma`lum uzoqlikdagi abonentlarni birlashtiradi. U katta shahar ichidagi iktisodiy region, alohida mamlakat abonentlarini o`z ichiga oladi. Odatda bu tarmoqdagi abonentlar orasidagi masofa 10-100 kmgacha bo`ladi.
Lokal hisoblash tarmog`i – uncha katta bo`lmagan xudud abonentlarini birlashtiradi. Odatda bu tarmoq aniq joyga biriktirilgan bo`ladi. Ularga alohida korxona, banklar, firma, ofislarni kiritish mumkin. Bu tarmoqlarning uzunligi 2-2,5 km bilan cheklanishi mumkin.
Global, regional va lokal hisoblash tarmoq birlashtirish ko`p tarmoqli ierarxiyani barpo etadi. Ular ulkan informatsion massivlarni qayta ishlovchi iqtisodiy maqsadli vositalarni va cheklanmagan informatsion resurslarga murojaat qilishni quvvatli ravishda ta`minlaydilar. Bunda lokal hisoblash tarmog`i, ratsional tarmoq tarkibiga, ratsional tarmoq esa global tarmoq tarkibiga kirib, global tarmoqlar murakkab strukturalarni tashkil etishi mumkin. Tarmoqlar vazifalariga ko`ra: hisoblovchi, informatsion, informatsion-hisoblovchi yoki aralash tarmoqlarga bo`linadi. Hisoblash tarmoqlarning vazifalariga axborotlarni qayta ishlash kiradi. Informatsion tarmoq – foydalanuvchilarni talabiga mos so`rov ma`lumotlarini beradi.
Hisoblash tarmoqlari boshqarish usuli bo`yicha markazlashtirilgan va aralash boshqarishli tarmoqlarga bo`linadi.
Markazlashgan tarmoqda bitta yoki bir nechta boshqaruvchi organlar mavjud. Nomarkazlashgan tarmoqda har bir abonent tizimi tarmoqni boshqarish uchun vositaga ega bo`ladi. Aralash boshqarishli tarmoqda ham markazlashgan, ham nomarkazlashgan tarmoqlarning birgalikda doimiy bo`lmagan munosabatda hisoblash va informatsion funktsiyalar bajariladi.

Rasm Kompyuter tarmog`ining ierarxiyasi (tuzilishi).


Rasm 5. a) Markazlashgan tarmoq


b) Markazlashmagan tarmoq


Tarmoqlar axborot uzatishni tashkil etish bo`yicha selektsiyali va marshrutlashgan axborot tarmoqlariga bo`linadi. Selektsiyali axborot tarmoqlarda monokanal asosida quriladigan abonent sistemasining o`zaro aloqasi, ular adreslangan ma`lumot bloklarini tanlash orqali amalga oshiriladi.


Marshrutlashgan axborot tarmoqlarida uzatuvchidan qabul qiluvchiga kadrlarni uzatish uchun bir nechta marshrutlar ishlatilishi mumkin. Topologiya bo`yicha, ya`ni hisoblash tarmoq konfiguratsiyasi bo`yicha ikki sinfga bo`linadi: keng etkazuvchi (shirokovehatel`no`y) va ketma-ket tarmoqlar. Abonent va stantsiyalarning yig`indisi abonent sistemasi deb ataladi. Abonentlarni o`zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi fizik muhit lozim. Uzatuvchi fizik muxit – bu aloqa yo`llari yoki kenglik (prostranstvo) bo`lib, ularda elektrik signallari tarqatiladi va ma`lumotlarni uzatuvchi apparaturalardan tashkil topadi. Uzatuvchi fizik muhit bazasidan kommuniktsion tarmoq tuziladi va u abonent sistemalari orasida axborotlarni uzatilishini ta`minlaydi. Bunday yondashish har qanday kompyuter tarmog`ini abonent sistemalarini va kommunikatsion tarmoq yig`indisi deb qarashni taqozo etadi.
Tarmoqlar axborot uzatishni tashkil etish bo`yicha selektsiyali va marshrutlashgan axborot tarmoqlariga bo`linadi. Selektsiyani axborot tarmoqlarda monakanal asosida quriladigan abonent sistemasining o`zaro aloqasi, ular adreslangan ma`lumot bloklarini tanlash (selektsiyalash) orqali amalga oshiriladi.
Marshrutlashgan axborot tarmoqlarida uzatuvchidan qabul qiluvchiga kadrlarni uzatish uchun bir nechta marshrutlar ishlatilishi mumkin.

3SIS. ABONENT TEMASI


ABONENT SISTEMASI

Rasm 6. Umumlashgan tarmoq strukturasi.


Har qanday kommunikatsion tarmoq quyidagi komponentlarni o`z ichiga olishi kerak: Uzatuvchi, xabar, uzatish vositasi, qabul qiluvchi.


Uzatuvchi – bu ma`lumotlar manbai bo`lgan qurilma abul qiluvchi- bu ma`lumotlarni qabul qiluvchi qurilma.
Xabar – uzatish uchun mo`ljalangan aniq formatli raqam ma`lumotlari.
Uzatish vositalari – bu uzatuvchi fizik muhit va xabarlarni uzatishni ta`minlovchi maxsus apparatura. Hisoblash tarmoqlarida xabar va axborotlarni uzatish uchun turli aloqa kannalaridan foydalaniladi. Telefon va raqamli axborotlarni uzatish uchun maxsus kannalar keng tarqalgan. SHuningdek radiokanal va sun`iy yo`ldosh aloqa kannalari qo`llaniladi.
Keng etkazuvchi fizik topologiyada kadrni hohlagan vaqtda uzatishga faqat bitta ishchi stantsiya (abonent tizim) ishlashi mumkin. +olgan ishchi stantsiyalar bu kadrni qabul qilishi mumkin, ya`ni bunda tuzilish selektsiyasi axborotlar bilan LXS uchun harakterlidir. Keng etkazuvchi tarmoq tuzilishining asosiy turlari – umumiy shina, daraxt, passiv markazli yulduz.
Umumiy shinali tarmoqda – tarmoqni kengaytirish, boshqarish usullarini qo`llash oddiyligi, markazlashgan boshqarishni lozim emasligi, uning afzalligidir.
Daraxtli tarmoq bir nechta aktiv takrorlovchilar yoki ―xabarlar‖ yordamida birlashtirish orqali tuziladi.
Har bir daraxt navdasi segmentni tashkil etadi, bitta segmentni ishdan chiqishi qolgan segmentini ishiga ta`sir etmaydi. Passiv markazli ―yulduz topologiya turida, markazda passiv bog`lovchi yoki aktiv takrorlovchi – oddiy va ishonchli qurilmalar joylashgan bo`ladi.
Marshrutlashgan axborotlar uchun harakterli bo`lgan tarmoqlarda – ketma-ket tarmoq tuzilishida, ma`lumotlarni uzatish, bir ishchi stantsiyadan, qo`shni stantsiyaga ketma-ket uzatish bilan amalga oshiriladi, bunda tarmoqning turli uchastkalarida turli ko`rinishdagi fizik uzatuvchi muhit qo`llaniladi. Keng uzatuvchi tarmoqchaga nisbatan, ketma-ket tarmoq tuzilishida uzatuvchi va qabul qiluvchiga nisbatan pastrok talab qo`yiladi.
Ketma-ket tarmoq tuzilishiga quyidagilar kiradi: YAcheykali (istalgan (proizvol`naya)), iearxik, aylana, zanjir, intellektual markazli yulduz, snejinka. Ketma-ket tarmoq tuzilishining ko`rinishlari: rasm 7.

1 2 3 4

D)

a) yacheykali (istalgan): b) ieraxik: v) aylana; g)zanjirli: d) intellektual markazli yulduz: e) snejinka.


Aloqa yo`lidan birgalikda foydalinishni tashkil etish kompyuterlarni manzilgohlash ethernet tarmoq muammolarini echishdagi standart misoldir.


Tarmoqning kommunikatsion (aloqa) funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o`zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratadi. Foydalanuvchilar aloqa liniyasidan birgalikda foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Kommunikatsion texnologiyaning eng muhim xususiyatlardan biri, bunda axborot manbalari aloqa liniyalari aloqa kanallari va texnik vositalardan bir vaqtning o`zida jamoa bo`lib, birgalikda foydalanishni tashkil etadi. Bundan tashqari foydalanuvchilarga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar uyushtirish, bir shahardan turib, ikkinchi shahar ko`chalarini tomosha qilish va x.k. imkoniyatlarini yaratib boradi. Aloqa menyusidan muloqat amalga oshirlganda esa aloqa kanali ham va unda ishtirok etuvchi biror bir texnik vosita ham monopol egallanmaydi.


Foydalanuvchilar tarmoqda samarali ishlashi uchun lokal tarmoqda yordamchi dastur modullari bilan ta`minlanadi. Ular ayrim hollarda tarmoq OT bilan, ayrim hollarda alohida olinadi. Ular:
* elektron pochta – xatlarni, fayllarni, ma`lumotlarni, tovush, faks va video xabarlarni etkazishni ta`minlaydi;
* uzoqdan kirish vositalari - xuddi tarmoqga bevosita ulangandek lokal tarmoqga modem orqali ulanadi va kommpyuterda ishlaydi;
* gurux bo`lib ishlash vositalari - birgalikda hujjatlar ustida ishlash, turli foydalanuvchilarning hujjatlar versiyasini kelishuvini ta`minlash, hujjat oborotini tashkil etishni tayminlaydi;
* rezerv (zaxira) nusxalash dasturlari - lokal tarmoq kompyuterida saqlanayotgan ma`lumotlarni rezerv nusxasini olish;
* lokal tarmoqni boshqarish vositasi - bitta ishchi joyining tarmoq resurslari yordamida boshqarishni amalga oshiradi.
Kompyuterlar orasidagi aloqa, maxsus periferiya qurilmalari adapterlar yordamida bajariladi. Tarmoq kompyuterlari orasidagi o`zaro xarakat tarmoq adapteri va aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari turli xil periferiya qurilmalari - printerlar, modemlar va faks apparaturalaridan foydalaniladi. Katta tarmoq ishlarini boshqarishda shtat administratori tarmoqdagi xatolarni testlab uni aniqlaydi, tuzatadi, rezerv nusxalarni yaratadi va tarmoq resurslari ishini nazorat qiladi. Ma`lumotlarni uzatish apparaturalari (Data Circuit Terminatinq Eguipment DCE) va bevosita ma`lumot uzatuvchi apparatga ulanuvchi asboblar (Data Terminal Eguipment; DTE) (kompyuter, kommutator, marshrutizatorlar) foydalanuvchining aloqa yo`lida ishlatiladigan apparaturasiga kiradi. Aloqa liniyasidan birgalikda foydalanishni tashkil etishda tarmoqda uzatilayotgan so`rov, xabar va ma`lumotlar bir necha mayda bo`laklarga bo`lingan ―paket‖lar ko`rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TSR (Transfer Control Protocol) paketlari deb ataladi.
Har bir TSR paket tarkibida jo`natuvchi va qabul qiluvchi IP adreslar mavjud bo`ladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalanadi. Tarmoq tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (internet protokol) manzil deb ataladi.
Kompyuterlarni nomlash uchun (identifikatsiyalash) 32 razryadli IP adres ishlatiladi. IP adresda tarmoq nomeri va unda ko`rsatilgan kompyuter nomeri bo`ladi. Har bir tarmoq adresi Internet tarmog`ining informatsion markazi tomonidan beriladi.
Tarmoqlardagi boshqa kompyuterlar bilan aloqani tashkil etishda bunday adreslardan foydalanish foydalanuvchiga noqulaylik keltirib chiqaradi. SHuning uchun domen nomlar kiritilgan. Bu tizimda tarmoq kompyuterdan foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan nomlar ko`rsatilgan. Bu nomlarda mos adreslar yashiringan bo`ladi.
Domen nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: korxonalar identifiqatori va nuqtalar bilan ajratiladigan domen identifikatori. YUqori darajali domenlarga kuydagilar kiritilgan:
com – tijorat tashkilotlari uchun masalan: Microsoft.com.ibm.com.
edu – o`quv muassalari uchun, masalan: vcu.edu (virgima Commowealth
University), cmu. Edu (Kornegi Mellon Universiteti) gov – davlat muassasalari uchun: masalan: Watehouse. Gov (oq uy). org – notijorot tashkilotlar uchun, masalan: irex. org (ayreks tashkiloti).
Net- internetning xizmat provayderlari uchun, masalan: internec. net ( inter NTC)

Davlatlarni izohlovchi domen kodlari mavjud:


· UZ O`zbekiston · LI Lixtenshteyn


· UK Buyuk Britaniya · CH Xitoy
· CA Kanada · RU Rossiya
· CH SHveytsariya · DE Germaniya
· AV Avstraliya

Internet adreslaridan foydalanuvchilarga tarmoqga ulangan kompyuterda ularning registratsion nomlari bo`lishi mumkin. Bu nomdan so`ng @ belgi bo`ladi. Barcha tomondagilar kompyuter nomiga birlashtiriladi. Masalan: kompyuterda Axmad nomi bilan registratsiya qilingan foydalanuvchi, internetdagi mavjud nom tutoz. sptu. edu adresi quydagicha bo`ladi: axmad @ tutoz. sptu. edu. Internetda nafaqat insonlar nomi, balki guruxlar nomi ham ishlatilishi mumkin. Axtarish yo`lini qayta ishlashda domenlarda maxsus server nomlari mavjud. Ular domen nomlarini mos raqam adreslariga qayta shaklantirib beradi.


Bir necha kompyuterlarni birlashtirishda ularni manzilgohlash muammolari paydo bo`ladi. Ular manzilgohlash raqamli (masalan, 129.26.255.255) va belgili (site. domn.ru) bo`lishi mumkin. Bitta va o`sha manzilni turli formatlarda yozish mumkin.
129.26.255.255 raqamli manzilni o`n oltilik raqamlari bilan 81. 1a.ff.ff deb yozish mumkin.
Manzilgohlash nafaqat alohida interfeyslarni nomlash uchun, balki ularni guruhlarini (guruh manzillarini) manzilgohlash mumkin. Guruh manzillarini yordamida ma`lumotlarni bir vaqtning yozida bir nechta uzellarga yuborish (jo`natish) mumkin. Kompyuter tarmoqlari texnologiyalarining ko`pida keng etkazuvchi topologiyalarining ko`pida keng etkazuvchi manzillar ishlatiladi. Bunday adreslar bo`yicha jo`natilgan ma`lumotlar barcha tarmoq uzellariga etkazilishi kerak bo`ladi.
Ko`pchillik manzillar, manzilgohlash sxemasi bo`yicha krititilishi mumkin buni adresli kenglik deyiladi.
Adresli kenglik - yassi (chiziqli) yoki ierarxik bo`ladi. CHiziqli (YASSI) adresli kengik hech qanday strukturalashtirilmagan, ierarxik adreslash sxemasida, ular bir - biriga kiritilgan (taxlangan) guruhchalar ko`rinishida bo`lib, adres doirasini ketma - ket qisqartirib, oxirida alohida tarmoq interfeysini aniqlaydi.
Belgili manzilgohlash odamlarga qulay, ammo formatning o`zgaruvchanligi va katta uzunligi hisobiga ularni tarmoqdan uzatilishi uncha tejamli emas. Manzillarni bir turdan ikkinchisiga o`tkazish uchun maxsus yordamchi protokollar ishlatiladi. Bunday protokollarni - manzillarga ruxsat etish protokollari deyiladi.
Ierarxik sonli manzillarning turli tarmoq IP va IPX manzillaridir. Bularda ikki darajali ierarxik bo`lib, manzil katta qism - tarmoq nomerli (tartibli) va kichik - uzel nomeri (tartibi) ga bo`linadi. Bunday bo`linish tarmoqlar orasida faqatgina tarmoq tartibiga asoslangan xabarlarni uzatish mumkin, uzel tartibi esa, xabar uzatilgach kerakli tarmoqga etkazish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy tarmoqlarda uzellarni manzilgohlash uchun bir vaqtning o`zida yuqorida ko`rsatilgan sxemalardan foydalaniladi.
Tarmoq texnologiyasi Ethernet - hisoblash tarmog`ini tuzish uchun etarli, kelishilgan



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish