Rivoyatlarning yana bir turi mahalliy hududlardagi o‘rin-joylarning nomiga oidligi bilan ajralib turadi. Muhimi shundaki, bunday rivoyatlarda asosiy e’tibor tasvirlanayotgan voqeadagi fantastik jihatlarga emas, balki hayotni kuzatish, to‘g‘ri xulosalarga kelish, aqlni ishga solish fazilatlariga qaratiladi. Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga kelish mumkin: Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga kelish mumkin: - 1. Rivoyatlar afsonalardan farqli ravishda bevosita hayotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqyealarga asoslanadi.
- 2. Ular mavzu jihatdan turlarga bo‘lingan holda yo biron tarixiy shaxs hayotidagi ibratli voqyeani bayon etadi, yo geografik o‘rin-joyning nomini izohlaydi.
- 3. Rivoyatlarda badiiy tasvirdan ko‘ra ro‘y bergan voqeani qisqa va ixcham, sodda va ravon tarzda bayon qilishga ko‘proq e'tibor beriladi. Aslini olganda, aynan shu fazilatlar rivoyatlarning badiiyligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |