Afrika yer sharida shimoliy va janubiy yarim sharlarda tahminan bir xil masofaga cho’zilgan materikdir. Materikning ana shu xususiyati har ikala yarim sharda bir xil kengliklarda bir xil iqlim paydo bo’lishi uchun xarakterlidir. Materikning asosiy qismi tropiklar orasida joylashgan bo’lib, butun yil davomida quyoshdan ko’prq issiqlik oladi va materik juda qizib ketadi. Yiliga quyoshdan keladigan yalpi radiasiya 160 kkal sm dan, shimolda 200 kkal sm ni tashkil etadi. Afrika iqlimi o’ziga xos kontinental iqlimdir. Afrikaning katta qismi xar ikkala yarim sharning subtropik antisiklonlari ta’sirida bo’ladi. SHimoliy yarim sharning quruklikdan esadigan passatlari nisbiy namligi kam bo’lgan kontinental havoni olib keladi. Hind okean tomonidan janubiy yarim shar passatlari materikning shimoliy chekkasiga beqaror quruq havo massalarini keltiradi. Materikning g’arbiy chekkalari shimoliy qismida janubiy yarim sharda ham Atlantika antisiklonlari ta’sirida bo’lib, ular uchun passat oqimlari xaraktyerlidir, bu esa yog’in yog’ishi uchun noqulay sharoitlarni keltirib chiqaradi.