P. falsafasining asosiy mohiyati – "gʻoya" ("eydos")lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish – anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir. - P. falsafasining asosiy mohiyati – "gʻoya" ("eydos")lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish – anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir.
- P. pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida ham mashhur. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3–7 yoshda oʻyinlar maktablaridagi uylar yoki bogʻchada taʼlim olishi; 7–17 yoshda maktabda yozuv, oʻqish, musiqani oʻrganishi; 17–20 yoshda harbiy-gimnastik taʼlim olishi; 20–30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur boʻlgan falsafiy taʼlim olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |