Shahzod:
Afg‘onistondagi iqtisodiy tanazzul qo‘shni mamlakatlarga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkin?
14:52 / 21.10.2021
22951
Afg‘oniston iqtisodiyoti 30 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda. Bu millionlab odamlarning qashshoqlashib ketishi va ayanchli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkin.
Foto: Getty Images
Afg‘onistonda vaziyat kundan kunga og‘irlashmoqda. Shu paytga qadar xalqaro moliyaviy yordamlar evaziga jon saqlab kelgan iqtisodiyot deyarli tanazzul holatiga kelib qoldi. Mamlakatdagi beqarorlik va qishloq xo‘jaligida hosil kam bo‘lgani sabab havo soviy boshlashi natijasida yordamga muhtoj aholi soni oshib bormoqda. Bu esa bir qancha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Afg‘oniston iqtisodiyoti qanday edi?
So‘nggi yillarda Afg‘oniston iqtisodiyoti zaiflik va yordamga qaramlik natijasida shakllanib keldi.
JST ma'lumotlari asosida oxirgi 20 yillik bo‘yicha mamlakat YaIM o‘sishi tahlil qilib chiqilganda ham, 2003 yildan keyingi 10 yillik davr mobaynida mamlakat iqtisodiyoti o‘rtacha 9 foizdan yuqori o‘sdi. Bundan keyingi yillarda esa (xalqaro yordamlar kamayishi ta'sirida) o‘sish sur'ati sekinlashdi va 2015–2020 yillar oralig‘ida yillik o‘rtacha ko‘rsatkich 2,5 foizga tushib qoldi.
2020 yilda aholisi 40 millionga yaqin bo‘lgan Afg‘onistonda YaIM hajmi 19,8 mlrd dollar bo‘lib, aholi jon boshiga bu ko‘rsatkich 509 dollarni tashkil qiladi.
Mamlakat tashqi savdo aylanmasiga e'tibor qaratilsa, 2019 yilda mamlakat eksportining umumiy hajmi 870 mln dollarni, import esa 8,6 mlrd dollar (salbiy tashqi savdo saldosi deyarli 10 baravar yuqori) atrofida bo‘lgan.
Bundan tashqari, siyosiy nizolar sabab xavfsizlik uchun ajratiladigan budjet iqtisodiyotining 29 foizini tashkil qilgan.
Qochqinlar inqirozi
«Tolibon»ning hokimiyatga kelishi fonida Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, aprel oyi oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan so‘ng AQShning ta'siri kuchli bo‘lgan Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVF), Jahon banki (JB) kabi tashkilotlar tomonidan Afg‘oniston iqtisodiyotiga ko‘rsatib kelinayotgan yordamlar ham to‘xtatildi. Natijada valuta hisoblari muzlatilishi ortidan Afg‘onistonda naqd pul yetishmasligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘i narxi keskin qimmatlashib ketdi.
XVFning oxirgi prognozlariga ko‘ra, joriy yilda Afg‘oniston iqtisodiyoti 30 foizga qisqarishi kutilmoqda. Bu millionlab odamlar qashshoqlashib ketishi va ayanchli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkin, bu esa birinchi navbatda qochqinlar soni ortishiga sabab bo‘ladi.
Qochqinlarning katta oqimi ularni qabul qiladigan qo‘shni respublikalarda davlat resurslariga yuk bo‘lishi, mehnat bozorida bosimni kuchaytirishi va ijtimoiy keskinlikka olib kelishi mumkin.
Avgust oyidagi eng yomon ssenariyda mintaqada yana 500 ming yangi afg‘on qochqini paydo bo‘lishi kutilayotgani aytilgan bo‘lsa, ayni paytda bu raqamlar qariyb 1 million kishigacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, havo harorati pasayib borishi natijasida uysiz qolgan afg‘onlarning ahvoli yomonlashmoqda. Yordamga muhtoj afg‘onistonliklar soni 20 millionga yetgan va ularning soni har kuni o‘sishda davom etmoqda.
Qo‘shni mamlakatlar qochqinlarni qabul qilishi mumkinmi?
Afg‘on qochqinlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shni mamlakatlar sifatida asosan Tojikiston, Pokiston va Eron ko‘rilmoqda. XVF hisob-kitoblariga ko‘ra, bu Tojikiston uchun 100 million dollar, Eronga 300 million dollar va Pokistonga 500 million dollarga tushishi mumkin. Shuningdek, qochqinlarni qabul qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati buni mutlaqo xohlamaydi.
Mintaqa mamlakatlaridan faqatgina Tojikistonda afg‘onlarni qabul qilish bo‘yicha qisman xohish bo‘lsa-da, mamlakatning iqtisodiy holati bunga to‘la darajada imkon bermaydi. Shu sabab Tojikiston xalqaro moliyaviy yordam olmaguncha ko‘p sonli qochqinlarni qabul qila olmasligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston hukumati ayni paytda afg‘on qochqinla
rini qabul qilish rejalari mavjud emasligini bildirgan. Bunga asosli sabablarni ham keltirish mumkin.
Birinchidan, qochqinlarni joylashtirish O‘zbekiston budjeti uchun katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Xalqaro hamjamiyat tomonidan bu borada aniq dastur va miqdorlarga asoslangan amaliy ishlar qilinmadi, ya'ni xalqaro moliyaviy yordam qaysi davlatlar tomonidan ko‘rsatilishi yoki uning aniq miqdori mavjud emas. 2015 yildagi og‘ir migratsion inqirozdan keyin Yevropa Ittifoqi afg‘on qochqinlarini qabul qilmasligini va ularni qo‘shni mamlakatlarga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar qilinishini aytishgan bo‘lsa-da, yakuniy va yakdil qaror qabul qilinmadi.
Ikkinchidan, afg‘on qochqinlarini qabul qilish mamlakatdagi ijtimoiy kayfiyatga jiddiy ta'sir o‘tkazadi. Aholining ko‘pligi afg‘onlardan xavfsirashadi va ularga nisbatan ishonchsizlik yuqori darajada.
Uchinchidan, O‘zbekiston oldida hech qanday xalqaro majburiyat ham mavjud emas. Mamlakat BMTning qochqinlar to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilmagan.
To‘rtinchidan, pandemiya holatidagi sanitariya-epidemiologiya muammolari, transchegaraviy jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosi kengayish xavfining ortishi kabi muammolarni ham ko‘rsatish mumkin.
Afg‘onistondagi vaziyatning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy holatiga ta'siri
REUTERS/Zohra Bensemra
Afg‘oniston qadimdan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo aloqalarida ishtirok etib kelgan va o‘ziga xos ko‘prik vazifasini ham o‘tagan. Ayni paytdagi iqtisodiy beqaror holat bir qancha salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:
Birinchidan, Afg‘oniston ilgari katta miqdordagi xorijiy yordam olgan. Birgina Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti davlatlari 2001 yildan 2019 yilgacha Afg‘onistonga 65 milliard dollar xayriya qilgan. Bu mablag‘ning katta qismi savdo aloqalari orqali yaqin qo‘shni mamlakatlar Eron, Pokiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bozoriga kirib borgan. Ayni vaziyatda esa ko‘plab davlatlar va tashkilotlar Afg‘onistonga «terrorizmni moliyalashtirish»dan o‘zlarini tiyish uchun pul ajratishni to‘xtatganini ma'lum qilgan.
Ikkinchidan, beqaror siyosiy holat Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarning xalqaro imiji va ichki investitsion muhitiga ta'sir o‘tkazadi. Masalan, Afg‘oniston inqirozi natijasida Pokistonning dollardagi obligatsiyalari narxi taxminan 1 foizga, O‘zbekistonning 2030 yilda to‘lanadigan dollarlik obligatsiyalari esa qariyb chorak foizga kamayib ketdi.
Shuningdek, beqarorlik xorijiy investorlar va biznes vakillariga Markaziy Osiyo davlatlariga investitsiya kiritishdan o‘zlarini tiyishga majbur qiladi.
Uchinchidan, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining oxirgi uchrashuvlarida Afg‘oniston ham bevosita mintaqadagi savdo aloqalarida teng huquqli a'zo davlat sifatida ko‘rilayotgandi. Xususan, Qozog‘istonning Afg‘onistonga eksporti 2017 yilda 560 mln dollar, 2018 yilda 510 mln dollarni, 2019 yilda esa qariyb 400 mln dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi 2020 yildagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasiga e'tibor qaratiladigan bo‘lsa, 777 mln dollarni tashkil etib, shundan 774,6 mln dollar eksport ulushiga, 2,3 mln dollar esa import hissasiga (ijobiy TSA saldosi 337 barobar ko‘p) to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy holat yomonlashishi oqibatida esa Afg‘onistonning qo‘shni respublikalardan qarzdorligi ortib bormoqda. Xususan, mamlakatdagi DABS energetik korporatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, birgina Afg‘onistonning qo‘shni davlatlar oldida elektr energiya uchun qarzi 62 mln dollarga yetgan. Ta'kidlanishicha, Tojikistonga 11,2 mln dollar, O‘zbekistonga 9,9 mln dollar va Turkmanistonga 5,1 mln dollar to‘lab berishi kerak. Bu kabi holatlar ortib borishi esa moliyaviy jihatdan qudratli bo‘lmagan qo‘shni respublikalar bilan munosabatlarga salbiy ta'sir o‘tkaza boshlaydi. Xavf yuqoriligi sabab mahalliy tadbirkorlar tavakkalchilik asosida savdo-sotiq uchun mablag‘ jalb qilishda katta risklarga duch keladi (avval ham risklar yuqori bo‘lgan, ammo xalqaro yordamlar evaziga afg‘on xalqida hozirgiga qaraganda ko‘proq mablag‘ bor edi).
To‘rtinchidan, Afg‘oniston hududi Markaz
iy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan o‘ziga xos yo‘lak vazifasini bajaradi. Birgina «Termiz-Hayraton» ko‘prigidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali har yili 5 million tonnagacha turli yuklar tashilgan, ularning qariyb 70 foizi Afg‘oniston orqali Pokiston portlariga olib o‘tilgan. Gumanitar inqirozning kuchayishi ortidan esa tahdidlar ortib boraveradi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi haqida gapirishga hali ancha erta va bu borada asosli omillar ham mavjud emas. Gumanitar inqirozning kuchayishi ortidan qochqinlar sonining ortib borishi esa qo‘shni mamlakatlarga nisbatan salbiy ta'sir o‘tkazadi va bosimni kuchaytiradi.
Doston Ahrorov tayyorladi.
#Afg‘oniston
#Markaziy Osiyo
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
YeI va Markaziy Osiyo davlatlari maxsus vakillari Afg‘onistonni tiklash masalasini muhokama qiladi
Afg‘oniston O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
Xitoy Baydenning Afg‘onistonga tegishli mablag‘larni terakt qurbonlariga berish qaroriga qarshi chiqdi
Yanvarda namoyishlardagi ishtiroki uchun qo‘lga olingan afg‘on ayoli qo‘yib yuborildi
Hamkorlik qilish
Bitta o‘rniga ikkita: xonadon xaridida avtomobil sohibi bo‘ling
Ayollar uchun sovg‘a izlashni boshladingizmi? Kukmara'dan korporativ xaridlar uchun ajoyib narxlar!
Korzinka Abay yangilandi – butun mahallani boshlab kelaverasiz!
Orzuyimizdagi uyni xayol qilish emas, xarid qilish vaqti keldi! MODERN SERGELI'dan chegirmalar
Kun.uz fevral oyidagi reklamalar uchun 50 foizgacha chegirmalar e’lon qiladi
Mirabad Avenue chegirmali aksiya e’lon qiladi!
“Birdaniga 2 kalit”: xonadon xaridida avtomobil sohibi bo‘ling
Korzinka 25 yoshda: milliy brend yubileyini qanday nishonladi – katta shou-tadbirdan lavhalar
Bitta o‘rniga ikkita: xonadon xaridida avtomobil sohibi bo‘ling
Ayollar uchun sovg‘a izlashni boshladingizmi? Kukmara'dan korporativ xaridlar uchun ajoyib narxlar!
Korzinka Abay yangilandi – butun mahallani boshlab kelaverasiz!
Orzuyimizdagi uyni xayol qilish emas, xarid qilish vaqti keldi! MODERN SERGELI'dan chegirmalar
Kun.uz fevral oyidagi reklamalar uchun 50 foizgacha chegirmalar e’lon qiladi
Mirabad Avenue chegirmali aksiya e’lon qiladi!
“Birdaniga 2 kalit”: xonadon xaridida avtomobil sohibi bo‘ling
Korzinka 25 yoshda: milliy brend yubileyini qanday nishonladi – katta shou-tadbirdan lavhalar
Bitta o‘rniga ikkita: xonadon xaridida avtomobil sohibi bo‘ling
Ayollar uchun sovg‘a izlashni boshladingizmi? Kukmara'dan korporativ xaridlar uchun ajoyib narxlar!
Korzinka Abay yangilandi – butun mahallani boshlab kelaverasiz!
Orzuyimizdagi uyni xayol qilish emas, xarid qilish vaqti keldi! MODERN SERGELI'dan chegirmalar
Kun.uz fevral oyidagi reklamalar uchun 50 foizgacha chegirmalar e’lon qiladi
Mirabad Avenue chegirmali aksiya e’lon qiladi!
“Birdaniga 2 kalit”: xonadon xaridida avtomobil sohibi bo‘ling
Korzinka 25 yoshda: milliy brend yubileyini qanday nishonladi – katta shou-tadbirdan lavhalar
Tavsiya etamiz
22:55 / 22.02.2022
“Yoshiga to‘lmagan” inomarkalar narxi qanchaga arzonlashadi?
21:30 / 22.02.2022
Rossiya DXR va LXRni tan oldi. Endi nima bo‘ladi?
11:09 / 22.02.2022
Dars qilmagan o‘quvchilarni izza qilgan o‘qituvchi ishdan olindi. Bu adolatdanmi?
21:00 / 21.02.2022
1 apreldan UzAuto Motors avtomobillari faqat buyurtma bergan odamning nomiga rasmiylashtiriladi
Muhim
Lenta
Maqola
Media
topish
Jamiyat
Siyosat
Iqtisodiyot
Sport
Kolumnistlar
Koronavirus
Yangiliklar
Maqolalar
Fotolenta
COVID-19
Til: Рус Ўзб O`zb
Reklama
Bog`lanish
Vakansiyalar
Sayt haqida
Telegram
Facebook
Instagram
Twitter
Materiallardan foydalanish
eng ko`p o`qilgan xabarlar
«O‘zbekiston ilm-fani tobora jar yoqasiga yaqinlashmoqda» — professor Zarifboy Ibodullayev
1 339
«Jahondan andoza olishning o‘rniga teskarisini qilayotgandekmiz»
1 206
Ikki o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kiritilmadi
984
Chet eldan avtomobil sotib olish endi qanchaga tushadi?
2 072
USD: 10 840,28 EUR: 12 310,22 RUB: 136,41
25 avgust 2021, 16:24 Iqtisodiyot Jahon Кириллчада
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi iqtisodiy loyihalari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlari
Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.
Foto: Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги
«Gazeta.uz» Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalariga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etishni so‘rab murojaat qildi. Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan.
O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan tashqi tovar aylanmasi
mln dollar
Afg‘oniston bilan savdo
2018
2019
2020
Jami
604,6
619,9
779
Eksport
602,6
617
776,7
Import
2,1
3
2,3
Manba: Davlat statistika qo‘mitasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha O‘zbekistonning 20 ta yirik hamkor davlatlari orasida to‘rtta mamlakat — Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo balansi (eksport importdan ko‘p) kuzatiladi. Qolgan 16 ta mamlakat bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.
Ya’ni Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. Xususan, 2020 yilda Afg‘onistonga o‘zbek eksporti hajmi 776,7 mln dollarni tashkil etgan. Ayni paytda import darajasi undan 334 baravar kichik — 2,3 mln dollarga teng bo‘lgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 350 mln va 1,4 mln dollarni tashkil qildi.
ming dollar
Ko‘rsatkichlar
2020
yanvar-iyun, 2021
Tashqi savdo aylanmasi
779 056,4
351 942,0
Eksport
776 737,5
350 514,1
Import
2 318,8
1 428,0
Saldo
774 418,7
349 086,1
Eksport tarkibi
776 737,5
350 514,1
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar
276 474,5
147 790,3
Tamaki va ichimliklar
316,7
125,1
Nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari, yoqilg‘idan tashqari
10 064,1
2 027,0
Mineral yoqilg‘ilar, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (shu jumladan, elektr energiyasi)
162 714,2
67 729,7
Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘ va jun
16 436,5
891,1
Kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar
20 763,4
11 527,3
Sanoat mahsulotlari
72 369,8
19 961,5
Mashina va transport uskunalari
7 911,1
8 437,6
Turli tayyor mahsulotlar
2 999,7
398,5
Boshqa tovarlar
171,9
168,5
Import tarkibi
2 318,8
1 428,0
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar
383,9
292,3
Tamaki va ichimliklar
83,6
108,3
Nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari, yoqilg‘idan tashqari
377,8
661,8
Mineral yoqilg‘ilar, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (shu jumladan, elektr energiyasi)
0,7
3,7
Hayvon va o‘simlik moylari, yog‘ va jun
26,0
-
Kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar
60,9
4,3
Sanoat mahsulotlari
48,1
47,4
Mashina va transport uskunalari
37,9
28,8
Turli tayyor mahsulotlar
115,2
25,5
O‘zbekiston 2020 yilda asosan oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (jami eksport hajmiga nisbatan 35,5% yoki 276,4 mln dollar), mineral yoqilg‘i, yoqilg‘i moylash mahsulotlari va shunga o‘xshash boshqa materiallar (jami eksport hajmiga nisbatan 21% yoki 162,7 mln d
ollar), sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarini (jami eksport hajmiga nisbatan 9,3% yoki 72,3 mln dollar) eksport qildi.
Afg‘onistondan importning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar, shuningdek, nooziq-ovqat xomashyo mahsulotlari (yoqilg‘idan tashqari) tashkil qilgan.
2020 yilda O‘zbekistondan Afg‘onistonga eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar 20 taligi quyidagi ko‘rinishga ega.
ming dollar
Nomi
2020
Jami eksport:
776 737,5
Yirik va mayda tortilgan un, bug‘doy va surjik
217 558,5
Prutok,katanka, quloqchalar, profillar va qora metallardan (shu jumladan payvandlash temiri) navli prokat
54 280,5
Yangi, sovutilgan, muzlatilgan yoki an’anaviy konservalangan sabzavotlar (shu jumladan quritilgan dukkakli o‘simliklar); ildiz sabzavotlar, ildiz mevalari va boshqa toifalarga kiritilmagan yangi yoki quritilgan yeguliklar
45 729,1
Bitumli minerallardan olinadigan neft moylari va neft mahsulotlari (xom ashyodan tashqari); boshqa toifalarga kiritilmagan, tarkibida og‘irligiga ko‘ra, mahsulotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanuvchi, 70% va undan ko‘p shu turdagi moylar bo‘lgan mahsulotlar; yog‘li chiqindilar
16 724,3
O‘simlik moylari va yog‘lar; tozalanmagan, tozalangan yoki qismlarga bo‘lingan
16 436,5
O‘g‘itlar (272-guruhga kiruvchi o‘g‘itlardan tashqari)
14 274,3
Propan va butan, siqilgan
12 796,9
Ohak, sement va qayta ishlangan qurilish materiallari (shisha va loy mahsulotlaridan tashqari)
9 970,8
«Yumshoq» o‘simlik moylarini ishlab chiqarish uchun mos bo‘lgan yog‘li ildizlar va urug‘lar (mayda va yirik tortilgan bundan mustasno)
4 922,6
Boshqa toifaga kiritilmagan pishirilgan yoki konservalangan sabzavotlar, ildizlar va ildiz mevalar
4 032,4
Pol qoplamalari va boshqalar
3 697,3
Boshqa toifaga kiritilmagan o‘simlik xomashyosi
3 502,1
Maxsus avtomobillarni tashish va yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari
3 456,5
Yangi, quritilgan yoki boshqa usulda konservalangan, shirin yoki shakarsiz parranda tuxumi va tuxum sarig‘i; tuxum albumin
3 081,7
Ma’lum o‘lcham va shaklda kesilgan qog‘oz va karton, qog‘oz yoki kartondan yasalgan buyumlar
2 612,8
Oyoq kiyimlar
2 426,7
Dori vositalari (shu jumladan veterinariya preparatlari)
2 136,3
Avtomobillar va asosan yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan (haydovchi bilan birgalikda hisoblanganda 10 yoki undan ortiq odamni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) boshqa dvigatelli transport vositalari, shu jumladan, ko‘p o‘rinli mikroavtobuslar
1 786,6
Don mahsulotlari va mevali yoki sabzavotli un yoki kraxmal mahsulotlari
1 634,4
Ipak
1 185,5
Spirtlar, fenollar, fenolik spirtlar va ularning galogenli, sulfatlangan, nitratli va nitrozali hosilalari
1 091,5
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari
Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»
2020 yilning noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev «Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 500 kVt quvvatga ega bo‘lgan «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi (EUL) qurilishi bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish rejalashtirilgan. Uzunligi 260 km bo‘lgan yangi EUL O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini 70% ga oshirib, yiliga 6 mlrd kVt/soat ga yetkazish imkonini beradi. Loyiha qurilishi to‘g‘risidagi bitim Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 110 mln dollar miqdoridagi moliyalashtirish mablag‘lari ajratilishi tasdiqlanganidan keyin imzolangan. EULning O‘zbekiston hududidagi qismi qurilishi 2021 yil mart oyigacha yakunlanishi, Afg‘oniston hududidagi qurilish ishlari avgust oyidan boshlanishi rejalashtirilgan edi.
Shuningdek, qarorda afg‘on bozorida o‘zbek mahsulotlari raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga eksport qilinadigan sement, temir, suyultirilgan gaz, un, bug‘doy, tuxum va o‘simlik yog‘i kabi asosiy tovarlar narxlarini pasaytirish choralarini ko‘rish nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, fevral oyi boshida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston Toshkentda «Mozori-Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo
‘li qurilishining yo‘l xaritasini imzoladi. Loyiha may oyida tayyorlanishi kerak edi, yo‘l qurilishi ishlarini joriy yilning sentyabr oyidan boshlash rejalashtirilgan. Shavkat Mirziyoyev buni asr loyihasi deb atadi, shuningdek, mazkur temir yo‘l O‘zbekiston tarixidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.
O‘zbekiston 2023 yilgacha Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonning eksport potensialini oshirish maqsadida Termizda yillik tovar aylanmasi 500 mln dollar bo‘lgan xalqaro savdo markazi qurilishi rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 75 mln dollarga teng bo‘lgan savdo markazida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash, shuningdek, sotish terminallari joylashtiriladi.
«Газета.uz» 5 871
#afg‘oniston #eksport-import #tashqi savdo #tashqi savdo aylanmasi
Materialga izohlar
Kirish
So`nggi yangiliklar
Samarqandda avtoshohbekatni zo‘ravonlik bilan egallashda gumonlanayotgan bir guruh sportchilar qo‘lga olindi
Bugun, 09:55
Yakkasaroyda ishchilariga namoz o‘qishga sharoit yaratib bergan tadbirkor 21 mln so‘m jarimaga tortildi
Bugun, 09:52
Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi
Bugun, 09:17
Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?
Bugun, 07:37
Jahon yangiliklari dayjesti
Kecha, 22:57
23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
Kecha, 22:40
Koronavirusga qarshi buster doza olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi
Kecha, 21:14
1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi
Kecha, 20:52
Qiziqarli maqolalar
«O‘zbekiston ilm-fani tobora jar yoqasiga yaqinlashmoqda» — professor Zarifboy Ibodullayev
21 fevral 16:27
«Jahondan andoza olishning o‘rniga teskarisini qilayotgandekmiz»
21 fevral 15:59
Boshqalarning nogironligini ko‘rib, ilhomlanish insoniylikka qanchalik to‘g‘ri keladi?
20 fevral 12:58
O‘zbekistondagi yagona trolleybus tizimi inqirozni boshdan kechirmoqda
20 fevral 12:27
Telegram kanalga a'zo bo'ling
iOS
Android
Telegram
Facebook
Instagram
Twitter
18+
Sayt haqida Reklama joylashtirish Bog`lanish Vakansiyalar COVID-19
© 2008-2022 «Gazeta.uz»
Do'stlaringiz bilan baham: |