Bog'liq Afg’oniston durroniylar sulolasi hukmronligi
Afg’oniston durroniylar sulolasi hukmronligi
XVII asrning ikkinchi choragidan boshlab Afg’oniston Boboriylar sulolasi hukumronlik qilayotgan hindiston davlati tarkibiga kirar edi. Hirot va Sandahor esa safaiylar sulolasiga qarashli Eronning mulklariga aylangan edi.
XVIII asr boshlarida Boburiylar imperiyasi parchalanib ketayotgan bir paytda afg’onlarning ko’chmanchi ikki qabilasi gizoiylar va durroniylar safaviylarga qarshi urush boshladilar. 1722 yilda bu qabilalar Janubiy- Sharqiy Eronga bostirib kirib safaviylarni taxtdan ag’dardilar. 1736 yilda Turkmanlarning afshor qabilasidan bo’lgan Nodirqul “Nodirshoh” nomi bilan Eron taxtiga o’tirdi va 1738 yili Afg’on qabilalarini Erondan haydab chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Nodirshoh o’z qo’shinlari safini Afg’onistonda yangi kuch (otryad) lar bilan to’ldirib Hindistonga yurish uyushtirdi. 1747 yil nodirshoh qatl etilgandan so’ng , uning imperiyasi inqirozga yuz tutib , parchalanib keta boshladi.
1747 yilda Afg’oniston tarixida birinchi marta milliy mustaqil davlat vujudga keldi. Mazkur davlatning asoschisi durroniylar qabilsining yo’lboshchisi , iste’dodli harbiy qo’mondon Ahmadshoh bo’ldi. Bu davlat tarkibida Afg’onistondan tashqari Xuroson 1748-1761 yillarda bosib olingan Kashmir , Sind va Panjob kiradi.
1773 yili Ahmadshoh Durroniy vafot etgach, uning taxt vorisi , o’g’li Temur va nevarasi Zamon hukumronligi davrida Afg’on davlatining tushkunlikka yuz tutishi boshlandi.
XIX asr boshida o’zaro urushlar va dehqonlar qo’zg’alonlari natijasida Afg’oniston davlati ancha zaiflashdi. Bu paytda mamalakatni Ahmadshohning nevaralaridan biri Shujoumulkelliklar kirib kela boshladilar. Ingliz- rus arqobati ham mamalakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
1800 yil so’ngida rus podshohi Pavel I napaleonga maktub bildirdi. Napaleon ham bunga javoban o’zining Hindistonga yurishini O’rta Osiyo orqali , quruqlikdan o’tish haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Bu rejaga ko’ra fransuz-rus qo’shinlari Afg’oniston yerlaridan o’tib, Hindistoga hujum qilish lozim edi.
Ammo 1801 yilda rus podshohi Pavel I ning o’ldirilishi va uning o’rniga taxtga o’tirgan Aleksandr I ning tutgan siyosati tufayli bu rejalar amalgam oshmay qoldi. Aleksandr I Napaleon bilan Til’zitda uchrashgandan keyin (1807 yil) bu masala yana ko’tarildi. 1808 yilda napoleon Eronga geniral Gordonni jo’natdi. Bundan hadiksiragan ingliz maxsus missiya yuborildi. 1809 yili yozida (17 iyul) Ingliz va Afg’on hukumatlari Napaleonga qarshi o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar
“ Doimiy tinchlik va do’stlik to’g’risida” gi bu o’ziga xos bitimni tasdiqlagan Afg’oniston hukumdori Shujoumulk keyinchalik tarix taqozosi bilan mamlakatdan quvildi va “Ost-Ind” komissiyasidan panoh topdi.
Bu davrda taxti uchun kurash olib brogan hukumdor orasida Do’stmuhammadhon o’z idorasi , tadbirkorligi va jasurligi bilan
shuhrat qozondi. Qobul amri Do’stmuhammadhon (1826-1863) Uzoq kurashdan so’ng , ikkinchi bora 1826 yili Qobulni qo’lga kiritdi va shu yili Afg’on amiri tojini kiydi.
Ingliz mustamlakachilari Do’stmuhammadhon davlatiga qarshi sikxlarni, so’ngra Eronliklarni gij- gijladi. Lekin,shunga qaramay Do’stmuhammadhon Afg’on yerlarini katta qismini o’z amirligiga qo’shib olishga muvaffaq bo’ldi.
Buyuk Britaniya va Afg’oniston o’rtasida ziddiyatlar birinchi ingliz-afg’on (1838-1842) urushini keltirib chiqaradi. O’z navbatida inglizlar amir Do’stmuhammadhonning o’rniga o’z “odamlari Shujoulmulkni taxtga ko’tarib Afg’onistonni shu yo’l bilan qaram qilib olmoqchi edilar.
Inglizlarning bosqinchilik intilishlari amir Do’stmuhammadhonni tashvishga soldi va u bu intilishlarga zarba berishda Rossiya va Eronda yordam olishga umid bog’lab, ular bilan deplomatik aloqalar o’rnatdi. Ammo Rossiya yaqin Sharq masalalari bilan band bo’lganligi tufayli Afg’oniston masalasida Angliyaga yon bosdiva Afg’oniston bilan diplomatic aloqalar o’rnatishga to’sqinlik qildi.
Birinchi inliz-afg’on urushida Angliya harbiy jihatdan ancha ustun ekanligiga qaramay, muvaffaqiyat qozonolmadi. Chunki Afg’onlar Ingliz bosqinchilariga qarshi milliy mustaqillik, umumxalq urushini olib bordilar. 1841 yili Shujoulmulk o’ldirildi. Inglizlar tor-mor qilindi. Pirovardida Angliya Afg’oniston bilan sulh bitimini imzolashga va bu davlatning milliy mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi.
Amir Do’stmuhammadhon 1840-1860 yillar davomida Afg’oniston hududini Qndahor, Hirot,Balx, Qunduz, Andxoy va Hilm muzofotlarini bosib olish hisobiga ancha kengaytirildi. Uning vafotidan so’ng taxtga o’g’li Sheralixon (1863-1879) o’tirdi.
Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishi , Angliyaing O’rta Sharq jumladan, Afg’onistonga suqilib kirishi xalqaro vaziyatni ancha keskinlashtirdi. Rossiya va Angliya o’rtasidagi mustaqil Afg’oniston hukumati qatnashtirilmagan muzokaralar (1869-1873) natijasida Afg’oniston va chor Rossiyasi chegaralari Amudaryo sohillari bo’ylab belgilanadi.
1878 yilda inglizlar Afg’onistonga yana hujum qildi. Sheralixonning o’g’li yoqubxon (1878-18800 taslimchilikdan iborat Gandamak bitimini imzoladi. Unga ko’ra Afg’onistonning tashqi siyosati Angliya nazorati ostida bo’lishi lozim edi. Bunga qarshi Qobulga Afg’on qoshinlari va aholi 1879 yilda qo’zg’alon ko’tardi. Ingliz rezindensiyasi egallandi. Inglizlar qaytadan Qobulga hujum qildilar. Amir Yoqubxon ularga asir tushdi. G’azablangan xalq va qo’shinlar undan yuz o’girdilar va partizanlik urushi boshlandi.