Afaziyaning nutqda voqyelanish omillari bitiruv malakaviy ishi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana03.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#526540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tuxtaeva sarvinoz tulkinboevna afaziyaning nutqda voqyelanish om

1

deya ta‟kidlaydi

Davlat 
rahbarimizning ona tilimiz xususida yuritgan bu fikrlari o„zbek tilshunoslari
zimmasiga juda katta vazifalarni yuklaydi. Bugungi kunda tilshunoslikning 
ko„pgina yo„nalishlarini o„rganish va tadqiq etish uchun barcha imkoniyatlar 
yaratilgan. Bu imkoniyatlardan foydalangan holda bitiruv malakaviy ishida nutqiy 
buzilishlarning til sathlarida namoyon bo„lish omillariga to„xtalamiz.
XX asrda bir nechta chegaradosh fanlar paydo bo„ldi. Tilshunoslik sohasida ham 
xuddi shunday fan Neyrolingvistika
 
fani
 
vujudga keldi. Bu fan nevrofiziologiya va 
tilshunoslik fanlari o„rtasida yuzaga kelgan fan hisoblanadi. Neyrolingvistika 
fanining yo„nalishlarida biri bo„lgan Afaziya, uning turlari va afaziyaning til 
sathlarida, ya‟ni tilning fonetik, leksik, grammatik va semantik sathlarida namoyon 
bo„lishini o„rganish, nutqiy buzilishlarni tadqiq qilish logopedik muammolarni 
bartaraf etishda nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi 
ilm-fan borasida yuzaga kelgan yutuqlarni o„rganishimiz, tadqiq etishimiz va 
rivojlantirishimiz zarur. 
2.
 
Mavzuning o‘rganilish darajasi. 
Neyrolingvistika fani yevropada vujudga 
kelganligi uchun ham neyrolingvistika yo„nalishlaridan biri bo„lgan afaziya va 
uning turlari, afaziyaning til sathlarida namoyon bo„lish omillari ham Yevropa 
1

Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008. 83-86-bet 



fiziologlari va tilshunoslari tomonidan o„rganilgan. Xususan, Boduen de Kurtene 
afaziyaning uchta tarkibiy kompanentini tadqiq qilgan.
2
Aleksandr Romanovich Luriya A.P.Pavlov va L.S. Vigotskiylarning ilmiy va 
amaliy tadqiqotlariga asoslangan holda nazariy ma‟lumotlar beradi. U bosh miya 
faoliyatini uchta katta blokka ajratgan holda afaziyaning 6 ta eng mukammal 
turlarini ko „rsatadi va shu turlari asosida afaziyaning til sathlarida namoyon 
bo„lishini tadqiq etganligini ta‟kidlaydi.
3
V.Penfild va L. Robertslar ham nutq bilan miyaning bog„liqlik jihatlarini 
o„rganishgan va J. Vinarskiy afaziyaning klinik muammolarini neyrolingvistik 
analiz qilgan.
4
T.V. Axutina esa dinamik afaziyada neyrolingvistik tahlil olib 
boradi. 
Ulardan tashqari L.S Vigotskiy, A.N.Leontev,S.L.Rubinshteyn, V.M.Kogan, 
M.S.Lebedinskiy, E.S.Beyn kabi mashhur psixologlar ham afaziya holatini tadqiq 
etganlar. Hozirgi kunda o„zbek tilshunosligida ham afaziologiya bo„yicha 
izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan,Til nazariyasi va amaliyoti kafedra KIXIsi 
I.Azimovaning 
“O„zbek tilidagi agrammatik afaziyaning psixolingvistik 
xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik ishi hamda shu kafedraning magistranti 
S.Ashirboyevaning bitiruv malakaviy ishi mavzusi “Neyrolingvistikada nutqiy 
patalogiyalar muammosi” bunga yaqqol misol bo„la oladi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish