«O‘zbekistondagi AES uchun eng xavfsiz reaktor tanlangan» — energetika vaziri Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES uchun tanlangan reaktor bugungi kun uchun eng xavfsiz ekanini ta’kidladi. U Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego loyihasida bergan интервьюсида O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi haqida gapirdi. Vazir atom energiyasining toza ekanligi — atmosferaga zarar yetmasligi hamda chiqindilar ajralmasligiga e’tibor qaratdi. Ta’kidlashicha, u Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.
«Undan foydalanmaslik gunoh. Tajriba bor — ham ijobiy, ham salbiy. Shunga qaramasdan, O‘zbekistonda AES qurish uchun tanlangan reaktor bugungi kunda eng xavfsiz hisoblanadi», — dedi vazir.
Bundan tashqari, u atom stansiyasi xavfsizligi haqida gapirar ekan, tizim bir necha bosqichdan iboratligi hamda Boeing samolyotining to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbasiga dosh berishini qayd etdi. Shu qatorda, u O‘zbekiston yadro yoqilg‘isi sohasida katta resurslarga va yadro fani borasida boy tarixga [50 yillik] ega ekaniga urg‘u berdi.
Shuningdek, ayni paytda katta tushuntirish ishlari olib borilayotgani, chunki jamoatchilik fikri MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi)ning asosiy talablaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Vazir AES nafaqat energiya manbai, balki juda ko‘p ish o‘rinlari yaratiladigan, shuningdek, nafaqat ilm-fan, balki milliy iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarini rivojlantiradigan «katta qurilish» ekanligini aytgan. «Nega biz qayerdadir orqada turishimiz kerak?» — deya savol berli vazir.
O‘zbekiston atom elektr stansiyasini qurish uchun olmoqchi bo‘lgan kreditga kelsak, Alisher Sultonovning fikricha, mamlakatning tashqi qarzlari haqidagi gaplar bo‘rttirilgan.
«Butun dunyo birovning puli tamoyilida yashaydi, bu narsa hamma joyda bor, davlat qarzi trillionlab dollarga baholangan AQSHni olaylik. Har qanday yirik loyihadan avval hisob-kitob qilinadi. Har gal kredit olganimizda uni kimga va qanday qaytarish kerakligini juda yaxshi tushunamiz. Birovga qaramlik haqida gapning bunga nima aloqasi bor? Ob’ekt ob’ekt uchun qurilmayapti, biz AESni shunchaki qurishni xohlaganimiz uchun qurmaymiz. U foyda olib keladi. Bularning hammasining hisobi olingan. Ushbu loyihadan pullarni qaytara olishingizga ko‘zi yetmasa, hech kim sizga kredit bermaydi», — dedi vazir.
O‘tgan haftada Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning yurtimizga tashrifi davomida muhim iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan qator kelishuvlarga erishilganini bilamiz. Ular orasida mamlakatlarimiz aro savdo munosabatlarini yanada oshirish, energetika, jumladan, O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan Atom elektrostansiyasi bo‘yicha kelishuvlar ham bor. Mehmon ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida O‘zbekistonda atom elektrostansiyalarini qurish to‘g‘risidagi umumiy bitim 2019 yil oxirigacha tayyorlanishi kerakligi, shundan so‘ng loyihaning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanishi va AES qurilishi loyihasining taxminiy muddatlari haqida gapirish mumkinligini e’tirof etgan. Atom elektr stansiyalari qurilishi uchun joy tasdiqlanganligini ham qo‘shimcha qilgan.
Yuqoridagi kabi bayonotlar asnosida AES qurilishi bo‘yicha loyiha aholi o‘rtasida keng muhokama etilyapti. Aksariyat fuqarolar buni energetika tizimida to‘planib qolgan qator muammolarning yagona yechimi ekanini ta’kidlasa, boshqalar masalaning ekologik xavfi to‘g‘risida mushohadalarga berilgan. Xo‘sh, AES qurilishi rostdan ham ekologiyaga xavf tug‘diradimi? Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish bo‘yicha imkoniyatlarimiz qanday? Shu va shu kabi masalalar bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari - Ekoharakat deputatlik guruhi rahbari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonovning fikrlari bilan qiziqdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |