Sirt-faol moddalarning turlari. Ionogen sirt-faol moddalar.
Barcha sirt-faol moddalar suvdagi eritmalarida dissotsilanish qobiliyatiga qarab ionogen va noionogen sirt-faol moddalarga bo`linadi. Ionogen sirt-faol moddalar kation sirt-faol, anion sirt-faol va amfoter (amfolit) sirt-faol moddalarga ajratiladi.
Kation sirt-faol moddalar suvda dissotsilansa, sirt-faol kationlar hosil bo`ladi. Ulardan eng ko`p uchraydiganlari jumlasiga birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi alifatik va aromatik aminlarning tuzlari, shuningdek, alkilga almashingan ammoniy asoslarning tuzlari kiradi. Musbat zaryadli zarralarga ega bo`lgan dispers sistemalar hosil qilishda ham kation sirt-faol moddalardan ko`p foydalaniladi. Ular yaxshi flokuliyant-koagulyant sifatida suvni tozalash va qurilish ishlarida ishlatiladi.
Anion sirt-faol moddalar suvda sirt-faol anionlar hosil qiladi. Sanoat miqyosida keng qo`llaniladigan anion- sirt-faol moddalar jumlasiga quyidagi moddalar kiradi: a) ba`zi karbon kislota va ularning tuzlari (C17H35COONa – sovun, C17H33COONa – natriy oleat, C15H31COONa – natriy palmitat). b) alkilsulfat kislota tuzlari – ROSO2OMe, c) alkilarilsulfonatlar – RarSO2OMe) kiradi.
Hozirgi vaqtda tarkibida C10 dan C17 gacha uglerod atomlari tutgan sintetik yog` kislotalarning tuzlari anion sirt – faol moddalar sifatida keng qo`llanilmoqda. Bunday moddalar O`zRFA ning kimyo instituti xodimlari tomonidan ko`plab olinib, xalq xo`jaligining turli sohalarida keng qo`llanilmoqda.
Amfoter sirt-faol moddalar tarkibida 2 ta funksional gurux bo`lib, ulardan biri kislota va 2-si asos xarakteriga ega. Tarkibida karboksil va amin guruhlar bo`lgan moddalar amfoter sirt-faol moddalar jumlasiga kiradi. Ular muhitning pH qiymatiga qarab anion yoki kation sirt – faollik namoyon qiladi:
anion faol amfoter sirt-faol modda kation-faol
Noionogen sirt – faol moddalar suvda eriganda ionlarga parchalanmaydi. Noionogen sirt-faol moddalar tayyorlash uchun etilen oksid spirtlarga, karbon kislotalarga, aminlarga, alkilfenollarga va boshqa organik moddalarga ta`sir ettiriladi. Masalan, “OP” markali polioksietilenlardan alkil spirtlarning hosil bo`lishini quyidagi tenglama shaklida ifodalash mumkin:
Alkilfenollarning polioksietilenlandan efirlari kir yuvishda keng qo`llaniladi.
P. A. Rebinder barcha difil sirt-faol moddalarni haqiqiy eruvchan sirt-faol moddalar va kolloid sirt-faol moddalar degan 2 guruhga bo`ldi. Birinchisiga kichik radikalga ega bo`lgan difil eruvchan organik birikmalar (quyi spirtlar, fenollar, organik kislotalar, ularning tuzlari, aminlar va h.k.) kiradi. Ular sirt-faol modda sifatida kam ishlatiladi.
Kolloid sirt-faol moddalar alohida diqqatga sazovordir. “Sirt-faol moddalar” termini ham aynan ana shularga oid. Kolloid sirt-faol moddalarning ajoyib xususiyati shundaki, ular termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil) dispers sistemalar hosil qila oladi. Ularning muhim xarakteristikasi quyidagilardan iborat:
sirt faolligi yuqori;
mitsellalar hosil bo`ladigan kritik konsentratsiyadan yuqori konsentratsiyalarga ega bo`lgan liofil-kolloid eritmalar hosil qila oladi;
kolloid sirt – faol moddalarning eritmalarida solyubilizatsiya hodisasi kuzatiladi. Bu hodisaning mohiyati quyidagicha. Agar biror sirt –faol moddaning yetarli konsentratsiyadagi eritmasiga suvda erimaydigan organik modda (bo`yoq, geptan, kerosin) solinsa, bu modda kolloid tarzda erib, tiniq eritma hosil qiladi.
Sirt-faol moddalarning adsorbilanish xususiyatini xarakterlashda ularning amalda qo`llanilishi uchun ahamiyatga sazovor bo`lgan kattalik gidrofil-lipofil balans (GLB) tushunchasi ham kiritilgan (lipofil termini lipos – yog` so`zidan kelib chiqqan). Sirt-faol moddaning GLB soni modda tarkibidagi qutbli guruhning gidrofil xossalari bilan uglevodorod radikallarining lipofil xossalari orasidagi nisbatni xarakterlaydi. GLB sonini aniqlash uchun sirt-faol moddalarning mitsellalar hosil qilish xususiyatidan va ularning emulsiyalarni barqarorlash xossalaridan foydalaniladi.
Adsorbsiya yutuvchi va yutuluvchi moddalarning tabiatiga, temperatura va konsentratsiyasiga bog`liq. Adsorbsiya bilan konsentratsiya orasidagi bog`lanishni Freyndlixning empirik formulasida ifodalash mumkin.
Bu yerda:
X-adsorbilangan modda miqdori, gr yoki mollarda
m- adsorbent miqdori, gr.
C- adsorbtivning muvozanatdagi kontsentratsiyasi
K va n-o`zgarmas qiymatlar.
Agar m- adsorbent miqdori(gr)ning C ga bog`liqligini grafik usulda tasvirlasak, (17-rasm) adsorbsiya izotermasini hosil qilamiz.
Freyndlix tenglamasini logarifmlaymiz:
ning lg C ga bog`liqligi to`g`ri chiziqdan iboratligi 15-rasmdan ko`rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |