Bugun O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilyapti. Masalan, 2020 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslar, aniq amaliy takliflar xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlandi.Binobarin, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, bunday davlat fuqarosi har tomonlama barkamol bo‘lib, vatan uchun, xalq uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘ladi. Eng muhimi, inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi, ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi. Prezidentimiz tomonidan so‘nggi paytlarda qabul qilingan qator farmon va qarorlarda qonun ustuvorligiga erishishda mansabdor shaxslarning boshqaruv qobiliyatini rivojlantirish, qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning mehnat huquqlariga so‘zsiz rioya etish, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazmaslik, xodimlarning ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish va har tomonlama rag‘batlantirish haqida rahbarlarning ogohlantirilayotgani bejizga emas Bugungi kunda “davlat organlari va mansabdor shaxslar xalqqqa xizmat qilishi” asosiy boshqaruv prinsipiga aylantirilayotgan ekan, qonun ustvorligini ta’minlashning asosiy shartlaridan yana biri - bu fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘lsa, ikkinchi tomonidan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartiblarini takomillashtirishga ham bog‘liq. Chunki mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifalarini noto‘g‘ri bajarishi, vakolatidan chetga chiqishi, mas’uliyatsizligi, byurokratiyaga asoslanish, qog‘ozbozlik, majlisbozlik kabi zamondan orqada qolgan boshqaruv prinsiplari qonun ustuvorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlar hisoblanadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |