Yangiliklar serverlari hozirda USENET yangiliklar tarmog'ida mavjud bo'lgan minglab ommaviy yangiliklar guruhlarini tarqatish va yetkazib berish manbai bo'lib xizmat qiladi.
Proksi serverlar so'rovlarni filtrlash, ish faoliyatini yaxshilash va ulanishlarni bo'lishish uchun mijoz dasturi, odatda veb-brauzer va tashqi server (odatda Internetdagi boshqa server) o'rtasida aloqa vazifasini bajaradi.
Telnet serverlari
Telnet server foydalanuvchilarga asosiy kompyuterga kirish va uzoq kompyuterning o'zi ustida ishlagandek vazifalarni bajarishga imkon beradi.
Web serverlar
O'zining asosiy qismida veb-server statik tarkibni veb-brauzerga diskdan faylni yuklash va foydalanuvchi veb-brauzeriga tarmoq bo'ylab xizmat ko'rsatish orqali xizmat qiladi. Brauzer va server HTTP-dan foydalangan holda bir-biri bilan aloqa qilib, ushbu almashinuvda vositachilik qiladi.
Tarmoq ma’lumotlar xavfsizligi
Dasturiy va apparat ta’minoti xavfsizligi. Tarmoqlar va tarmoqlararo axborotlarni himoyalash usullari va vositalari. Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi.
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin.