3
KIRISH
Har birimiz bola bo‘lganmiz. Har birimiz bolalik baxtini
ko‘rganmiz va undan zavq olganmiz. Shu boisdan ham biz o‘z
bolalarimizga ham bolalik baxtini his etishi uchun shart-sharoitlar
yaratib berishimiz zarurdir. Unutmaslik lozimki, bolalar bizning
kelajagimizdir. Ularga g‘amxo‘rlik qilish va himoya qilish har
birimizning burchimizdir.
Bolalarning barcha huquqlarini ta’minlab
berishimiz,
xatolarining ustida ishlashlariga imkon berishimiz, buyuk kelajak
sari tarbiyalab borishimiz zarur. Buning uchun,
birinchi navbatda,
ularning bilim, ta’lim olish huquqini ta’minlab berishimiz kerak.
Ular ta’lim dargohiga borib, o‘quvchi sifatida ta’lim olish jarayoniga
ko‘maklashishimiz lozim. Shuningdek, ta’lim olishda ularning
huquqlarini va majburiyatlarini,
shu bilan birga, etiket qoidalari va
taqiqlarni ham o‘rgatishimiz lozim.
Ushbu qo‘llanma barcha o‘quvchi-yoshlarning huquq va
majburiyatlarini o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, ularga har kunlik
hayotiga ijobiy ta’sir
qilishi bilan birga, ularni o‘rnatilgan tartiblarni
buzmaslikka va o‘zlarini har qanday xavfdan himoya qilishi uchun
yordam beradi.
4
Bolalar! Agar siz hali ham o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan
bo‘lsangiz, demak, siz hali ham bolasiz. Siz o‘n sakkiz yoshga
to‘lishga, “katta” inson bo‘lishga shoshilmang, chunki siz bolalik
davringizdan zavq olib, o‘zingizga kerakli bilimlarni olishingiz kerak.
Qolaversa, siz yetuk inson bo‘lishingiz uchun o‘z bilimlaringizni
mustahkamlashingiz va o‘z huquqlaringizni
bilishingiz juda ham
zarur. Ammo shuni unutmangki, yetuk inson bo‘lish uchun bilim va
huquq yetarli emas. Siz, albatta, o‘zingizga qo‘yilgan majburiyatlarga
ham to‘liq amal qilishingiz lozim. Shunday
holatdagina siz yaxshi va
yetuk inson bo‘lishingiz, jamiyatga foydali va ota-onangiz faxrlanib
yuruvchi inson bo‘lishingiz mumkin.
Bolajonlar, shuni unutmangki, siz yetti yoshga to‘lganingizda
maktabga borishingiz kerak. Chunki, hamma yetuk insonlar bir
paytlar maktab o‘quvchilari bo‘lgan va
maktablarda olgan bilimlari
ularga kelgusidagi ishlarida samara bergan. Siz ham barcha bolalar
qatori maktabga borib, o‘quvchi bo‘lib kerakli bilimlarni oling.
Yodda tuting! O‘z kelajagingiz uchun o‘z huquqlaringizni
va jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini bilishingiz, o‘z
majburiyatlaringizni to‘liq bajarib, taqiqlangan qoidalarni
buzmasligingiz zarur. Bularning barchasini
bilish uchun maktabga
borib o‘quvchi bo‘lishingiz va bilim olishingiz kerak.