Operatsion va moliyaviy hisobot auditi - Operatsion va moliyaviy hisobot auditi
- Professional xizmatning ushbu turi asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan buxgalterlik hisobini yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida hisobot ham tuzib berilishi mumkin. Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining mustaqil ishi sifatida ya’ni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buxgalterlik registrlarining ma’lumotlari asosida faqatgina hisobotning o’zi tuzib berilishi ham mumkin.
- Auditorlik tashkilotlar mijoz-korxonaga buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzib berish bilan birga byudjetdan tashqari fondlar va statistika organlariga topshiriladigan hisobotlarni tuzish bo’yicha ham xizmat ko’rsatishi mumkin.
- v) Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish.
- Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish-ning muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy korxonalarimiz moliyaviy hisobotlarini xorijiy investorlar «o’qiy oladigan til»ga – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga yoki inves-tor faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatdagi umum qabul qilingan hisob printsiplari (masalan, GAAP tizimi)ga o’tkazish zarur. Buning uchun auditor MHXS yoki investor mamlakatidagi GAAP tizimini, ularning xususiyatlarini va bizning milliy moliyaviy hisobot-larimiz bilan qiyosiy tahlilini chuqur bilishi zarur.
g) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish masalalariga so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu shu bilan bog’liqki, bir necha yillar bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, o’zlarining moliyaviy ahvoliga baho berish, iqtisodiy barqarorlikka erishish va mahsulot (ish, xizmat) larning qaysi turi eng ko’p daromad (yoki zarar) keltirishi va shu kabilarni bilishni istaydilar. Ko’pchilik korxonalar (xususan, ko’pchi-ligi aktsiyadorlik jamiyatlariga, qishloq xo’jalik koopera-tivlari (shirkat xo’jaliklari) ga aylantirilgan sobiq davlat (yoki jamoa korxonalari)) iqtisodiy nochor va bankrotlik holatida. Aksariyat korxonalarning iqtisodiy xizmat xodimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy ahvolni, korxona balansining likvidligi va to’lov layoqatini tahlil qilish, hamda moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bilan bog’liq usullarni bilmaydilar, biznes-rejalar tuzish tajribasiga ega emas. - g) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish masalalariga so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu shu bilan bog’liqki, bir necha yillar bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, o’zlarining moliyaviy ahvoliga baho berish, iqtisodiy barqarorlikka erishish va mahsulot (ish, xizmat) larning qaysi turi eng ko’p daromad (yoki zarar) keltirishi va shu kabilarni bilishni istaydilar. Ko’pchilik korxonalar (xususan, ko’pchi-ligi aktsiyadorlik jamiyatlariga, qishloq xo’jalik koopera-tivlari (shirkat xo’jaliklari) ga aylantirilgan sobiq davlat (yoki jamoa korxonalari)) iqtisodiy nochor va bankrotlik holatida. Aksariyat korxonalarning iqtisodiy xizmat xodimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy ahvolni, korxona balansining likvidligi va to’lov layoqatini tahlil qilish, hamda moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bilan bog’liq usullarni bilmaydilar, biznes-rejalar tuzish tajribasiga ega emas.
- d) buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. Ushbu masalalarga doir professional xizmatlar: soliqqa tortish bo’yicha tushuntirishlar (yozma va og’zaki shaklda) tayyorlash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun jarima hisob-kitobi hamda jarima undirishning to’g’riligini (yoki noto’g’riligini) asoslash, dastlabki hisobni tashkil etish, mijozning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tuziladigan xo’jalik shartnomalari (bitimlari)ni takomillashtirish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |