133
Millionli qo`shin o`z yo`lida hammasini yo`q qilishi lozim. Bu shahar
(Kun`yan)ning aholisini qirib
tashlaymiz qon daryosi bilan oldinga yuramiz…”
Bu vaqtda bo`lg`usi imperator Yan va Dinlindan bir qancha qo`zg`olonchilar bilan
Kun`yanga qutqarishga keldi… Xan askarlari yengildilar … Kun`yandan askarlar chiqib Xanlar
bilan bir qatorda urushdilar. Van I qochdi, Van Man qo`shini taraddudlanib qoldi … Yo`lbars va
qoplonlar g`azablandilar. Askarlar qochib ketdilar va o`z viloyatlariga qaytdilar… Poytaxt qaltirab
qoldi.
Poytaxtga tomon hamma joyda yaqinda turgan qo`zg`olonchilar oqdi…
Van Man poytaxtni barcha qamoqxonalariga jinoyatchilarga qisman amnistiya e`lon qilish,
qurol tarqatish uchun choparlar yubordi… Lashkarboshi Shi Chen Vey daryosidagi ko`prikdan
o`tmoqchi bo`lganda butun qo`shin qochib ketdi. Shi Chen bir o`zi qaytdi. Qo`zg`olonchilar Van
Man oilasini qabrini ochdilar: bolalari, xotini, otasi, bobosi va ularni tobutini to`qqiz
ibodatxonalarni, Mintan “Saroyi va imperator maktabini yoqdilar. Shafaq butun shaharni yoritdi …
To`qqizinchi oyda qo`zg`olonchilar shaharga shimoldan Syuan`pin darvozasi orqali kirdilar.
Chjan Xan darvozalarda har bir qo`zg`olonchini o`ldirdi. Van I, Van Lin, Van Syun va boshqalar
o`zaro askarlarni bo`lib olib, saroyning Shimoliy darvozalarini himoya qildilar. Xan tarafdorlari
askarlar unvon olish uchun Van Manni ushlab olishni orzu qildilar. Yetti mingdan ortiq
favqulodda jasorat bilan jang qildilar. O`sha kun kechqurun vazirliklar va saroylardan hamma
qochib ketdi…
Yong`in ichki saroyga yaqinlashdi… Van Man yong`indan Syuan`shi saroyini oldingi zalida
qutuldi. Olov unga yetdi. Saroy ayollari “biz nima qilishimiz kerak” deb qichqirdilar… Van Man
aytdi: “Osmon menga
hokimiyatni berdi, Xan askarlari menga zarar yetkazishi mumkinmi?”
Hamma vaqt Van Man ovqatsiz qoldi, uni kuchi kam edi. Uchinchi kun tongda amaldorlar uni
oldingi zaldan olib chiqdilar… Hovuzni suv to`sig`idan foydalanishini o`ylab va aravada
Szyan`tayga olib keldilar…
Van Manni orqasidan mingdan ortiq amaldor va haram og`alari keldilar. Van I kunduzi va
kechasi jang qildi va juda charchadi. Deyarli barcha o`ldirildi yoki yaralandi…
Qo`zg`olonchilar saroyga “Xoin Van Man qani?” deb bostirib kirdilar. Shu vaqtda xonadan
go`zal ayol chiqib “ Szyan`tayda” dedi. Qo`zg`olonchilar u yerga shoshildilar, saroyni bir necha
qator bilan o`rab oldilar, kamonlar va arbaletlardan otishma ochdilar, Van Manning himoyachilari
sekin - asta yiqildilar, ularda o`qlar tugadi, otishga hech narsa yo`q edi. Yuzma – yuz
to`qnashuvlar boshlandi. Van I o`g`li bilan va boshqalar halok bo`ldilar. Savdogar Di I Van
Manni o`ldirdi va uni kamarini muhri bilan oldi… Barcha viloyatlar va u`yezdlar taslim
bo`ldilar. Osmon mamlakati Xan sulolasiga tegishli bo`ldi.
Ikkinchi yil
(eramizning 24–yili) imperator Geenshi poytaxt Chananga keldi va umumiy
amnistiya to`g`risida farmon berdi; undan Van Manning bolalari mustasno edi.
Bir yildan ko`p vaqt o`tdi. Imperator Geenshe boshqaruv ishlari bilan shug`ullanmadi. Keyingi
yilni yozida bir necha yuz ming “Qizilqoshlilar” Fan Chun boshchiligida zastavaga kirdilar va
Lyu pinszini imperator deb e`lon qildilar. Geenshiga hujum qilganlarida u tas`lim bo`ldi.
“Qizilqoshlilar” poytaxtning saroy kvartallarini yondirdilar va Geenshini o`ldirdilar. Ochlar bir
birlarini yedilar. O`ldirilganlar bir necha yuz mingni tashkil qildi. Poytaxt xarobaga aylandi.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 103-108 стр
Do'stlaringiz bilan baham: