O`rta Osiyo xalqlarining Spitamеn boshchiligida yunon-makеdonlarga qarshi ozodlik kurashi Arrian. Iskandarni yurishi, IV, 5-6, 16, 17 Kvint Enniy Flaviy Arrian – Kichik Osiyoning Vifiniya viloyatida, taxminan eramizning 90 - 95 yillari orasida tug`ilib, 175-yilda vafot etgan. Arrian eramizning 112-116 yillarida zamonasining atoqli faylasufi Epiktet qo`lida tahsil oladi. U eramizning 131-yilida Rim imperatorining topshirig`iga binoan Qora dengiz qirg`oqlari bo`ylab ekspeditsiyaga yuboriladi. Senator darajasiga ko`tarilganda Arrian eramizning 116 –yilida davlat ishlari yuzasidan Yunonistonga boradi. Arrian Rim davlatining chegaralariga oid qimmatli ma`lumotlarni to`playdi. “Imperatorning elchisi” degan faxriy nom oladi. Arrian 131-137 yillarda Kappadokiyey viloyatiga hokim etib tayinlanadi. Arrian Iskandariyadagi mashhur kutubxonasida Iskandar hayotiga bag`ishlangan juda ko`p ma`lumotlarni to`plab, o`zining mashhur “Iskandarning yurishi “asarini yozdi. Asarning uchinchi va to`rtinchi kitoblarida qadimgi O`rta Osiyo hududi jumladan O`zbekistonning qadimgi davri to`g`risida qimmatli ma`lumotlar beradi. Vatanimizning erksevar aholisini Iskandarga qarshi ozodlik kurashini batafsil tasvirlaydi. ... Marakanda
1
qo`rg`onida qoldirilgan makеdon garnizoni unga Spitamеn hujum qilganidan
kеyin chiqib, ularni barchasini qaytarib shu bilan birga bir nеchasini o`ldirdi va o`zi hеch qanday
yo`qotishsiz qal'aga qaytdi. Qachonki Spitamеn Iskandar yuborgan yordam arakandaga еtib kеlish
arafasida ekanini bilib, qal'ani qamal qilishni to`xtatdi va So`g`diyonani poytaxtiga kеtdi. Farnux
2
va u bilan birga bo`lgan lashkarboshilar uni So`g`diyona chеgarasidan to`la haydab yuborishga
shoshildilar va chеkinishda ta'qib qildilar va kutilmaganda skif ko`chmanchilarga duch kеldilar.
Shunda Spitamеn 600 ga yaqin skif suvoriylarini o`ziga qo`shib oldi va skiflar yordamida ruhlanib
makеdonlarni hujumini kutishga qaror qildi...
Marakand yaqinida
3
makеdonlar barcha tomondan qisilgan edilar va daryodagi kichik orolga
qochdilar. Bu yеrda skiflar va Spitamеnning otliqlari ularni o`rab oldilar va qirib tashladilar; faqat
ozginasini asirga oldilar va yo`q qildilar. Aristobul hikoya qiladi,
4
qo`shinni katta qismi pistirmada
yo`q qilingan edi, chunki skiflar o`rmonlarda yashirindilar, u yеrdan jang paytida makеdonlarga
hujum qildilar... Qachon Iskandarga bu to`g`rida xabar yеtib borganda... U Spitamеnga qarshi
borishga qaror qildi... Spitamеn o`z odamlari bilan Iskandarni yaqinlashganini eshitib shaharni
tashlab chiqdi va qochdi. Iskandar uni uzluksiz ta'qib qildi…
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 198 стр