Afina dengiz ittifoqining davlatga aylanishi
Fukidid. Tarix, I
1
Sparta podshosi.
2
u yеrda hozir ham Lеonid sharafiga tosh shеr turibdi.
197
96. Shunday qilib ittifoqchilarning takliflari bilan (ularning Pavsaniyga
1
nafratlari tufayli)
yo`lboshchi bo`lib afinaliklar varvar bilan urushda qaysi shaharlar pul berishlari, qaysilari
kemalarni ekipaji bilan qo`yishini aniqladilar
2
. U Shanda afinaliklar birinchi bor ellinotomiylar
3
lavozimini ta’sis qildilar, qaysiki ular “foros”
4
ni qabul
qilar edilar. Birinchi foros 460 talant miqdorida belgilangan edi. Xazina saqlanadigan joy Delos edi,
bu ibodatxonada ittifoqchilarning delegatlarini yig`ilishi bo`lar edi.
97. Endi men afinaliklar harbiy va siyosiy ishlarda Midiya va bu urushlar
5
oralig`idagi
davrda, ular boshida hali mustaqil ittifoqchilar
6
va varvarlar bilan va o`zlaridan ajralib ketgan o`z
ittifoqchilari bilan va har qanday qulay holatda afinaliklarni ishiga aralashadigan o`sha
peloponnesliklar bilan qanday urushganini hikoya qilaman…
98. Boshda afinaliklar Miltiadni o`g`li Kimon boshchiligida Strimondagi Eyon
7
ni qamal
qilib bosib oldilar, o`shanda u midiyaliklar qo`lida edi uni aholisini qullikga sotib yubordilar.
(2) Keyin ular Skiros
8
ni bosib oldilar, uni aholisini qullikga sotdilar va o`z kolonistlarini
joylashtirdilar.
(3) Keyin ularda Evbeydagi karistliklar
9
bilan
10
urush boshlandi; oxir-oqibatda afinaliklar
karistlarni ma’lum shartlarga taslim bo`lishga majbur qildilar.
(4) Keyin qo`zg`olon ko`targan naksoslar bilan urush chiqdi va qamaldan keyin ular taslim
bo`lishga majbur bo`ldilar. Bu mavjud ittifoq shartnomasiga zid ravishda ittifoqchi shaharni
mustaqilligidan mahrum qilishni birinchi voqeasi edi. Keyinchalik bunday holga navbati bilan
boshqa shaharlar ham duchor bo`ldilar.
99. Ittifoqchilarni qo`zg`olonlariga
11
bahona bo`lib asosan o`lpon to`lash va kemalar
yetkazib berishda, qarz qoldig`i va ba’zida harbiy xizmatdan bo`yin tovlash edi. Haqiqatda
afinaliklar majburiy choralarni qo`llagan holda qarzlarni qat’iy undirdilar.
(2) Shu sababli afinaliklar hokimiyati tazyiqlarga o`rganmagan va ularni boshdan kechirishga
ko`nikmagan odamlarga og`irlik qildi. Umuman afinaliklar hukmronligi endilikda ilgarigidek
populyar emas edi. Birgalikdagi yurishlarda afinaliklar ittifoqchilarga o`zlariga teng sifatida
muomala qilmadilar, agarda ulardan kimdir qo`zg`olon ko`tarsa qo`zg`olonchilarni qiyinchiliksiz
yana bo`ysundirdilar. (3) Shuningdek bunga ittifoqchilarni o`zlari aybdor edilar. Haqiqatda ularni
harbiy xizmat oldida (faqat uydan uzoq turmaslik uchun) qo`rqoqlik qilishlari, ularni ko`pchiligini
o`zlariga soliq og`irligini yuklashga va kemalar yetkazishga tegishli pul mablag`larining yetkazishni
afzal ko`rdilar. Shunday tarzda afinaliklar ittifoqchilar mablag`lari hisobidan oz’ flotlarini
ko`paytirish imkoniyatiga ega bo`ldilar, ittifoqchilar esa har safar qo`zg`olon boshlab urushga
tayyorlanmagan va himoyasiz bo`ldilar.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 175-176 стр
1
Spartaliklarning podshosi er.avv. 479-yilda Platey yonidagi jangda yunon
qo`shinlarining qo`mondoni.
2
bahona Varvarga u keltirgan kulfatlar uchun, fors yerlarini talon-taroj
qilish istagi edi.
3
Ellin ittifoqi xazinachilari.
4
pul badali to’lovi shunday deyilar edi.
5
er. avv. 431-404-yillardagi Peloponnes urushlari .
6
umumittifoq yig’ilishida ovoz berish huquqi bilan.
7
Egey dengezining shimoliy Frakiya qirg’og’idagi shahar.
8
uning aholisi forslar tarafida edi.
9
Evbey oroli Karist shahri aholisi.
10
boshqa evbeyliklar ishtirokisiz.
11
boshqalari bilan birga.
198
Do'stlaringiz bilan baham: |