Қадимги юнон-рим тарихи


Ksenofont. Spartaliklarni  turmush tarzi to`g`risida



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

Ksenofont. Spartaliklarni  turmush tarzi to`g`risida. 
Ksenofont. Lakedemonlar davlati 
 Afinalik Ksenofont taxminan er.avv. 430-yillar  atrofida tug`ilib  er.avv. 360-yildan keyin  vafot 
qilgan.  U  zodagon oilada  tug`ilib,  juda ma`lumotli bo`lgan. Faylasuf  Suqrotning shogirdlaridan 
biri edi.  Ksenofont  er.avv. 401-yilda  Kichik Kayxisravning   yurishida yollanma  yunon qismlarini  
birini rahbari   bo`lib ishtirok etdi.  Shundan so`ng u Sparta qo`shiniga xizmatga kirdi va  podsho 
Agesilayni    yaqin  do`stiga  aylandi,      Afina  uni  xoin  deb  e`lon  qildi.    Ksenofont  “Sokrat   
to`g`risidagi esdaliklar”,  “Sokrat apologiyasi”, “Bazm”, “Anabasis” va “Yunon tarixi” asarlarini  
muallifidir. 
5.  Likurgning  har  bir spartalik  uchun    qanday  turmush  tarzi  belgilagani    to`g`risida  yetarlicha 
aytilgan.  Endi  men  u  Sparta  fuqarolariga  qanday  turmush    tarzi  belgilaganini  hikoya  qilishga 
urinaman.  U  boshqa    ellinlar  kabi  spartaliklarda  mavjud  bo`lgan  turmush  tarzi    beg`amlik  va 
noziklashishiga olib  borayotganini ko`rdi.  Likurg birgalikda ovqatlanishni joriy qildi.  U barchani 
ko`z oldiga ovqatlanishga majbur qilib,  buni natijasida yozilgan qonunlarni buzish  kamroq bo`ladi 
deb  taxmin  qildi.    U  shunday  miqdordagi    oziq-ovqatni  belgiladiki,    u  isrofgarchilikga  ham 
yetishmovchilikka  ham  olib  bormasligi  kerak  edi.    Bunga      ko`pincha  ovchilik  o`ljalari    qo`shilar 
edi.    Boylar  ba’zida  nonni  bug`doyga  almashtirar  edilar.  Shunday  qilib  spartaliklar  birgalikda 
chodirlarda ovqatlanar edilar, ularda  dasturxon hech qachon noz-ne’matsiz ham,  hashamatli ham 
bo`lmaydi.  Ichkiliklarga  kelganda  esa  Likurg  haddan  tashqari  ruh  va  jismni  zaiflashtiradigan  
ichkilikbozlikni taqiqladi. Spartaliklarga  chanqoqni qoldirish uchun ichishga ruxsat berdi, qaysiki 
bu  vaqtda  ichimlik    zararsizroq  va  yoqimli  deb  hisobladi.  Qanday  qilib  birgalikda  ovqatlanishda 
o`ziga  va  o`z  xo`jaliklariga  piyanistalik  bilan    haddan  ko`p  ovqat  yeyish  bilan  zarar  yetkazish 
mumkin edi. Boshqa davlatlarda esa odamlar o`z tengqurlari bilan  ko`p vaqtlarini o`tkazar edilar, 
qaysiki ular bilan  o`zlarini erkin his qiladilar. Likurg esa Spartada yoshlar kattalar tajribasida  ko`p 
narsani o`rganishlari mumkin deb  barcha bosqichlarni qo`shib tashladi. Fiditiyalarda davlatda sodir 
etilgan  qahramonliklar  to`g`risida  hikoya  qilish  qabul  qilingan  edi.  Spartada  dimog`dorlik,  mast-
alast  chiqishlar,  obro`ni  to`kadigan  qilmishlar  va    haqoratomuz  so`zlar    haddan  tashqari  kam 
uchraydi.    Uydan  tashqarida  ovqatlanish  yana  shunday  foyda  keltiradi:  uyga  qaytayotgan  sayr 
qilishga  majbur,  ular    mast  bo`lib  qolmasliklari  to`g`risida  o`ylashlari  lozim  ,  qaysiki  qayerda 
ovqatlangan  bo`lsalar  u  yerda    qolishlari  mumkin  emasligini  bilar  edilar.    Ularga  ma’lum  muddat 
qorong`ida yurishga to`g`ri keladi, kunduzgidek, chiroqsiz, kim harbiy xizmatni  o`tayotgan bo`lsa 
u ham mash’ala  yorug`ida borishi mumkin emas.  
 
Likurg bir xil ovqatlanganda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanadigan kishilar yuzini rangi 
yaxshi, o`sishi va gavda tuzilishi  sog`lomligiga e’tibor berdi, bekorsozlar esa  shishinqiragan, zaif 
va badbashara  bo`lar edilar. Buni ham Likurg e’tiborsiz qoldirmadi; u yana kim o`z xohishi bilan 
va huzr qilib mehnat qilsa, sog`lom tanga ega bo`lishiga e’tibor berdi. Shuning uchun  u gimnasiyda  
turgan  boshliqga  gimnasiyga  boradiganlarni  mashqlari  hamma  vaqt  ularning  ovqatlariga  mos 
bo`lishini tayinladi. Mening  o`ylashimcha bu masalada u xato qilmagan. 
Хрестоматия по истории  древнего мира. М., 1991. 166-167 стр 
 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish