Қадимги юнон-рим тарихи


Qul xarid qilish to`g`risida shartnoma



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

Qul xarid qilish to`g`risida shartnoma 
 
Qul xarid qilish “shartnomasi” Van Bao (?-er. avv. 61-yil) tomonidan yozilgan. Bu hajviy 
hikoyani  hujjatli  guvohlik  deb  hisoblash  mumkin  emas.  Lekin  uning  muallifi  o`z  zamonasining 
odami bo`lib, unga zamondosh bo`lgan jamiyatning tamoyillari bilan fikrlaydi va o`z asarida aniq  
tarixiy  voqelikdan  foydalanib,  o`sha  davrning  ijtimoiy  voqeliklarini  tasavvur  qilishga  yordam 
beradi. 
 
 Van  Szi-yuan  (er.  avv.  I  asrdagi  qadimgi  Xitoy  adabiyotchisi  Van  Baoning  ikkinchi  ismi)  shu 
okrugda  [istiqomat  qiluvchi]    Szyanga  (joy  nomi)  ish  bo`yicha  keldi,  beva  Yan  Xoyning    uyiga  


 
 145 
 
 
bordi, [uning]  Byan – lyao  nomli [uning yeridan qolgan]  quli bor  edi. [Van - Szi-yuan]   [uning  
uchun]  [qul]  borib  vino  sotib  olib  kelishini  istadi.  Byan-lyao katta  tayoqni  olib [Yan Xoyning  
marhum  erining] qabri  tepasiga  chiqib  oldi,  va “qachon  meni  xo`jayinim  Byan-lyaoni  sotib  
olganda, kontraktda  [u]  [meni  faqat]   qabrni  qo`riqlashni  belgilagan va [meni]   begona  erkak  
uchun  vino  sotib  olishimni talab  qilmagan” – dedi. 
 
Van-Szi-yuan    qattiq    g`azablandi  va    so`radi    “Nahotki    [siz]    [bunday]    qulni    sotishni  
istamaysiz”. “Xo`jayin – javob  berdi beva -  uni  odamlarga  berishga   [urindim],  [lekin]  hech  
kim    uni  istamadi”.    Va    Van-Szi-yuan      tezlik    bilan    Byan-lyaoni    sotib    olish  uchun    kontrakt  
tuzishga    qaror  qildi.    Shunda    qul  aytdi:  “[Siz]    [meni]    nima    ishlarni    [bajarishga]      majbur  
qilmoqchi  bo`lsangiz,  hammasini   kontraktga  kiriting.  Kontraktda  [nima]  bo`lmasa  Byan-lyao   
qilmaydi?”  “Roziman” – javob  berdi  Van-Szi-yuan .  
 
Kontrakt  matniga  aytildi: 
“Shen- szyue (er.avv. 61-yildan  68-yilgacha  davom  etgan  imperator  Syuan- dining  boshqaruvi  
erasi,    Syuan-di    er.avv.    73-49    yillarda    hukmronlik    qilgan)      hukmronligi    erasining      o`n  
beshinchi  kuni,    birinchi    oyida    Van-Szi-yuan,  Szichjun    (uyezdidan)      erkak    Yan    Xoy  Chendu 
(Shu  okrugidagi  uyezd)  uyezddagi  An`chjili        jamoasidan    ayol    Yan    Xoydan,  uning    marhum  
eridan  qolgan   soqolli  qul  Byan-lyaoni  sotib  oldi. U  o`n  besh  ming  tanga  uchun  sotiladi  deb  
kelishildi. 
 
Qul    bo`ysinishga    [majbur],    ishlarni    barcha      turlarini  bajarishi  va  [oladigan      buyruqlar 
bo`yicha]    bahslashmasligi    lozim.    [U]    tongda    turishga    [va    ertalabki]      tozalashni    [amalgam  
oshirish],    [binoga]    suv    sepishi;      ovqatdan    so`ng    idish-tovoqni    yuvishi;    doimo    [qo`lida]  
[donni]  tuyishi  lozim;  supurgi  bog`lashi; [yog`och]  tovoqlar  o`yishi;  quduqlarni  qazishi; ariqlar    
chiqarishi;  yiqilgan    [  bambuk    to`siqni]      bog`lashi;        bog`ni      chopiq      qilishi;      yo`laklarni  
tekislashi;    [yer    maydonlari    atrofida]      to`siqlar    qilishi;      katta    zanjirlar      kesishi;      bambukni   
bukishi va  [undan]  xaskashlar   yasashi;    quduq   qopqoqlarini   tozalashi  va   yamashi [majbur]. 
 
[Unga]   ruxsat  etilmaydi:  otda  yoki  aravada   [xo`jayinning  qo`rg`onidan]  chiqish  va  
[unga]    qaytish,    oyoqlarini      chalkashtirib    o`tirish      va      baland      qichqirish,    krovatdan  
turayotganda  [u]   boshini  chayqashi, [to`la  uyg`onish  uchun];  keyin esa,  uni  [sekin]  pastga  
egish. [U]  baliq  tutishga  [majbur];   o`t  o`rish;  qamish  [dan bo`yra] to`qish; [kanopni]  tarash  va  
to`qish.  Unga  mast  qiladigan   ichimlikni  ichish  man  qilinadi … [U]  [gazlamani]  to`qishi  [va  
undan]  tufli  [tikishi];  [va   hamda]   [boshqa]  dag`al  oyoq  kiyimi  kilish;  [xodalar yordamida]   
yelim  surtilgan va  tuzoqlar  bilan  qushlarni  ushlash;  to`rlar  to`qish  va  baliq  tutish;  kamondan 
bog`langan    o`qlar    bilan    yovvoyi    g`ozlarni    otish,    yovvoyi    o`rdaklarni    esa  –  arbaletdan   
shariklar  bilan; bug`ularni  ov  qilish  uchun  tog`larga  chiqish;   toshbaqalarni  ov  qilish  uchun  
suvga  kirish;    boqqa  suv  o`tkazish   [u  yerda]  baliq  va  yuzdan   ko`p yovvoyi  g`ozlar  va  
o`rdaklarni      urchitish    uchun    [hovuz    qurish];    boyqush    [va      boshqa      yirtqich]      qushlarni  
haydash;  qo`lida  kaltak  bilan  cho`chqalarni  boqish;  imbir  o`stirish;   qo`ylarni  o`stirish;  va  
cho`chqacha  va  otlarga yem  berish; axlatni  tozalash  va  doimo  tozalikni  [saqlash];  otlar  va  
sigirlarga  yemish  berish;  qachonki  do`mbirani  to`rt  [zarbasi]  chalinganda  turish  va   ularga  
yarim  kechalik  xashak  qo`shimcha  berish. 
 
Ikkinchi  oyda,  bahorgi   teng  kunlikda,  [u] [majbur] [dalalarni] o`rab  turadigan  to`siq  va   
tuproq  ko`tarmalarni  yamash;  tut daraxtlarini  [quruq  shoxlardan] tozalash]   [va  oqlash],  hamda   
palma   daraxtlaridan    po`stloqni   chipta   kavush    uchun    shilish;  qovoq  yetishtirish   [ulardan]  
butyl  qilish;  baqlajon  urug`larini   [ekish  uchun  tanlab  olish],  hamda  piyoz  ekish;   yerni  [ 
hosildorligini]  tiklash uchun  [qurigan  va   so`ligan]  o`simliklarni  yoqish;  [kulni]  to`dalash  va   
[yerni]  kesaklarini      maydalash    va    qoq    yarim    kunda      narsalarni    quyoshda      quritish.    [U]  
xo`rozni  qichqirig`i  bilan  uyg`onishi  va kelida  don  tuyishi kerak;  ot  va  eshaklarni   ko`zdan  
kechirishi  va      davolashi    [lozim],      halda    [ularni    tuyog`ini      ular    qattiq    bo`lishi    uchun]   
kuydirishi;  buni  uch  marta  qaytarib,  [agarda] uyda  mehmon  bo`lsa  [qul]  ko`zani  olishi  va  
vinoga    borishi    [lozim];      [quduqdan      suv    chiqarishi  va      kechki    ovqat      tayyorlashi;    idishni  
yuvishi    dasturxon    yozishi;      boqchada    sarimsoq    yulishi;      rezavorlarni        maydalashi  va    
quritilgan    go`shtni    kesishi;    [toza]    go`shtni    chopishi    va    shirin        kartoshkadan      sho`rva   


 
 146 
 
 
[tayyorlashi],   baliqni  mayda   kesishi  va   toshbaqalarni   qovurishi,   kechki  ovqat   tugaganidan  
[keyin],    [u]      qolgan    yemishni]      o`rab    qo`yishi    va    yashirishi,        darvozalarnbi    yopishi    va   
omborlarni  qulflashi;   cho`chqalarga  yemish  berish,  va  itlarni   yechib  yuborishi. 
 
U  qo`shnilar  bilan   yoqalashishi   yoki  tortishishi   [mumkin]  emas.   Qul  faqat  loviya  
yeyishi  va  suv  ichishi   mumkin,   v ino  ichishga  o`rganib  qolishi  mumkin  emas.   [Agarda  u]   
yaxshi    vinoni    ichmoqchi    bo`lsa  -      faqat    og`zi    va    labini      ho`llashi    mumkin,    [lekin    unga]  
kosani  bo`shatishi   yoki   qadahni  tubigacha   bo`shatishi   mumkin   emas.    [Unga]  kun  chiqishi  
bilan    chiqib    ketish  va        kechasi    qaytib    kelishiga        yoki    aloqalar      o`rnatish  va      ulfatchiliuk  
qilishga   ruxsat  berilmaydi. 
 
Uyni    orqasida    daraxtlar    mavjud.    [Qul]    ularni  chopishi      va    qayiq    yasashiu    kerak,  
[qaysiki unda]   Szyanchuga  (joy  nomi)  ko`tarilishi  [mumkin  bo`lsin].  Okrug  amaldorlari uchun  
pul    topish  [shu  bilan  birga]      buzilgan    yoki    [tangalarning]      to`liq    bo`lmagan    bog`lamlarini  
tashlab  yuborish.   Myantanda  [u]  buyralar  sotib   olishi va  Du  va Lo (joy  nomlari)  oralig`ida   
yurib  kichik   bozorlarda  ayollar  qidirib  yuradigan  moy  va  pomadalarni  sotishi  [lozim]. Duga  
qaytib, [u]  [tayoqga]  kanopni  ko`tarib   borib  [sotish  uchun]   yo`l  chetiga  qo`yish; [sotishga]  
itlarni  arqonda  yetaklab  borish  va  g`ozlar  bilan  savdo  qilishi  [lozim];  Uyanda  choy  sotib  
olish    va    Yan    oilasi  hovuzidan    lotoslar    olib    kelish;    [qachon    u]    bozorni    aylanib    yurganda  
[yoki  undan  qisilib  o`tganda]  [u]  aldamchi va  o`g`rilardan  ehtiyot  bo`lishi   [lozim].  [Qachon  
u]  bozorga  borganda  [unga]   varvarlardek]   tizzalab  o`tirishi;  yo`lni  chetida    yastanib  etish;  
yomon  so`zlarni    [aytish]  va  uyatsiz  so`kinish  [mumkin  emas]. 
 
[U]  katta  miqdorda   kamon  va  pichoqlar   tayyorlashi,  ularni   Ichjouga    olib  borishi   
va   sigir  va  qo`ylarga   almashtirishi  [lozim]. 
Qo`lida  boltasi   bilan [u]   toqqa  chiqishi va  yozuv  uchun  taxtachalar   tayyorlashi  va    shoti  
toqisini      kesishi    kerak.      Material      qoldig`idan    qurbonlik    va    odatdagi      stolchalar    qilishi,  
yog`och    boshmoqlar    va    cho`chqalar    uchun    tog`ora      o`yishi    kerak.    Kulbalar  qurish  va    uy 
tomini  yopish;    hujjatning    (Xitoyda    hujjatlar    matnlari,    kitoblar  yog`och    yoki      bambuk  

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish