Қадимги Хоразм давлати
Qadimgi Xorazm davlati tarixining o‘rganilishi.
Qadimgi Xorazmning ijtimoiy –iqtisodiy hayoti.
Qadimgi Xorazm yozuvi
Адабиётлар:
Харезм- в истории государственности Узбекистана. Т., 2013.
Машарипов О. Хоразмнома. –Т., 2010.
Қадим пойтахтни излаб. //”Фан ва турмуш”, 2006, №1-3.
Qadimgi Xorazmning mil avv 6-5 asrlardagi tarixi arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm to‘g‘risidagi ma’lumotlar Avestoda, Behustun, Persopol yodgorliklarida, qadimgi yunon avtorlaridan-Geradot, Arrian, Kvinsiy Ruf asarlarida saqlanib qolgan. Qadimgi Xorazm davlati tarixini arxeologik jihatdan o‘rganish XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Bunda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining o‘rni kattadir. Xorazm tarixini o‘rganishda S.P.Tolstov, M.G.Vorobva, B. Andrianov, O.Vishnevskayalar katta hissa qo‘shganlar. Bugungi kunda esa, Ya.Yagodin, M.Mambetullaev, G‘.Xodjaniyozov,S.Bolelov, S.Baratovlarning xizmatlari katta bo‘lmoqda. Qadimgi Xorazm davlati tarixini yoritishda XX asr oxiri XXI asr boshlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu davrda Xorazm davlati tarixiga oid bir qator yangiliklar qo‘lga kiritildi.
Mil.avv. 4 asrdan 2 asrning oxirgi choragigacha Xorazm davlatida tangalar zarb qilinmagan. Shuning uchun ham fanda Xorazm hukmdorlari nomlari Farasman, Frataferndan boshqa nomlari saklanib qolmagan.
Mil.avv. 2 asrning oxirgi choragidan Xorazmda Yevratid tetradraxmalariga taqlid qilib zarb qilina boshlanadi. Unda o‘ziga xos tamg‘a bo‘lgan. Bu esa, Xorazmda dinastiya o‘zgarishi sodir bo‘lganligi anglatadi. Tangalarning zarb etilishi bu davrda Xorazmda yangi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar boshlanganligini ham anglatadi. Nima uchun bunday tangalar zarb etilgani no’malum. Lekin yunon-baktriya tangalariga o‘xshash tangalarni ko‘chmanchi qabilalar zarb etishgan. Ular yunon baqtriya davlatini ular bosib olgach, Baqtriyada Demetriy, Yevratid, Geoliokl tangalariga xos, Sug‘dda ham Yevratid tangalariga o‘xshash tangalar zarb etilgan. Bunday tangalarning topishi Xorazmning buyuk ipak yo‘li orqali savdo orqali kelgan bo‘lishi mumkin. Tangalarning savdolarni rivojlantirishdagi ahamiyatini bilgan holda Xorazmda yangi sulola tangalar zarb qildirgan. Bu tangalarning bir tomonida otliq suvoriy aks ettirilgan. Ikkinchi tomonida esa, podsho bosh qismi tasvirlangan. S.P.Tolstov fikricha, bu Beruniy tomonidan yozib qoldirilgan Xorazmliklar sulolasi asoschisi Siyovush deb talqin qiladi. Mil.avv. 12 asrda bo‘lgan. va Xorazm Kanxa davlatining markazi bo‘lgan degan fikrni bergan. Lekin keiyngi davrlarda olib borgan tadqiqotlar V.I.Vaynberg ularni yuejilar degan xulosa beradi. Xuddi shu davrda Sug‘dni ham yuechjilarning egallagan edilar. Tangalarda yozuv oromiy asosga ega bo‘lgan qadimgi Xorazm yozuvida yozilgan. Ulardan birida Artav shoh nomi o‘qilgan. Bu sulolaga mansub milodiy 2 asr oxiri va 3 asr boshlarida Artarmush nomi ham o‘qilgan.
Xorazm axamoniylar hukmronligidan ozod bo‘lgach, qadimgi davr davomida unda 3 ta sulola hukmron bo‘lganligi yozma manba va tangalarni o‘rganish asosida aniqlangan.
1 sulola- Farasman (Fratafern) boshchiligidaga sulola. U mil.avv. 6 asrning ikkinchi yarmida Shimoli-G‘arbiy Baqtriya xududidan quyi Amudaryo bo‘yicha kelib o‘rnashganlar va bu xududga o‘z nomini berganlar. Xorazmda ilk davlatchiliga asos solganlar.
2- sulola kelib chiqishi yuechji bo‘lgan sulola vakillari. Ular Mil.avv. 2 asr oxirlarida Yevratid tetradaraxmasiga o‘xshash o‘ziga xos tamg‘a bilan tangalarni zarb qilganlar. Undagi podsho so‘zi ham grekcha so‘z asosida ifodalangan. `rtw
3-sulola davrida ijtimoi-siyosiy hayot tubdan o‘zgargan. Tangalar sulolaviy tamg‘a S shakliga kelgan. Qadimgi Horazm yozuvi asosida yozilgan. Va tangadagi Podsho so‘zi ham oromiylarga xos so‘zda ifodalangan. MLK` Milodiy 1 asr boshida Parfiya hududida Artaban 1 (10-30 yy) ham grek yozuvlarini parfiya yozuvi bilan almashtiradi. Kushonlarda ham Kanishka milodiy 2 asrning birinchi yarmida grek yozuvini baqtriya yozuvi bilan almashtiradi.
Mil.avv VI asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan. Lekin xorazmliklar mil.avv. 5 asr oxirida ularning hukmronligidan ozod bo‘lgan. Bu ma’lumotni Qalaliqir I yodgorligini o‘rganish natijasida aniqlangan. Qalaliqir-I qal’asi axamoniylar uslubida qurilayotgan axamoniylarning rezidensiyasi bo‘lgan. Lekin bu qal’ada qurilish yakunlanmagan, qurilish ashyolari sochilgan holda bo‘lgan. Bu esa, arxeologlar fikricha, axamoniylarning qadimgi Xorazm xududidan majburan chiqib ketganligini bildiradi.
Mil.avv. IV asrda A.Makedonskiyning O‘rta Osiyoga hujumi jarayoni grek tarixchisi Arrian va rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf asarlarida yoritilgan. Bu manbalarda Xorazm shohi nomi ikki xil tarzda berilgan. Grek tarixchisi Arrian Xorazm shohi Farasman elchi bo‘lib kelganligini yozib qoldirsa, rimlik tarixchi Kivint Kursiy Ruf Xorazmshoh Fratafren o‘z elchilarini yuborgani haqida yozib qoldirgan1. Bu manbalarni taxlil etgan olim Yu.A.Rapoport Xorazmshohning asl ismi Fratafern bo‘lgan bo‘lsa kerak, chunki rimlik tarixchi mazkur voqeani haqqoniy yoritgan, grek tarixchisi esa, A.Makedonskiyning buyukligini yanada isbotlash uchun shohni uning xuzuriga kelgan deb yozib qoldirgan deb hisoblaydi2. Arrrianning bu ma’lumoti ham qadimgi davrda Xorazmning qudratli davlat bo‘lganligini yana bir bor isbotlaydi.
Qadimgi Xorazmning ijtimoiy –iqtisodiy hayoti.
Qadimgi Xorazmning ijtimoiy –iqtisodiy hayoti hozirgacha kam o‘rganilgan. Iqtisodiy hayoti arxeologik tadqiqot asosida o‘rganilgan bo‘lsa, ijtimoiy hayoti haqida deyarli manbalar saqlanmagan. U davrga oid ba’zi ma’lumotlarni tangalar va Tuproqqa’adan topilgan arxiv ma’lumot beradi. U B.A.Livщich tomonidan o‘qilgan. 1948-1949- yillarda teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjat chiqib, ulardan 26 tasi saqlanib qolgan.
Qadimgi Xorazm davlatining oromiy yozuvi asosida shakllangan o‘z yozuvi bo‘lgan. Bu yozuv O‘rta Osiyo xududida shakllangan eng qadimiy yozuv turiga kirib u dastlab mil. avv. VI asrga oid Oyburqal’a yodgorligidan topilgan. Xorazm alifbosi 20 undosh harfdan iborat bo‘lgan. Qisqa unlilar ifodalanmagan. Ormiy yozuvidan tubdan farq qilgan. Bu xo‘jalik yozuvlari teriga yozilgan va xumda saqlangan. Vaqtlar o‘tib xum ichi loyga to‘lgan. Xo‘jjatlarda omborga topshirilgan un, yog‘, sharob, qoramol topshirilganligi haqida yozilgan. Bir hujjatda tilxat bor- unda Xorazm erasi bo‘yicha 231 yili Druk Fragart o‘g‘liga Shirartav tomonidan 10 dona arava g‘ildiragi berilganligi yozilgan.
Taxtaga yozilgan oila ruyhatlari ham topilgan. Ularda oilaga tegishli qullar ham kiritilgan. Oila qulchiligi bo‘lgan. Xujjatlarda otasining quli, onasining quli, xotining quli, ug‘lining quli deb keltirilgan.
Qadimgi Xorazm xududida suvhorma dehqonchilik rivojlangan. Bu haqda Chermanyob bo‘ylab topilgan ko‘plab kanal izlari darak beradi. Xorazm davlatida zardushtiylik dini xumron bo‘lgan. Zardushtiy qohinlarining ham davlatda o‘rni katta bo‘lgan. Xorazm xududdida qadimgi davrga oid to‘rtta diniy markaz bo‘lgan qal’alar topilgan.: Ko‘yqirilgan qal’a, Qal’aliqir-2, Gaur qal’a-3 va Yelxaras.
Qo‘yqirilgan qal’a-doira shaklida qurilgan hosildorlik ibodatxonasi- brazman bo‘lgan. Shunigndek, bu yerda munajjimlar ham ish olib borgan. Ya’ni astronomik kuzatishlar olib borilgan. U yerda astronomik va matematikani yaxshi bilgan qohinlar yashaganlar. Qal’aning tashqarisida esa, axoli yashagan uylar, kanallar va sopol ishlab chiqirish ustaxonasi bo‘lgan. Bu esa bu yerda yashagan aholining Quyqirilgan qal’a bilan bog‘liq bo‘lganligi aniq. Xuddi shunday manzara Kal’alikir 2da xam kuzatiladi. Qo‘yqirilgan qal’a yodgorligida xo‘jalik hayotiga oid hujjatlar topilgan.
Xorazmda kulolchilik rivojlangan. Xo‘jalik uchun ishlatiladagan sopol buyumlari bir xil uslubda ishlangan. Turli hajmdagi xumlar biror narsalarni tashish uchun muljallangan. U yerda 2 l, 10, 15, 25 l hajmdagi xum va ko‘zalar topilgan. Xorazmda ishlangan sopol idishlar boshqa O‘rta Osiyo xududlarida ishlab chiqarilgan sopol buyumlardan tubdan farq qiladi. Ularda sopol idishlarga qizil angob bilan bezak berilgan. Hayvon shaklda ishlangan ritonlar, va relef tarzda ishlov berilgan flyagalar bo‘lgan.
Xorazmliklar Zavkavkaze, Midiya, janubiy kaspiybo‘yi xududi, Baqtriya, Sug‘d, Margiyona bilan tashqi savdo va madaniy aloqalarni olib borganlar.
Qadimgi Xorazm davlati mil.avv. IV asrdan milodiy III asrgacha eng qudratli davlatlardan biri bo‘lgan. Beruniy ma’lumotiga ko‘ra, shu davrda Xorazm hududida 300 dan ortiq shaharlar bo‘lgan3. Ularning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Bu ma’lumotni arxeologik tadqiqotlar ham isbotlaydi. O‘tgan asrning 70-yillar oxiriga kelib 300 dan ortiq yodgorliklar topilgan bo‘lsa4, XX asrning 90-yillar oxirida ularning soni 400 ga yetgan5- Xiva, Xazarasp, Ko‘na-Uaz, Qandumqal’a, Guldursun, Akchaxon qal’a, Katta Aybuyirqal’a, Voyangan... Kanallarning uzunligi 40-50 km va undan ham ortiq bo‘lgan. Kal’alarning fortifikatsiyasi, ya’ni mudoaa tizimi nihoyatda mustaxqam bo‘lgan. Barcha qal’alarda nayzasimon shinaklari bo‘lgan ikki yarusli o‘q otadigan yo‘laklar, davrvoza odida labirint, mustaxkam burjlari bo‘lgan. Qadimgi Xorazm davlati chegaralari bo‘ylab chegara qal’alari bunyod etilgan. O‘ng qirg‘oq Xorazmda Burli qal’a, Ayazqal’a, kichik Qirqqizqal’a, Qo‘rg‘oshinqal’a, Jonboqal’a, chap qirg‘oqda –Akcha gelin, Gaurqal’a, Kangaqirqal’a... Har bir bunday qal’alar atrofida ochiq shakladgi manzilgohlar topilgan. Ularda orasida bir bino alohida ajralib turgan. Uning atrofi uzumzorlar va dalalar bilan o‘ralgan. Bu shu xududning hokimining yashashgan joyi bo‘lsa kerak. Bu esa, qishloq joylarida tabaqalanish jarayoni bo‘lganligidan darak beradi. Qo‘rg‘oshinqal’adan ko‘p miqdorda yirik xumlar va chuqurchalar topilgan. Bu uning o‘sha xududning, qishloq jamoasining omborxonasi vazifasini o‘tganligi aniqlangan.
Qadimgi Xorazm davlati atrofidagi ko‘chmanchi qabilalar bilan savdo sotiq munosabatlarini o‘rnatgan. Bu uning ko‘plab miqdorda,ya’ni savdo uchun sopol ishlab chiqargani, uzumchikni va vino i/chni rivojlantirgan. Ularni ishlab chiqarish markazlari barchasi chegara xududlarda bo‘lgan. Davlat chegaralarida ko‘plab ko‘chmanchilarning mozor qo‘rg‘onlari topilgan.
Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti masalasi ham bugungi kunga kelib yanada oydinlashtirildi. XX asrning 80-yil oxirlarigacha poytaxt shaxar Tuproqqal’a shaxri deb kelingan edi. Lekin 2000- yillarda Oqchaxonqal’ada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimgi Xorazmning poytaxti Oqchaxonqal’a yodgorligi ekanligi isbotlandi. Mazkur yodgorlik o‘zining qurilish uslubi, saroy bezaklari, topilmalari va shohlarning devoriy suratlari bilan alohida ajralib turadi6. 1982-1985-yillarda G.Xojaniyozov olib borgan qazishmalari natijasida Oqchaxonqal’a qadimgi Xorazm davlatining birinchi poytaxti bo‘lishi mumkinligini aytadi. Oqchaxonqal’a qadimgi Xorazmning maydoni jihatdan Qalaliqir-1 dan keyingi eng yirik (56 gektar) shahri Oqchaxonqal’a shimol va sharqdan uzun devor bilan o‘ralgan. Bu Xorazmning boshqa yodgorligida uchramaydi. Shahar ikki qismdan iborat bo‘lgan: ichki shahar markazida Otashkada, hukmdorning qarorgohi va ibodatxona bo‘lgan. U ham mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan.
Qadimgi sharq poytaxt shaharlarida (masalan, Persopol) kuzatiladigan qabul marosimlari uchun mo‘ljallangan “yuz ustunli zal” bo‘lgan. U yerdan shohona marosimlar va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq ko‘plab devoriy rasmlar ham topilgan. Bunda boshiga toj kiygan shoh suratlari ham topilgan. Shoh boshiga ilohiy qush-Humo qo‘nib turgani Oqchaxonqal’a haqiqatdan ham qadimgi Xorazm davlatining poytaxti ekanligini ramziy belgisi deb izoxlashimiz mumkin.
Tuproqqal’a ham o‘z qurilish uslubiga ega. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan, qudratli mudofaa devoriga ega. Devor burchaklarida burjlar bor. U 17,5 gektar maydonni (500x350) egallaydi. Yodgorlik XX asrning 40-50 yillarida S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Markaziy maydonida qasr va ibodatxonalar joylashgan.
Yozma manbalarga ko‘ra, qadimgi Xorazm davlatida Siyovushiylar sulolasi hukmron bo‘lgan. Bu ma’lumotni Xorazm tangalari tasdiqlaydi. Qadimgi Xorazm tangalari qariyb 1000 yillik davr mobaynida (mil.avv. II asrdan – milodiy VIII asrgacha) bir xil tarzda ishlangan: oldi tomonida hukmdor va orqa tomonida chavandoz tasviri bo‘lgan. Bu Xorazmning ma’naviy madaniyatida muqaddas chavandoz obrazi mavjud bo‘lganligini isbotlaydi. Xorazm afsonalari va Beruniy ma’lumotiga ko‘ra, qadimgi Xorazm davlatiga Siyovush asos solgan.
Qadimgi Xorazm davlati o‘z taraqqiyoti jarayonida murakkab tarixiy davrni boshdan kechirgan. Uning tarixini keng, chuqur o‘rganish, taxlil etish va kelajak avlodga qoldirish bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |