O'quv markazini yaratish va ochish.
Litsenziyalash.
O'quv dasturlarini ishlab chiqish, o'quv qo'llanmalar, qo'llanmalar, taqdimotlar va boshqalarni nashr etish.
O'quv maydonini yaratish.
Moddiy-texnik bazani yaratish.
O'quv markazini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish.
Ijara.
O'qituvchilar va xodimlar uchun to'lov.
O'quv markazining targ'iboti.
Litsenziyaga yangi kasblarni qo'shish.
Moddiy-texnik bazani yaxshilash.
O'quv maydonini qo'llab-quvvatlash.
Yangi o'quv dasturlarini yaratish va sozlash.
Tabiiyki, ushbu ro'yxat ko'pgina "mayda narsalarni" aks ettirmaydi, shuningdek "moddiy bo'lmagan qism" - sizning shaxsiy vaqtingiz va asablaringizni aks ettirmaydi.
Tashkilotlarning o'quv markazlari bir nechta jihatlar bilan ajralib turadi.
AMALIY QISIM
Web saytning boshqaruv paneli va foydalanishning samaradorligi.
Domen va hostingni qayerdan, qanday qilib olish mumkin?
Bugungi kunda domen va hosting olib, o’z saytingizni tashkil etish har doimgidan ham oson. Zamonaviy ma’lumotlarni boshqarish tizimlarining ommalashuvi bilan hatto dasturlashning birorta tilini bilmasangiz-da, o’z shaxsiy saytingizni hech qanday qiyinchiliklarsiz ocha olasiz. O’z shaxsiy saytingizni ochishning eng birinchi sharti esa, albatta, domen va hostingga ega bo’lish hisoblanadi.
Biz avvalgi maqolalarimizda domen va hosting haqida batafsil ma’lumot bergan edik. Shunday bo’lsa-da, eslatib o’tmoqchiman, hosting – bu saytingiz fayllari saqlanadigan joy, domen – bu saytingizning internetdagi ismi va hostingdagi ma’lumotlarni foydalanuvchilarga «chaqirib» beradigan vosita.
Hozirgi vaqtda xorijiy hosting kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan bepul domen (subdomen) va hosting xizmatilarini ko’plab topish mumkin. Ular yordamida Siz o’z saytingizga bir necha daqiqada, bepul ega bo’lishingiz mumkin. Bu turdagi bepul domen va hosting asosida tayyorlangan saytingiz har qanday pullik xizmat asosida ishlaydigan saytdan qolishmaydi. Ammo, azaliy yozilmagan qoidaga ko’ra, arzonning sho’rvasi tatimay qoladigan vaqtlar uchrab turish ehtimolidan holi emas. Bepul domen va hostingli saytlar barcha saytlar qatori yaxshi ishlasa-da, ularda ba’zi turdagi cheklovlar bo’lishi mumkin. Masalan, joy cheklovi, bir kunda saytingizga nechta foydalanuvchi tashrif buyurishiga nisbatan cheklov va hokazo. O’z-o’zidan bu holat pulli hostinglardagi cheklovlarning mavjud emaslik holati qadrini ancha oshiradi va saytingizni pulli hostingga o’tkazish ehtiyojini paydo qiladi.
O’zbekistonlik web ustalar uchun saytlarining TAS-IX tizimida (O’zbekiston hosting provayderlarida) joylashtirilishi ularga bir necha jihatdan ustunlikni hadya etadi. Sayti TAS-IX tizimida bo’lgan kishilarning saytlariga O’zbekistondan ko’proq foydalanuvchilar tashrif buyurishadi. Chunki, odatda bu turdagi saytlar O’zbekiston ichida chetki saytlarga nisbatan ancha tez ishlaydi va abonentlar hisobidan TAS-IX tizimidagi saytlarga kirganliklari uchun megabayt to’lovi olinmaydi. Agar Siz ham o’z saytingizga ega bo’lsangiz yoki kelajakda sayt ochish istagida bo’lsangiz, uni O’zbekiston hosting provayderlaridan birida joylashtirishingizni maslahat beraman. Albatta, o’rganish uchun, tajribangizni oshirish maqsadida pulli hostingdan foydalanmaganingiz ma’qul. Sayt tayyorlash va uni yuritishni bepul hostingda o’rganishingiz, turli imkoniyatlarni sinab ko’rishni tavakkalchilik kamroq bo’lgan serverda amalga oshirishingiz yaxshiroq.
Ammo jiddiy va kelajagi bor loyihalaringiz uchun albatta pulli hosting oling.
O’zbekistonda hosting xizmatini ko’rsatuvchi provayderlar bir nechta. Ularning to’liq ro’yxatini (va ular bilan bog’lanish uchun kerak bo’ladigan manzil/telefon raqamlarni) www.whois.uz/reg sahifasidan topishingiz mumkin. Hamma gap hosting kompaniyalari ichidan Sizga eng qulay bo’lganini izlab topish. Ularning qulayligi, albatta, xizmat narxlarining imkon qadar past bo’lishi hamda xizmat sifatining imkon qadar yuqori darajada ekanligi bilan o’lchanadi. Shaxsan o’zim saytimning so’nggi 3 yillik faoliyati davomida bir necha marta host almashtirdim. Men uchun eng yaxshi xizmat ko’rsatilgan va yaxshi baho berishimga sazovor bo’lgan hosting – Arsenal-D kompaniyasidir.
Arsenal-D kompaniyasining ishlashida menga eng yoqqan jihat – bu ularning mijozlarga bo’lgan muomalasi: boshqa hosting kompaniyalaridan farqli ravishda ularga qachon, qaysi vaqtda telefon orqali, yoki email orqali savol bilan murojaat qilsangiz, darhol o’zingizni qiziqtirgan/qiynayotgan savollarga javob topasiz. Bu hosting kompaniyasi uchun juda yaxshi amaliyot, menimcha. Ayniqsa bu sayt tayyorlashni endi o’rganayotgan, hali tajribasiz kishilar uchun juda kerakli.
Nomini aytmaslikni joiz deb topdim, ammo Arsenal-D hostingidan avval men foydalangan hosting xizmatidan juda ko’p muammolarga duch kelgan vaqtimda kerakli yordamni ola olmaganman. Aksincha, Arsenal-D bilan ishlagan vaqtimda hatto kech soat 22:00 dan keyin qo’ng’iroq qilib saytimda bo’layotgan ba’zi muammolar haqida so’raganimda hostingning yordam xizmati mendan o’z vaqti va e’tiborini ayamagan. Bulardan tashqari Arsenal xizmatlaridagi tezlik, sifatni yaxshi baholayman. Narxlar haqida hech narsa demayman, chunki domen va hosting narxlari bugungi kunda O’zbekistonning (deyarli) barcha kompaniyalarida bir xil: domen – 26 ming so’m (yiliga), hosting – 3 ming so’m (oyiga).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, men bilgan hosting provayderlar ichida o’zining yordamga har doim tayyor ekanligi bilan menda yaxshi taasurot qoldirgan Arsenal-D kompaniyasini yangi sayt ochayotgan, hali sayt bilan ishlash tajribasiga ega bo’lmagan foydalanuvchilarimiz uchun tavsiya etaman. Boshqa host bilan bog’lanib qolib, saytingizda muammo chiqqanda kompaniya telefonining «iltimos, kutib turing» iborasini cheksiz eshitishni xohlamasangiz, hosting bilan bog’liq har qanday savollaringizga darhol javob olib, kompaniyaning xushmuomala jamoasi tomonidan taqdim etiladigan tezkor yordamdan bahramand bo’lish istagida bo’lsangiz hosting va domenni faqat Arsenal-D kompaniyasidan oling.
Ushbu gaplarni Arsenalni rekalama qilish uchun emas, balki ularning menga ko’p bor kerak vaqtda beminnat yordam berganliklariga nisbatan xurmat yuzasidan, xolisona yozayotganimdan xursandman. Kompaniyaning keyingi ishlarida omad tilayaman va ishonamanki, Arsenal hozirgidek foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatish samaradorligini har doim saqlab qoladi.
Maqolamiz mazmuniga qaytamiz: O’zbekistonda TAS-IX tizimidagi hosting va domenni qayerdan va qanday qilib olish mumkin? Albatta, tavsiyalarimga amal qilishni istasangiz, Arsenal-D kompaniyasidan! Sizga hosting va domen kerak bo’lsa hoziroq ular bilan bog’laning. Kompaniyaning men maqtaga foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish jamoasi Sizga hosting va domen olishda kerak bo’ladigan barcha zaruriy ma’lumotlarni berishadi. Ular bilan quyidagi ma’lumotlar orqali bog’lanishingiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |