d) sinflar va daromadlar
A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko’rsatiladi: yer egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar:
yer egalari qo’lida asosiy ishlab chiqarish vositasi yer bo’ladi. Ular ijaraga bergan yeri uchun ijara to’lovlari sifatida ushbu yerdan olingan daromadning bir qismini renta ko’rinishida oladi;
tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xomashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko’rinishida foyda oladi;
yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi oladi.
A.Smit bo’yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlarning daromadlari esa – ikkilamchi, ya‘ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi.
A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib chiqdi.
Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi A.Smit bo’yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog’liq. A.Smitning ish haqi nazariyasining e‘tiborga molik joyi shundan iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va D.Rikardodan farqli ravishda mehnatga haq to’lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasa- yadi, deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga A.Smit mehnatga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish tarafdori bo’lgan. Uningcha, past ish haqidan ko’ra yuqori ish haqi amal qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga jalb etish mumkin bo’ladi.
Foyda nazariyasi. A.Smit bo’yicha, tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan
qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga to’lanadigan haq, deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda miqdori A.Smit bo’yicha, ―kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq bo’ladi‖. Foyda Me‘yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki, ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda Me‘yori hamisha past bo’ladi.
U foyda miqdoriga 3 ta omil ta‘sir ko’rsatishi mumkin, deb taxmin qiladi:
Mehnat bozorlaridagi raqobat. Buning natijasida maoshlar ko’tariladi.
Mahsulot bozori o’rtasidagi raqobat. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat ortadi, mahsulot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi.
Investitsiya bozorlarida raqobat, investitsiya imkoniyatlari soni cheklangan, kapital miqdori oshganda foyda kamayadi.
U ba‘zi hudud (masalan, Shimoliy Amerikada) maosh va foyda har ikkisi yuqori darajadi oshganini ham E‘tirof etib o’tadi.
Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko’ra renta ishchining haq to’lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va differensial renta tushunchalarini ajratib ko’rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan.
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi, rentaning kelib chiqishi:
yer egalari tomonidan talab;
monopoliya;
turli xil afzalliklari;
tabiat saxiyligi bilan belgilanadi.
Nominal narx. Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina mahsulot narxlari kabi belgilanadi, deb izohlagan bo’lsa ham, u talabning rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U ba‘zida tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bog’liqligini ta‘kidlagan. Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va
tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o’rni haqida qayd etib o’tgan. Nominal narxni belgilashda ba‘zi faktorlar chalg’ituvchi bo’lgani sabab Smit 3 ta alohida nazariyani ishlab chiqdi: 1) mehnat qiymati; 2) mehnat buyrug’i nazariyasi va mahsulot narxi nazariyalari. Smitning fikricha, narxlar talab va taklif bilan bog’liq holda shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |