Shuningdek, mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi hamda kapitalning jamg„arilishi haqidagi fikriga ham bog„liq. Bozor qanchalik katta bo’lsa, tovar shuncha ko’p miqdorda sotiladi va mehnat taqsimotiga imkoniyat shunchalik oshadi. Cheklangan bozor o’z navbatida cheklangan mehnatni talab qiladi. Mehnat taqsimoti kapital jamg’armasi orqali cheklab qo’yilgan, chunki ishlab chiqarish jarayoni
juda vaqtni oladigan jarayon bo’lib, ishning boshidan to mahsulot tayyor bo’lib sotilgunga qadar orada ancha vaqt bor.
Mehnat taqsimotining ortishi bilan ishchilarning o’zlari uchun ishlab chiqarishlariga hojat qolmaydi va iste‘mol tovarlari zaxirasi paydo bo’ladi. Kapitalistning asosiy vazifasi ishlab chiqarish boshlanganidan to mahsulot sotilgunga qadar ketadigan vaqtni qisqartirishdir. Shuning uchun Smit quyidagi xulosaga keldi:
―Resurslarning jamlanish jarayoni mehnat taqsimotidan oldin bo’lishi talab etiladi va shu sababdan zaxiralar qancha ko’p jamg’arilsa, mehnat shuncha samarali taqsimlanadi‖22.
A.Smit asari nazariy qismining asosiy g’oyalarini ko’rib chiqamiz.
A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari:
boylikni ko„paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul, kapital.
A.Smit o’z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning farovonligini oshirishni markaziy o’ringa qo’yadi. Asarning boshida A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu – ―har bir xalqning yillik mehnati‖ deb ko’rsatib o’tadi. Demak, boylikning manbayi – mehnat. A.Smit bu fikrni rivojlantirib, mehnat taqsimoti boylikni yaratishda asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning unumdorligi oshadi. Muallif bu tezisni to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi misolida asoslab beradi. Ustaxonada o’n kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to’g’rilaydi, uchinchisi kesadi, to’rtinchisi uchini o’tkirlaydi va h.k. Bir kunda bu o’n kishi 48000 to„g„nog„ich, ya‘ni har bir kishi 4800 donadan to’g’nog’ich ishlab chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko’p to’g’nog’ich tayyorlay olmagan bo’lar edi.
Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshgan.
A.Smitning fikricha, mehnat taqsimoti milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini amalga oshirishda kishilarning chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan
boshqasiga o’tishga hojat bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Taraqqiyot va jamiyat farovonligining haqiqiy manbayi «tabiat in‘omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga ixtisoslashuvni chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo’ladi, negaki birinchidan, agar yaratilgan qo’shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat bo’lmaydi, ikkinchidan, korxonalarning ko’lami qancha kichik bo’lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar shuncha kam bo’ladi (foydalanayotgan kapital miqdoriga qarab).
Ushbu nazariyadan milliy boylikning ko’payishi jamiyatdagi ayrim sinflar faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda – savdogarlar, fiziokratlarda – yer egalari), balki mehnat taqsimotida qatnashayotgan barcha kishilar faoliyatining natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli mehnatdir. Ammo bu masala bo’yicha A.Smitda izchillik bo’lmagan. Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnat hisoblagan. O’qituvchilar, huquqshunoslar, harbiylar, ma‘muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning mehnati esa unumli hisoblanmagan. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo’jaligi sohasining ustunligi g’oyasidan qutula olmagan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo’ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo’yilgan kapital haqiqiy boylikka va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi». Bunda A.Smitning ta‘kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi esa o’sish moyilligiga ega. Shuning uchun uning fikricha, qishloq xo’jaligiga qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o’sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana boshlaganini va hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo bo’lganligini hisobga oladigan bo’lsak, A.Smitning bu xatosini tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat konsepsiyasida izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarayonidagi kapital mavqeyini yetarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid‘atlari jamiyat o’z resurslarini, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligiga, ikkinchi navbatda, sanoatga va faqat uchinchi navbatda, savdoga yo’naltirishi kerakligini tasdiqlashida o’z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat to’ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko’ra olmagan, degan xulosa kelib chiqadi.
A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning o’rniga alohida urg’u berib o’tadi. Uning tasdiqlashicha, qimmatli metallarning, pulning maxsus ahamiyati to’g’risidagi merkantilistlarning fikri noto’g’ri. Agar pulni jamg’arish asosiy maqsad bo’lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo’lgan mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini ko’paytirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o’sishi, manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini ko’rsatib beradi. U kapital, deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarishning moddiy omillarini tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma kapital turlariga ajratib ko’rsatadi. Muomalada bo’ladigan kapital aylanma kapital, muomalada amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo’yicha asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning o’sishi – millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko’p bo’lsa, ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Buning ustiga kapitalning o’sishi ayrim vaziyatlarda boylikni ko’paytirishning yagona vositasi bo’lishi mumkin. Shuning uchun A.Smit tejamkorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Uning yozishicha, «har bir isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam – jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir».
Do'stlaringiz bilan baham: |