Adam Smit - Shotlandiyalik iqtisodchi va faylasuf-axloqshunos, fan sifatida iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri, uning mumtoz maktabining asoschisi. London qirollik jamiyati, Edinburg qirollik jamiyati a'zosi bo’lgan Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollejiga oʻqishga kirgan va 1746 - yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmagi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan.
Fanga kirib kelishi va ta’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |