96
97
tarixiy-ijtimoiy sharoit fonida rassom yaratgan kartinalarning
tarixi bilan tanishib boriladi.
O‘zbek yozuvchisi Nodir Normatov yaratgan «Ro‘zi Chori
yevning so‘nggi vasiyati»da rassomning badiiy biografiyasi
noan’anaviy usulda yaratilgan. Roman uch qismga ajratilgan
va qismlar bir-biridan bayon texnikasi bilan tubdan farqlana
di. Adibning syujet va xarakter yaratish texnikasini o‘zbek adi
bi I.G‘afurov quyidagicha ta’riflaydi: «U tabiiy hodisalarni ta
biiy maqomini topib chizadi. Shu xolos. «Chizish» so‘zi Nodir
Normatovning badiiy usuliga g‘oyatda mos, bu usulni rosma
na xarakterlaydi. U batafsil uzoq tasvirdan ko‘ra chizishni yax
shi ko‘radi, zero, chizishda ham chizish bor – Nodir xarakter
qirralarini kesma punktir bilan chizadi. Voqealardan voqealar
shunday kesma punktirlarda tug‘ilib bir-biriga g‘uluv bilan
ulanib boradi. Bunda tabiiyki,
bayonda parokandalik xav fi
ham tug‘iladi, voqeaning boshi, davomi va oxiriga bog‘lan
may qolishi ehtimoldan xoli emas. Ammo
yozuvchi qandaydir
o‘ziga ma’lum hikoya qilish zahiralarini bizga bilintirmaygi
na qo‘llab, syujet va kompozitsiyada yaxlitlik, butunlikka eri-
shadi. Kesma punktir vositasida hikoya tarzida erishilgan bu
tunlik – Nodirning yozuvchilik mahorati va badiiy uslubining
o‘ziga xos, uni boshqalardan ajralib turadigan ko‘zga ko‘rinarli
qirrasidir»
1
.
Qiyoslanayotgan mazkur ikki asar arxitektonikasida tub
dan farq bo‘lsa-da, har ikki asarda ham xronikal syujetdan foy
dalanilgan; bundan tashqari, ularda yoritilgan mavzu va g‘oya
bir-biriga mushtarak.
Har ikki asarda bosh qahramon rassom bo‘lganligidan bu
asarlarda san’at va uning sirli olami mavzui keng va atroflicha
1
Ғафуров И. Нодирнинг Ойтоши ёки Сурхон руҳи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати.
2010. №52 (4087).
yoritib berilgan. Ularda buyuk musavvirlar, san’at maktablari,
rassomchilikning o‘ziga xos qonun-qoidalari to‘g‘risida bayon
etilgan. I.Stoun XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropada yashab
ijod etgan ko‘plab rassomlar haqida ma’lumot berib, jum
ladan, impressionizmning mohiyati
va uning boshqa oqim
lardan farqini – uning mohiyati rassomchilikning umumiy
qonunlariga bo‘ysunmasdan, voqelikni taassurotlar prizmasi
orqali chizish, rassom nigohida qay tarzda gavdalangan bo‘lsa,
shundayligicha polotnoga tushirishda
ekanini Van Gog ijodi
misolida, jonli voqealarda ko‘rsatgan.
«Hayot ishtiyoqi» va «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»
romanlarida yana bir
Do'stlaringiz bilan baham: