4-mavzu. Markaziy Osiyo va Eronda adabiyotshunoslik sarchashmalari
Markaziy Osiyo adabiyotshunosligining sarchashmalari qaysi manbalardan iborat?
A. Saqlarning adabiy qarashlari, miflardagi nazariy ma’lumotlar, “Avesto” va O’rxun-Enasoy yodgorliklari.
B. Saqlar va xunnlarning adabiy qarashlari, “Avesto” va “Bilgamish”.
V. Miflardagi nazariy ma’lumotlar, “Avesto”, O’rxun-Enasoy obidalari va “Poetika”.
G. “Avesto”, O’rxun-Enasoy obidalari, Forobiy va Beruniy qarashlari.
Qaysi mifda ayol idroki faol atribut sifatida ko‘rsatiladi?
A. To‘maris haqidagi mifda.
B. Shiroq haqidagi mifda.
V. “Striangey va Zarineya” asarida.
G. Hech qaysi mifda ayol atributi faol emas, ular erlariga nisbatan ikkinchi darajali qahramon.
“Avesto”dagi olti tajalli (qadriyat) qaysilar?
A. Ezgu niyat, haqiqat, halollik, umidli hokimiyat, butunlik va abadiy hayot.
B. Ezgu niyat, haqiqat, halollik, umidli hokimiyat, ezgu so‘z va ezgu amal.
V. Ezgu niyat, ezgu so‘z, ezgu amal, haqiqat, halollik va abadiy hayot.
G. Ezgu niyat, haqiqat, halollik, umidli hokimiyat, go‘zal so‘z va amal.
“Avesto”da Ahura Mazda yaratgan etti mamlakatdan qaysilari Markaziy Osiyo hududida?
A. Orinam-Vayja (Pomir-Oloy), Hova (So‘g‘diyona), Bahdi (Baqtriya).
B. Mauruda (olov ruhi), Hova (So‘g‘diyona), Bahdi (Baqtriya).
V. Orinam-Vayja (Pomir-Oloy), Hova (So‘g‘diyona), Nasayo (dinga ishonmaydiganlar mamlakati).
G. Hova (So‘g‘diyona), Bahdi (Baqtriya), Vaqarta.
“Avesto”dan olingan ushbu so‘zlar uning qaysi qismidag olingan: Ezgu niyatga xizmat qiluvchi so‘zlargina ezgu so‘zlar bo‘la oladi. So‘zlarda moddiy olam va ruhiy olam aks etadi. Ezgu so‘z haq yo‘lga boshlaydi.
A. “Yasna” (diniy marosimlar) qismidan.
B. “Yasht” (madh-gimnlar) qismidan.
V. “Visparad” (ilohlar) qismidan.
G. “Vendidod” (qonunlar majmuasi) qismidan.
“Xuastanift” (Moniylar mavbanomasi)da besh ma’bud izmida bo‘lgan qadriyatlar qaysilar:
A. Baxt va taqdir, rang va qiyofa, mohiyat va jon, qudrat va nur, asos va ildiz.
B. Baxt va taqdir, rang va qiyofa, mohiyat va jon, ezgu so‘z va ezgu amal, asos va ildiz.
V. Baxt va taqdir, rang va qiyofa, iloh va taqdir, mohiyat va jon, ezgu so‘z va amal.
G. Baxt va taqdir, qasam va gunoh, rang va qiyofa, adl va donolik, mohiyat va jon.
Quyidagi so‘zlar: Turk-o‘g‘uz beklari, eshiting! Tepadan osmon bosmasa, pastdan er yorilmagan bo‘lsa, ey turk xalqi, davlatingni kim buzdi? (zamoniy tilga tarjima) O’rxun-Enasoy obidalarining vaysi matnida aks etgan?
A. Bilka xoqon bitiktoshida.
B. Kul Tegin yodgorligida.
V. To‘nyuquq matnida.
G. Irq bitigida.
Qaysi ilmiy asarda “Eronliklar oylaridagi hayitlar” haqida so‘z borib, Zahhok va Faridun haqida “Shohnoma”da uchramaydigan ma’lumotlar tilga olinadi?
A. Beruniy, “Osoru-l-boqiya”.
B. Esxil, “Forslar”.
V. “Avesto”da.
G. Navoiy, “Tarixi muluki Ajam” asarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |