TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI TA`LIM
1-BOSQICH 102-GURUH TALABASI
GAPPAROVA UMIDA ABDUKARIMOVANING
“ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN
ORALIQ NAZORAT
Adabiyot nazariyasi javoblar
Adabiyot nazariyasi — so‘z san’atining mohiyati, ijtimoiy tabiati, taraq- qiyot qonunlarini, kishilik va tuzumlar rivojidagi o‘rni va ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarning tahlil qilish me- zonlari va unga baho berish me’yorini belgilaydi. Eng asosiysi, badiiy mahoratning hamma qirralarini keng va chuqur o'rganadi va shu asosda umrboqiy mumtoz(klassik) asarlarning qalbini, uning qa’rida yotgan poe- tik nurni kashf qiladi. A.Fitratning «Adabiyot qoidalari»(1926), 0 ‘zFAning ikki tomlik «Adabiyot nazariyasi» akademnashri (1978-1979), l.Sultonning «Adabiyot nazariyasi»(1980), H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (2001) va sh.k. darslik, tadqiqot, qoMlanmalarning o‘ziyoq — adabiyot nazariyasi faniga qiziqishning kuchliligidan xabar beradi. Ayni paytda, ko'plab so‘z san’atkor (A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov, A.Oripov, O'.Hoshimov, E.Vohidov kabi)larining ham adabiyot nazariyotchilari ekanligi — bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini va uni o‘zlashtirgan — badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi. «Predmet tarixisiz predmetning nazariyasi bo'lishi mumkin emas; shu bilan birga predmet nazariyasisiz adabiyotning tarixi haqida hatto fikr bo'lishi ham mumkin emasligi» (N. G. Chemishevskiy) adabiyot tarixi fanining zarur- ligini ko'rsatadi. U so‘z san’atining vujudga kelishidan boshlab to bugun- gacha rivojlanish tarixini tadqiq etadi. Hayot va jamiyatlaming tarixiy taraq- qiyotida badiiy adabiyotning ahamiyatini, uning tamoyillarini, davrlar ada- biyotining o‘ziga xosliklarini, ular o'rtasidagi an’ana va yangilik (novatorlik)lami, ijodkorlaming hayoti va ijodiy faoliyatlarini, davrlashtirish prinsiplarini talqin qiladi.
Bugunga qadar o‘zbek adabiyotini ikkita katta davrga bo‘lib o‘rganish rasm bo‘lgan. Birinchisi, eng qadimgi davrlardan boshlab XX asrgacha bo‘lgan adabiyot - mumtoz adabiyot tarixi deb yuritiladi. Bu haqda N.Mallayev («0 ‘zbek adabiyoti tarixi», 1-jild, 1962), V.Abdullayev («O'zbek adabiyoti tarixi», 2-jild, 1964), G ‘.Karimov («0‘zbek adabiyoti tarixi», 3-jild, 1966) darsliklar yaratishgan. Ikkinchisi, XX asr va XXI asr boshlari adabiyoti — hozirgi zamon adabiyoti tarixidir. Bu davr xaqida ocherklar, qoilanmalar ham yaratildi. I.Sulton, H.Yoqubov, S.M amajonov, M.Yunusov,O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliyev, N.Shukurov, B.Qosimov, N.Karimov, S.Mirzayev kabi hozirgi zamon adabiyoti tadqiqotchilarining asarlarida XX asr adabiyoti muammolari jiddiy tahlil qilindi, yangi ilmiy- nazariy xulosalar chiqarildi.
A.Fitratning «Adabiyot qoidalari»(1926), 0 ‘zFAning ikki tomlik «Adabiyot nazariyasi» akademnashri (1978-1979), l.Sultonning «Adabiyot nazariyasi»(1980), H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (2001) va sh.k. darslik, tadqiqot, qoMlanmalarning o‘ziyoq — adabiyot nazariyasi faniga qiziqishning kuchliligidan xabar beradi. Ayni paytda, ko'plab so‘z san’atkor (A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov, A.Oripov, O'.Hoshimov, E.Vohidov kabi)larining ham adabiyot nazariyotchilari ekanligi — bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini va uni o‘zlashtirgan — badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi.
Eramizdan oldingi IV asrda yashagan Aristotel (384—322) «Poetika» va «Ritorika» nomli asarlarida Gomer, Sofokl, Evripid, Aristofan kabi san’atkorlarning asarlarini tahlil etdi. Uning «Poetika» asari birinchi adabiyot nazariyasi kitobi sanaladi. Unda poeziya san’ati xususiyatlari-tasvirlash predmetining xilma-xilligi, aks ettirishning turli usullari, tragediya, komediya, dramaning mohiyati, ularning eposdan farqi, badiiy xarakter, til va fikr, turlar kabi nazariy muammolar izchil tekshiriladi. Ko'pgina masalalar haqqoniy tarzda tahlil qilinadi. Birgina isbotni ko'raylik, u yozadi: «Tarix- chi va shoir shu bilan tafovutlanadiki, ularning biri haqiqatan bo'lgan, ik- kinchisi esa bo‘lishi mumkin bo'lgan voqea haqida so‘zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroqdir: poeziya ko'proq umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi»1. Uning adabiyot haqida ishlab chiqilgan dastlabki qoidalari yetuk ta’limot sifatida XVIII asrning oxirigacha estetik tushunchalarga nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.
4. Qadimgi Sharq mumtoz adabiyotshunosligida adabiy-tanqidiy fikrlar sinkretik tarzda (narsaning dastlabki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holati)da mavjud bo‘lgan. «Shu tufayli o'tmishda adabiy-tanqidiy qar- ashlar, she’r va shoirlik haqidagi mulohazalar tarixiy yodnomalarda, es- dalik tipidagi asarlarda, devonlarga yozilgan debochalarda, manoqib ho- latlarda, kichik lirik janrlardagi asarlarda, dostonlarning maxsus boblari- da, tazkiralarda, aruz, qofiya, badeye’ va sonoye’ga doir risolalarda, ba’zan esa umuman ilmi adab deb atalmish ilmlar turkumiga bag‘ishlangan kitob va lug‘atlarda bayon etilgan»1. Ularni quyidagicha shakllarga bo‘lish mumkin: 1. Adabiy-tanqidiy fikrlar, eng awalo, adabiy anjuman va yig‘ilishlarda, o‘zaro suhbatlarda og‘zaki shaklda, ko‘pincha fikr olushuvlar va munozaralar tarzida kechgan. Bu holatning tasviri tarixchi Xondamirning «Makorim ul- axloq» asarida ham akslangan: «Mavlono Lutfiy so‘z lutfida yagonai davron edi. Undan ilgari hech kim turkiy tilda she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat yoshlari endigina to‘lib, yigitlik davri boshlangan paytda, bir kuni Lutfiy xizmatiga bordi. Lutfiy o‘z nozik fikrlaringizni natijalaridan yuzaga chiqqan bir g‘azalni o'qish bilan bizni bahramand qilsangiz, deb iltimos qildi. U1 hazrat bir g'azal o‘qidi. Uning matlai mana shu:
Orazin yopqach, ko'zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo' lg' ach quyosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |