O‟zbekiston milliy istiqlolga erishgach, ma‟naviyatga e‟tibor
qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ular ongida madaniy merosimizga mehr va
hurmat xislarini shakllantirish vazifalari asosiy maqsad qilib belgilanadi. Shu
jihatlarga ko‟ra e‟tirof etish joizki, tadqiqot uchun tanlangan mavzu g‟oyat
U o‟ziga xos qarashlar tizimi sifatida qadimgi ajdodlarimizning voqelikka
50
2. Mifologiyaning inson hayotidagi asosiy vazifasi turli voqea, hodisa va
narsalarni izohlash xususiyati bo‟lmaganda edi, u mifologiyani xayolida ham
bo‟ysundirishga erisha olmagan bo‟ladi;
3. Garchi mif og‟zaki yaratilib, unda ham variantlilik, anonimlik mavjud
bo‟lsa-da, u folklor janri bo‟la olmaydi. Chunki u voqelikni badiiy aks ettirmaydi;
4. Miflar folklor janrlarining boyishi, rivoji uchun imkoniyat yaratib
bergan va qisman, o‟zlari ham folklor janrlari tarkibiga singib ketgan;
5. Mifologik obrazlar ajdodlarimizning diniy dunyoqarashlari bilan
bevosita bog‟liq bo‟lib, bunday dunyoqarash, ya‟ni animistik va totemistik
tasavvurlar Markaziy Osiyo, umuman, turkiy xalqlarda qadim-qadimdan to
bugungi kunimizgacha xalq bitiklari, dostonlari, ertaklari va urfu-an‟analari orqali
yashab kelmoqda;
6. Tabiiy hadisalar – yorig‟lik, zulmat, bo‟ron, sobuqlik, issiqlik, zilzila,
yong‟in, suv bosishi, vulqonlarning otilishi kabilar ajdodlarimizning tasavvurida
Zoomorfik (hayvoniy shakl), Antropomorfik (insoniy shakl) qiyofasidagi ilohiy
kuchlar harakati bilan bog‟liq deb qaralgan;
7. Shu asoslarga ko‟ra, qadimiy xalq ertak va dostonlarida mifologik
obrazlar Zulmat, Sovuq, Kasallik va O‟lim yoki Yorug‟lik, Iliqlik, Salomatlik va
Abadiy hayot timsoli sifatida tasvirlanadi.
8. Mifologik yovuz kuchlar ertakda ikki xil qiyofada bitmas-tuganmas
ziddiyatga asos bo‟luvchi obrazlar vazifasini o‟taydilar:
a) mifologik qiyofadagi yovuz kuchlar – deb, ajdar, jin, alvasti va hokazo;
b) antropologik qiyofadagi obrazlar – pari, yalmog‟iz kampir va shu
kabilar.
Ta‟kidlash joizki, ko‟pgina tadqiqotlar mifologik obrazlar talqiniga
bag‟ishlangan bo‟lsa – da, bu mavzu hozirgi paytda yana – da jiddiyroq, kengroq,
chuqurroq va xolis o‟rganilishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda folklor asarlariga ,xususan turkiy mifologiyaga
ko‟plab adabiyotshunoslar ,tarixchilar boy adabiy material manbai sifatida
murojaat qilmoqdalar.Talabalar va o‟quvchilar o‟tmish ma‟naviyatimiz bilan
51
tanishishda turkiy mifologiyani o‟sha o‟tmish zamonlarning tafakkur olamida
ro‟y bergan « eng noyob namunasi» sifatida o‟rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: