Obraz vositasida san’atkor hayotni jonlantiradi. Biroq obraz hayotning
aynan o`zi emas, balki san’atkor tasavvurlari yaratgan hayotdir. Obraz hayotdagi
narsa va hodisalarning aynan tasviri emas, uning umumlashtirgan ko`rinishidir.
Obrazda hayotning, narsa va hodisalarning etakchi xususiyatlari aks etadi.
San’atkor hayotni tasvirlar ekan, undagi narsa va predmetlarga xos bo`lgan eng
muhim xususiyatlarnigina oladi. SHu bilan birga, obrazda san’atkorning Shaxsiy
niyatlari ham mujasamlanadi. Demak, san’atkor obrazlarda hayotni shundayicha
tasvirlabgina qolmasdan, unga o`zining Shaxsiy niyatlarini ham joylaydi, uni ideal
bilan boyitadi. Ideal esa san’atkorning maqsad, orzusi, kelajak, ezgulik va baxt
Do'stlaringiz bilan baham: |