Adabiyot va san’atda partiyaviylik masalasini dastavval K.Marks va
F.Engelps XIX asr o`rtalarida kun tartibiga qo`yganlar. Ular shoirlar partiyaning
manfaatlarini ifodalashi kerak deb, partiya yo`lboshchilarini ulug`lashga da’vat
etganlar. Lenin 1905 yilda «Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» maqolasida
adabiyot partiyaviy bo`lishi kerak, adabiyot ishi partiya ishidan tashqari
bo`lmasligi kerak, degan qoidani olg`a suradi. Lenin partiya yo`lboshchisi sifatida
shunday deyishga haqli edi. Lekin adabiyot bu vazifani bajarishi Shart emas edi.
Chunki adabiyot sinflar manfaati uchun kurashda qurol bo`lib, birgina sinfning
cheklangan manfaatlari doirasida o`ralashib qolishi mumkin emas edi. O`z vaqtida
Leninning fikriga qarshi anchagina jiddiy gaplar aytilgani ham ma’lum. 20-
yillarda «pereval», «futurizm», «serapion muridlari» singari adabiy oqim
tarafdorlari adabiyotga partiya rahbarligini tan olmaganlar. 50-yillarning
oxir-
larida matbuotda Leninning yuqoridagi fikrlariga qarshi jiddiy e’tirozli maqolalar
paydo bo`ldi. Biroq ularda aytilgan fikrlar qattiq zarbaga duch keldi.
Bu davr adabiyotiga baho bergan ingliz adibi Jorj Oruel o`zining «Adabiyot
va totalitarizm» nomli maqolasida, «totalitarizm nafaqat ayrim fikrlarni
ifodalashga qarshilik qildi, balki nimalar haqida o`ylash lozimligini uqtirib turdi.
Ijod esa bu eng avvalo tuyg`u, tuyg`uni esa mutlaq nazorat qilish mumkin emas.
Agar yozuvchiga erkinlik berilmasa, ijodiy instinkt o`z-o`zidan yo`qoladi»,- deb
ta’kidlaydi.
Jamiyatda sinflar, partiyalar mavjud ekan, ularning ta’siri badiiy adabiyotga
ham o`tishi mumkin. Lekin adabiyot sinfiy bo`lishi Shart emas. Adabiyot sinflarning
manfaatlarini aks ettirish bilan cheklanib, chegaralanib qoladigan bo`lsa, olamning
manzarasi bir tomonlama bo`lib qolar edi va adabiyot badiiy haqiqat darajasiga ko`-
tarila olmasdi. «Sinfiylikni ro`kach qilib olib hamma narsani sin-fiy tuyg`uga olib
borib taqash, har qanday xatti-harakatdan sinfiy pozitsiya qidirish, bu erkin fikrlashga
monelik qiladigan vulpgar-lashtirishdir. SHu yuksaklikdan turib, ayta olamanki, oq-
qora: bunisi sizniki, bunisi bizniki tarzidagi tasvir bilan hozirgi dunyoni anglab
bo`lmaydi», - deydi CH.Aytmatov. San’atkor oldiga, hatto u eng taraqqiyparvar sinf
vakili bo`lgan taqdirda ham, sinfiy manfaat-larni ifodalash vazifasini qo`yish mumkin
emas. Adabiyotning vazifa-si kishilarning kimligini ko`rsatish emas, balki insonni,
uning taqdirini, hayotini tasvirlashdir. Shaxsning shoh yoki gado, kim ekan-ligi
adabiyot uchun muhim emas. V.Belinskiy ta’biri bilan aytganda, roman uchun hayot
odamdadir, inson taqdiri, xalq hayoti hamma munosa-batlari uchun boy materialdir.
Haqiqiy san’atkor sinfiy manfaat-lardan ustun turishi, uni yorib chiqib ketishi lozim.
SHundagina yozuvchi hayot haqiqatini to`liq bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |