«Boburnoma» haqida - «Boburnoma» haqida
- Bu asar dastlab «Vaqoe’» («Voqealar») deb atalgan. So‘ngroq «Voqeoti Boburiy», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Boburiya» nomlarini olgan. Oxirida «Boburnoma» bo‘lib shuhrat qozongan. Asarda 1494 - 1529 yillarda Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston va Hindistonda ro‘y bergan voqealar aks etgan. Lekin 910 (1504-1505), 915 (1509-1510), 924 (1518-1519), 927 (1520-1521), 928 (1521-1522), 930 (1523-1524), 931 (1524-1525) yillarning voqealari berilmagan. «Boburnoma» ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bo‘lib, jahonning turli kutubxonalarida saqlanadi. Asarni 1857 yilda Qozonda N I.Ilminskiy, 1905 yilda Londonda Beverij xonim nashr etdilar. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda «Boburnoma» dan parchalar e’lon qilgan edi. Asar 1948-1949 yillarda 2 jildda nashr etilib, 1960 va 1989 yillarda uning tuzatilgan nashri amalga oshirildi. «Boburnoma» XVI asrdayoq turli sharq tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 1586 yilda fors tiliga o‘girilgan. Yodnoma Ovro‘poga XVIII asrning boshida kirib bordi. 1705 yilda Vitsen kitobni golland tiliga tarjima qilib, Amsterdamda chop etdi. 1526 yilda J. Leyden va V. Erksin uning inglizcha tarjimasini, 1871 yilda Pave de Kurteyl frantsuzcha tarjimasini nashr qildilar. XX asrda bu asarni Rashit Rahmati Orat turkchaga, Mixail Sale ruschaga tarjima qildilar. 1826-1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826, 1905. 1921, 1922), 3 marga frantsuz (1871, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o‘girilib, nashr etildi.
Boburning hayoti va faoliyatiga doir o‘nlab badiiy asarlar ham yaratildi. Bular orasida frantsiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), AQShlik Xarold Lembning «Bobur - yo‘lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) esse – romani bor. Hindistonlik Muni La’l Bobur va boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O’zbek adabiyotida P. Qodirov, B. Boyqobilov, X. Sultonov Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratganlar. - Boburning hayoti va faoliyatiga doir o‘nlab badiiy asarlar ham yaratildi. Bular orasida frantsiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), AQShlik Xarold Lembning «Bobur - yo‘lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vamber Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) esse – romani bor. Hindistonlik Muni La’l Bobur va boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O’zbek adabiyotida P. Qodirov, B. Boyqobilov, X. Sultonov Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratganlar.
- «Boburnoma» da ilm-fan, san’at, adabiyot ahli xususida keng fikr yuritilgan. Kitob muallifi Apisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Shayximbek Suhayliy, Ahmad Hojibek, Behzod, Shoh Muzaffar, G’ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoiru san’atkorlar haqida ma’lumotlar bergan, asarlaridan namunalar keltirgan.
- Bu asarda 1502 yilga Axsiga yaqin Karnon degan joyda Bobur yolg‘izlanib, o‘lim bilan yuzlashganda namoz o‘qish chog‘i uyqu elitgan Boburning tushiga temuriylarning piri, islom olamining mo‘‘tabar siymolaridan Xoja Ubaydulloh Ahror kirib, yordam berajagini aytishi epizodi ham keltirilgan.
E’ T I B O R I N G I Z UC H U N R A H M A T
Do'stlaringiz bilan baham: |