- ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483 - 1530)
-
- «Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir». Eduard Xolden.
- Bobur (arabcha, «sher») 1483 yil 14 fevradda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan. Otasi Umarshayx 1494 yil 9 iyunda Axsi qo‘rg‘onida jardan kabutarxonasi bilan qulab, halok bo‘ladi (39 yoshida). Boburning shajarasi quyidagicha: Umarshayx Mirzo - Abdusaid Mirzo - Sulton Muhammad Mirzo - Mironshoh - Amir Temur. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan.
Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidandur» deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning uch o‘g‘li (Z.M.Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Opasi - o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar. - Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidandur» deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning uch o‘g‘li (Z.M.Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Opasi - o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar.
- Otasi vafotidan so‘ng Andijon taxtiga Bobur o‘tiradi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‘ng Boboquli Boboalibek, Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokimiyatni idora qilishga kirishadi. U taxt uchun tinimsiz kurashib, 1497, 1500 yillarda Samarqandni, 1502 - 1503 yillarda O’sh va uning atroflarini egallab oladi, ammo Ahmad Tanbaldan yengiladi.
- Bobur Samarqandda ekanligida Alisher Navoiydan xat oladi. Darhol unga javob yozib, orqasiga she’r ham bitib yuboradi.
Shayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib, Hindistonga 1519 - 1525 yillar orasida 5 marta yurish qiladi, 1526 yil 21 aprelda Hind Sultoni Ibrohim Lo‘diyning qo‘shinini yengadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi. Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etadi. Uning jasadi Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismiga dafn etiladi. 1533 yilda esa hoki vasiyatiga muvofiq Qobulga, «Bog‘i Bobur» ga ko‘chiriladi. Boburiylar sulolasi 1483 - 1858 yillar mobaynida hukm surgan. - Shayboniyxon siquvi natijasida Bobur Hindiston tomonga chekinib, Hindistonga 1519 - 1525 yillar orasida 5 marta yurish qiladi, 1526 yil 21 aprelda Hind Sultoni Ibrohim Lo‘diyning qo‘shinini yengadi va shu tariqa Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligiga asos soladi. Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada vafot etadi. Uning jasadi Jamna daryosining chap sohilidagi Nurafshon bog‘ining markaziy qismiga dafn etiladi. 1533 yilda esa hoki vasiyatiga muvofiq Qobulga, «Bog‘i Bobur» ga ko‘chiriladi. Boburiylar sulolasi 1483 - 1858 yillar mobaynida hukm surgan.
- Bobur 16-17 yoshidan boshlab badiiy ijod bilan shug‘ullanadi, o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozadi. U o‘zbekcha she’rlarini to‘plab 1519 yilda Qobulda («Qobul devoni»), 1528 - 29 yilda Hindistonda («Hind devoni») devonlar tuzgan. Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni 400 dan oshadi. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy janrlari g‘azal, ruboiy va tuyuq bo‘lib, shoir qit’a, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan.
- Boburning 4 ta o‘g‘li, 3 qizi bo‘lib, shulardan Komron ismli o‘g‘li she’riy devon tuzgan. Shoir she’rlarida Vatan ishqi mavzusi yetakchilik qiladi. 3. M. Bobur 20 yoshida «Xatti Boburiy» yozuvini kashf etgan, Xo‘ja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |