adabiyotlar sharxi asosiy qisim dorivor o’simliklar introduksiyasi ob’ektlari va dorivor oʻsimliklar ntroduksiyasi oʻtkaziladigan joylar


INTRODUKSION TAJRIBA SINOVLARINI O’TKAZISH



Download 30,93 Kb.
bet4/5
Sana03.07.2022
Hajmi30,93 Kb.
#737817
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujjat (5)

2.3. INTRODUKSION TAJRIBA SINOVLARINI O’TKAZISH
Boshlang’ich material intodutsentlarni qayd jurnalida qayd etilgandan boshlab
introduktsion sinovlarni o’tkazish bosqichi boshlangan hisoblanadi (Karpun, 2004). Birlamchi introduktsion sinovlardan kutilgan asosiy maqsad introdutsentlardan qaytaekish uchun etarli materiallar (urug’, kuchatlar) olish, ularni yangi sharoitgamoslashish imkoniyatlarini baholash hamda madaniylashtirishga tavsiyalar berishdir.Birlamchi introdutsion tajirba sinovlari odatda 4-5 yil davom etadi. Tajirba sinovlaridavomida ikkilamchi introduktsion sinovlar o’tkazish uchun etarli materiallarto’planadi.
4.1. Urug’ni ekishga tayyorlashIntrodutsion tajirba sinovlari boshida olingan boshlang’ich material taxliliyo’rganiladi va ekishga tayyorlanadi. Qattiq po’stli va danakli urug’lar ekilishdan oldinivitilishi va skarifikatsiya qilinishi (qumqog’oz bilan ishqalash, impaktsiyalash, kislotalar bilan ishlash, qaynoq suvda ivitish) mumkin. Boshlang’ich materallar etarlibo’lganda urug’larning laboratoriya unuvchanligi aniqlanadi. Urug’larningunuvchanligiga haroratning ta’siri o’rganish uni ekish vaqtini aniqlashtirishimkoniyatini beradi. Ayrim o’simliklar urug’lari o’nib chiqishi uchun ma’lummuddatda sovuq haroratli muhitda saqlash (stratifikatsiya) talab qilinadi. Judako’pchilik turlar, ayniqsa shimoliy mintaqalardan keltirilgan daraxtlar, ayrim subtropikturlar urug’lari stratifikatsiya qilinganda yaxshi unadi.
4.2. Urug’ni ekish
Urug’lar maxsus tajirba maydonchalariga ekiladi. Boshqa davlatlardan olingan
materiallar karantin maydonchalarida sinab ko’riladi. Ekish muddati va ekish
chuqurligi urug’ning katta-kichikligi hamda introduktsiya qilinayotgan o’simlikningbiologik xusisiyatidan kelib chiqadi. Urug’larni kuzda, kech kuzda, qishda, ertabahorda, bahorda va bahor oxirida ekish mumkin. Ayrim o’simliklar urug’i tezunuvchanligini yuqotishi sababli ularni tergan zaxoti ekish talab qilinadi. Bundayo’simliklar urug’ unuvchanligini saqlab qolish maqsadida qog’oz paketchalarda, shishaidishlarda, folga qog’ozda turli haroratlarda ( t q 0 oS, 4-6, 9-10, 14-16, 19-20, 24-26va h.o.) saqlanishi sinab ko’riladi.
4.3. O’simlikning vegetativ organlarini ekishIntroduktsiya uchun boshlang’ich material sifatida tirik o’simlik va uningvegetativ organlari olinganda ular odatda kollektsion uchastkaga, gohida maxsusyashiklar yoki sopol idishlarga ekilishi mumkin. Vegetativ organlar qalamchalarga o’xshash introduktsion pitomniklarga ekilib ko’paytiriladi. Tuproq sifatida ko’pincha“Prinston universiteti aralashmasi” deb ataluvchi teng nisbatli torf va yiriq qumaralashmasidan foydalanish tavsiya qilinadi
4.4. Fenologik kuzatuv ishlarini olib borishO’simlikning ontogenezi murtak hosil bo’lganidan boshlab to umriningoxirigacha bo’lgan davrni - katta hayotiy tsiklni o’z ichiga oladi. Katta hayotiy tsiklquyidagi davrlarga bo’linadi. (T.A.Rabotnov,1950; Ontogeneticheskiy atlas rasteniy,2007):
1. Embrion (latent) davri (latens - ko’rinmas) - urug’larning tinim holatidagi davri2. Generativ oldi (virginil) davri (virginitas - qizlik) - urug’ning unib chiqqandan to1-chi gul hosil bo’lguncha davri. Generativ oldi davri o’z navbatida maysa,yuvenil (yosh o’simlik) va immatura (balog’atga etayotgan) bosqichlarigabo’linadi.3. Generativ davri - birinchi gul hosil bo’lgandan to oxirgi gullashgacha bo’lgandavr. Bu davrda o’simliklar ko’payadi.
4. Postgenerativ (senil) davri - o’simlik gullash qobiliyatini yo’qotgandan to halokbo’lgungacha bo’lgan davr.Introdutsent o’simlik unib chiqqandan boshlab fenologik kuzatuvlar olib boriladi.Kuzatuv har uch - besh kunda (ayrim o’simliklarda 10 kunda) o’tkaziladi va ajratibolingan 10-20 ta individdagi kuzatuv natijalari maxsus daftarga qayd etib boriladiTo’plangan ma’lumotlar asosida turning fenospektri tuziladi (Beydeman, 1974).Bir yillik o’simliklar ontogenezida odatda quyidagi fazalar ajratiladi: urug’ unibchiqishi, poya o’sishi, g’unchalash, gullash, mevalash, desseminatsiya va vegetatsiyatugashi.Ko’p yilliklarda esa qo’yidagilar qayd etiladi: vegetatsiya boshlanishi, g’unchalash,gullash, mevalash, disseminatsiya va vegetatsiya tugashi.O’simlikning ontogenez bosqichlarini o’rganish o’t o’simliklarda urug’dan unibchiqishdan boshlab olib boriladi. Ko’p yillik o’simliklarda esa vegetatsiyasiboshlangandan to vegetatsiya tugaguncha kuzatib boriladi. Yangi sharoitdaintrodutsent o’z ontogenezida qator biomorfologik o’zgarishlarga uchrashi mumkin(Trulevich, 1991). Ko’pchilik hollarda introdutsentning o’sishi va rivojlanishiningqo’yidagi bosqichlari aniqlanadi:
 O’simlik unib chiqishi yoki vegetatsiya boshlanishi;
 O’simlik poyasining o’sishi tezligi ;
 O’simlik ildizining substratga botib kirishi;
 Birinchi chin barg xosil bo’lishi;
 Ikkinchi tartibli novdalar hosil bo’lishi;
 Reproduktsiya jarayoniga kirishi;
 G’unchalash fazasi boshlanishi;
 Gullash fazasiga kirish;
 Mevalash fazasi boshlanishi ;
 Meva pishishi;
 O’simlikda disseminatsiya jarayoni borishi. Avtoxoriya mavjudligi;
 O’simlik vegetatsiyasi tugalishi va er ustki qismini halok bo’lishi.Tanlab olingan o’simliklarga adashmaslik uchun tartib raqami ko’rsatilgan maxsusbirkalar osib qo’yiladi.Ontogenez bosqichlari ustidan fenologik kuzatuv ishlari 3-5 yil davomidaolib borilib, fazalarning har yillik o’zgarishlari qayd qilinadi.

4.4.1.Introdutsentning tashqi muhit omillariga talabini o’rganish


O’simlikning o’sish va rivojlanish bosqichlarida uning tashqi muhit omillariga
bo’lgan talabi turlicha bo’ladi. Ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin,
ularning o’simliklar organizmlarga ta’sir etishi xarakteri nuqtai nazaridan ular uchunumumiy bo’lgan qonuniyatlar mavjud. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimumzona yoki optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz(minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. Minimum va maksimumchegaralari kritik nuqtalar deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’siridaorganizm nobud bo’ladi.Amerikalik olim V.Shelfordning (1913) ko’rsatishicha, faqat minimummiqdorda uchrovchi moddalar emas, balki ortiqcha (keragidan) holdagi moddalar hamcheklovchi omil rolini o’taydi. Buni V.Shelford «chegaralovchi omil» yoki «tolerantlik
qonuni» deb ataydi. Demak minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadiganomil - cheklovchi omil hisoblanadi Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga “evri” – old qo’shimchasini qo’shib, tor doirada moslashganlarga “steno”- old qo’shimchasiniqo’shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikga nisbatanevrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigal, stenogal, bosimga nisbatanevribat va stenobat, yorug’likga nisbatan evrifot, stenofot kabi ekologik guruhlargaajratiladi.Rus olimi G.I.Zaysev «Optimum i norma v introduktsii rasteniy» (1983) nomlimonografiyasida ta’kidlashicha introduktsiya uchun optimum va pessimum zonalariniushbu tur tarqalgan tabiiy areallar doirasida aniqlash lozim bo’ladi. O’simlik uchunmorfologik belgilar va fiziologik funktsiyasini eng minimum o’zgarishiga olib keladigan qulay sharoit optimum hisoblanadi. O’simlik joyining o’zgarishi uningasosiy ekologik omillarga (fotoperiodizm, yillik o’rtacha harorat, geografik kenglikka)nisbatan munosabati ijobiy, salbiy yoki neytral bo’lishi mumkin. Olimning fikrichame’yor (norma) - har qanday tizimning funktsional optimum holatda bo’lishidir.
O’simlik organizmining hayot faoliyatini aniq bir sharoitda optimal holatda bo’lishigame’yor deyiladi. O’simlikning moslanish modifikatsiyalarini hosil qila olish xususiyatime’yorni saqlab turishga xizmat qiladi. Evolyutsiya jarayonida yangi sharoitgamoslashish uchun turlar ko’p marta me’yorlarini o’zgartirishga majbur bo’lgan va shuorqali turning davomiyligini saqlab qolgan. O’simlik introduktsiyasini muvafaqiyatliamalga oshirilishi yangi sharoitning introdutsentning asosiy belgilari va hayotiyfunktsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan optimum va me’yor talablarigajavob berishi bilan bog’liqdir.
N.V.Trulevich (1991) fikricha introduktsiya uchun obektlar tanlashda introdutsentning chidamiyligi (introduktsionnaya ustoychivost)ga asosiy e’tibor
qaratish zarur deb hisoblaydi. O’simlikning tashqi muhit omillarga chidamiyli uningqanday ekologik va fitotsenotik ampilitudaga ega ekanligi bilan belgilanadi. Buampilitudalar 3 xil kategoriyada (tor, o’rtacha va keng doirada) bo’lishi mumkin.Introdutsent tur qanchalik keng doiradagi ampilitudaga ega bo’lsa, u shunchalik kengtarqalgan bo’ladi va yangi sharoitga tezroq moslashish imkoniyatiga ega bo’ladi.Introduktsion chidamiyligiga qarabN.V.Trulevich introdutsent o’simliklarni 4 guruhga (chidamsiz, sal chidamli,chidamli va o’ta chidamli) ajratishni taklif qiladi.4.5. Reproduktsiya jarayonini tadqiq etishO’simlikning reproduktsiya jarayonini “O’simliklar reproduktiv biologiyasi” fanio’rganadi (Levina, 1981; Karshibaev va bosh., 2008). O’simliklar reproduktivbiologiyasi o’simliklar ko’payishni har toonlama tadqiq etganligi sababli o’simliklarintroduktsiyasida muhim o’rinni egallaydi.

XULOSA

O’simliklar introduktsiyasi sintetik fan bo’lgani tufayli o’simliklardagi biologik


jarayonlarini o’rganishda qator biologik fanlar, jumladan o’simliklar fiziologiyasi, o’simliklar embriologiyasi, o’simliklar tsitologiyasi, o’simliklar ekologiyasi, fitotsenologiya, antekologiya, karpologiya, urug’shunoslik, o’simlikshunoslik, agronomiya kabi fanlarning tekshirish metodlaridan ham keng foydalaniladi.O’simliklar introduktsiyasining tadqiq etish metodlarini shartli ravishda tabiiyholdagi kuzatuv, dala va laboratoriya tajribalar o’tkazish metodlariga ajratishmumkin. Tabiiy holdagi kuzatuvlar bevosita tabiiy sharoitda o’tkazilib, o’simliklardaboradigan jarayonlarni miqdoriy va sifat o’zgarishlarini ma’lum vaqt mobaynida qaydqilib borish imkoniyatini beradi.Laboratoriya tajribalari esa o’simlikni o’sishi va rivojlanish jarayoniga ta’siretuvchi omillarni o’rganish va ularning ta’siri qiyosiy baholashga xizmat qiladi.
Dala tajribalari olingan nazariy tadqiqotlar natijalarni amaliyot bilan bog’lash
imkoniyatlarini yaratadi. U alohida tajriba maydonlarida olib boriladi va o’simlikniyangi sharoitiga moslashishida qanday imkoniyatlarga ega ekanligini aniqlashnitaminlaydi. Ushbu metodlarning hammasi bir-birini to’ldirib boradi hamdao’simlikning yangi sharoitda namoyon qiladigan xossa-xususiyatlarini chuqur tadqiq qilishga zamin yaratadi.


Download 30,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish