2.2. BMI mavzusining dolzarbligi
Tadqiq qilinayotgan muammoning dolzarbligi, ya’ni nazariy va amaliy qiymati har
qanday ilmiy ishga, shu jumladan BMIga ham albatta qo`yiladigan muhim talab. Tanlangan
mavzuning dolzarbligini ochib berish uchun muammoning mohiyatini, uni yechishning
zarurligini ko`rsatish lozim. Shu sababli BMIning “Kirish” qismida tanlangan mavzuning
dolzarbligini asoslashdan boshlanadi. BMIga nisbatan olinganda “dolzarblik” muallifning
tadqiqot mavzusini to`g`ri tushunib yetganligini, uning geografiya va geografiya ta’limi nuqtai
nazaridan baholay olishini anglatadi. Unda qisqagina qilib qanday omillar va sabablar BMI
bajarish uchun tanlangan mavzuning muhimligini belgilashi, muammoli vaziyat mohiyatining
ifodalanishi vazifalarni amaliyot talablariga mos ravishda o`z vaqtida echishning zarurligi
bayon qilinadi.
Tadqiqotning dolzarbligi geografiya va unga yaqin fanlarning hozirgi holatida va o`quv
yurtining ixtisoslik ehtiyoji tarzida qaralishi lozim. Mavzuning dolzarbligi mufassal asoslanishi
lozim. Buning uchun muammoning tarixini va hozirgi holatini chuqur va har tomonlama
o`rganish zarur. Bu esa ilmiy adabiyotlarni tahlili, shuningdek ishlab chiqarish va pedagogik
amaliyotlar paytida va kurs ishlarini bajarish davomida tadqiq qilinayotgan masalaning turli
jihatlari to`g`risida empirik ma’lumotlar to`plash asosida amalga oshiriladi. Adabiyotlar sharhi
tanlangan mavzu dolzarbligining asosli dalillaridir. Sharh talabaning maxsus adabiyotlarni
bilishini, tizimga sola olishini, uni tanqidiy tahlil qila bilishni, muhim jihatlarini ajrata olishini,
boshqa
tadqiqotchilarning
unga
qadar
qilgan
ishlarini
baholay
bilishini,
mavzu
o`rganilganligining hozirgi holatidagi asosiy jihatlarini belgilay olishini ko`rsatishi kerak.
Bunday sharhning materiallari muayan mantiqiy aloqada va izchillikda ifodalanishi lozim.
BMI odatda nisbatan tor mavzuga bag`ishlanishi tufayli ishlarning sharhini tanlangan
mavzuning barcha muammosi bo`yicha emas, balki faqat masalalari bo`yicha qilish zarur.
Bunday sharhda o`qib chiqilganlardan talabaga ma’lum bo`lgan, ammo uning ishiga bevosida
aloqador bo`lmagan barcha masalalar bayon qilinmasligi kerak. Ammo, mavzuga bevosita
aloqador bo`lgan barcha bosmadan chiqqan materiallar aytilishi va tanqidiy baholanishi lozim.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi quyidagi asosiy belgilarga ega:
tavsiyaviy va dasturiy xujjatlardagi ijtimoiy buyurtma;
olimlar, pedagog-amaliyotchilarning muammoga umumiy qiziqishi;
geografiya va uning o`qitish metodikasining aynan hozirgi paytda muammoni ishlab
chiqishga ehtiyoji;
hudud sharoitlariga bog`liq holda mavzuni ishlab chiqishning zarurligi;
tadqiq qilinadigan muammoning nazariy va amaliy jihatlaridagi aniq bo`lgan
ziddiyatlarning mavjudligi.
Mavzuning dolzarbligi tadqiqot muammosini ifodalash imkonini beradi.Muammo –
mavjud bilimlar biror vazifani bajarish uchun yetarli bo`lmagan paytda vujudga keladigan va
yechishni talab qiladigan masala. Ilmiy tadqiqotda muammo tadqiqotchi tomonidan tushunib
olinadigan ziddiyat sifatida namoyon bo`ladi. Muammo mantiqan ziddiyatlardan kelib chiqadi va
barcha vazifalarni singdirib olgan majmuiy maqsad sifatida ifodalanadi.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangach, tadqiqot maqsadining qo`yilishi,
qo`yilgan maqsadga mos holda yechilishi zarur bo`lgan aniq vazifalarni belgilash amalga
oshiriladi. Ishning maqsadi odatda “…tadqiq qilish, …belgilash, …aniqlash, …qonuniyatlarni
19
ochib berish, …metodikasini ishlab chiqish, … hisoblarni qilish, …tavsiyalar ishlab chiqish”
kabi jumlalarda sanab ko`rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |