1.4. Bitiruv malakaviy ish bajaruvchi talabaning vazifalari
BMI berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi. BMIni bajaruvchi
talaba tanlangan qarorning to`g`riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, BMI ishda
ko`chirmachilik holatini yo`qligiga javob beradi. BMIda bayon qilingan ma’lumotlar, faktik
materiallar va boshqa axborotlar, xulosalarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun ma’naviy
va huquqiy mas’uliyat muallifga yuklanadi.
Bitiruvchi mavzuni tanlash tashabbuskori bo`ladi. U BMIlarning kafedrada ishlab
chiqilgan taxminiy mavzulari, ilgari bajarilgan ishlar bilan tanishadi va mavzuni kasbiy–
pedagogik tayyorgarlik o`quv fanlari bo`yicha o`zi bajargan referat va kurs ishlari mavzulari
bilan muvofiqlashtiradi. Talaba tadqiqotning asosiy muammosini tanlagach, tanlangan ilmiy
soha mutaxassisiga – fan o`qituvchisiga ishga rahbarlik qilishini so`rab murojaat qiladi. Mabodo
talaba ilmiy rahbar tanlashda qiynalsa, ilmiy rahbarni belgilash kafedra ixtiyorida bo`ladi.
Bajaruvchi ilmiy rahbar bilan birgalikda tadqiqotning ishchi mavzusi, ob’yekti, predmeti,
maqsadi, vazifalarini, uning muammosi, metodlari, nazariy asosini, bashorat qilinadigan amaliy
va nazariy ahamiyatini belgilab, tadqiqot dasturini tuzadi.
Ishlab chiqilgan dastur asosida talaba belgilangan xujjatlarni – ariza va BMI bo`yicha
topshiriqni rasmiylashtiradi (1- va 2-ilovalar). Ariza va topshiriq kafedra majlisida qarab
chiqiladi va tasdiqlanadi. Mavzuni tasdiqlash muddatlarini saqlash maqsadida talaba 7-semestr
boshlanishiga qadar ilmiy rahbarni tanlashi maqsadga muvofiq. Agar talaba I kursdayoq ilmiy
rahbar tanlasa, u tanlangan mavzu doirasida o`zining barcha kurs va boshqa tadqiqot ishlarini
bajarish va BMI bajarish uchun asos tayyorlash imkoniga ega bo`ladi.
BMIni bajarish jarayonida bitiruvchi ilmiy rahbar oldida va kafedrada belgilangan grafik
bo`yicha muntazam ravishda hisobot berib boradi. May oyida eshitilgan va tasdiqlangan hisobot
kafedra mudiri uchun BMIni himoyaga taqdim etishga asos bo`ladi.
Talaba tugallangan ishni himoyadan biroz ilgari ilmiy rahbarga taqdim etadi. Ilmiy rahbar
BMIni qarab chiqqach va ma’qul topgach, uni imzolaydi va o`zining yozma mulohazasi bilan
birgalikda kafedra ixtiyoriga taqdim etadi. Mulohazada BMIning barcha bo`limlari bo`yicha
qilingan ishning tavsifi beriladi. Bu materiallar asosida kafedra mudiri talabani BMI himoyasiga
qo`yish to`g`risidagi masalani hal etadi. Agar kafedra mudiri talabani BMI himoyasiga qo`yishni
lozim topmasa, ishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va kafedrada ishni qayta qarab chiqish
uchun muddat belgilaydi. Mabodo talaba ish bo`yicha ko`rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qila
olmasa yoki kafedra majlisida qayta qarab chiqilganda ish himoyaga tavsiya etilmasa, talaba
qolgan attestasiya sinovlarida qatnashish huquqidan mahrum qilinmaydi.
BMIni bajaruvchi talaba uning ilmiy rahbari BMIning hammualifi ham, muharriri ham
emasligini e’tiborga olishi va ishdagi nazariy, metodologik, stilistik, orfografik va boshqa
xatolarni ilmiy rahbar tomonidan tuzatishiga umid qilmasligi lozim.
BMIni bajaruvchi talaba:
tadqiqot muammosini uning dolzarbligini e’tiborga olgan holda belgilashi va ifodalashi;
tadqiqotning maqsadini qo`yishi va uni ruyobga chiqarish uchun zarur bo`lgan
vazifalarini belgilashi;
tadqiqot mavzusi bo`yicha nazariy va empirik materiallarni tahlil qilishi va
umumlashtirishi, xulosalar qilishi;
amaliy vazifalarni yechishda nazariy bilimlarni qo`llay bilishi;
14
tadqiqot mavzusi bo`yicha yakuniy xulosa qilishi, tadqiq qilingan masalani kelgusida
o`rganish istiqbollarini begilashi;
belgilangan talablarga mos hoda BMIni rasmiylashtirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |