Keyingi varaqda annotasiya (“annotasiya” so`zi yozilmaydi) matni beriladi, so`ngra
muallif o`zining chiqishida havolalar qiladigan diagrammalar, tarhlar, jadvallar, profillar,
kartalar turadi. Taqdim qilingan materiallarga tartib raqamlar qo`yilgan va tekshirilgan bo`lishi
lozim. Tarqatma material juzlanadi. Qo`lida tarqatma material bo`lgan komissiya a’zolari savol
Chiqishning mazmuni tadqiqotning metodologiyasi, texnologiyasi va metodik natijalaridan
iborat bo`ladi. Talaba chiqishining asosiy vaqti ishlanmalarining (himoyaning predmetini tashkil
qilinishi lozim. Namoyish qilinadigan geografik kartalar, profillar va chizmalar amaldagi
44
mumkin bo`lgan yoki ekranda proyeksiya qilinadigan materiallar (slaydlar, shaffof plyonkalar,
kompyuter grafikasi) ko`rinishida bo`lishi lozim.
Asosiy ma’ruzadan so`ng DAK raisi dastlab DAK a’zolariga, so`ngra himoyada ishtirok
etayotgan barcha hohlovchilarga talabaga mavzu va tadqiqot predmeti doirasida (ish mazmuniga,
mavzuni, ishda qo`yilgan vazifalarni ochib berish darajasiga, tadqiqot uchun tanlangan metod va
mezonlarga, natijalarni aniqlashga va mavzu doirasidagi boshqa masalalarga doir) savollar
berishga ijozat etadi. Himoya qilayotgan har bir talabaga beriladigan savollar soni ikkitadan kam
bo`lmasligi mumkin. Barcha savollar bayonnomaga kiritiladi.
Savollarga javob berish uchun belgilanadigan vaqt 10 minutdan oshmasligi lozim. Shuni
alohida ta’kidlash lozimki, savol berayotgan shaxs javobni bo`lmasligi, beandishalik bilan savol
bermasligi, javobning saviyasi to`g`risida o`zining sub’yektiv fikrini komissiya a’zolariga
uqtirishga harakat qilmasligi lozim. Bu talablar buzilgan hollarda DAK raisi munozarani
to`xtatish huquqiga ega.
Talaba savolni e’tibor bilan eshitishi, zarur bo`lgan holda uni aniqlashtirishi va
asoslangan javob berishi yoki bu masala ish davomida qarab chiqilmaganligini e’tirof etishi
zarur. U BMIdagi kamchiliklar bo`yicha bildirilgan fikrlarga va savollarga aniq, to`g`ri, ishonch
bilan va qisqa javob berishi kerak. Savollarga javob berishda faqat ishning mohiyatiga to`xtalish
lozim. Savollarni birlashtirmasdan har biriga alohida javob berish lozim.
Komissiya a’zollarining savollariga berilgan javoblar grafik materiallar yoki ishning
tushuntirish qismidagi materiallarga qilinadigan havolalar bilan tasdiqlanishi lozim. Savollarga
javoblar aniq va ravshan ifoda etilishi kerak. Mabodo savolga javob topa olmasa, hozir savolga
javob bera olmasligini tan olish tavsiya etiladi. Talabaning berilgan savollarga to`g`ri va to`liq
javoblari, o`zining nuqtai nazarini asoslangan holda himoya qila olishi ishning yakuniy bahosiga
hal qiluvchi ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Savollarga berilgan javoblarning mazmuni DAK a’zolariga BMI mavzusini qay darajada
ishlab chiqilganligini va talabaning yo`nalishning bakalavr malakasi bo`yicha mustaqil amaliy
faoliyatga tayyorlanganlik darajasini baholashga imkon beradi.
Savol-javob tugagach BMIning ilmiy rahbari va taqrizchiga (agar ular majlisda
qatnashayotgan bo`lsalar) so`z beriladi, agar ular bo`lmasa, ularning mulohaza va taqrizlari
komissiya kotibi yoki DAK a’zolarining biri tomonidan o`qib eshittiriladi. Shundan so`ng DAK
raisi ishtirokchilardan BMI mazmuni bo`yicha fikr bildirishlarini so`raydi. Komissiya a’zolari va
himoyada ishtirok etayotganlarning erkin munozara va fikr almashish tartibida chiqishlari (har
bir chiquvchi 2-3 minutgacha) himoya tartibining shart bo`lmagan unsuri hisoblanadi va shu
sababli hohlovchilar bo`lmasa, u tushirib qoldirilishi mumkin.
Shundan so`ng talabaga taqrizda ko`rsatilgan tanqidiy mulohazalarga doir o`zining
fikrlarini bildirish uchun yakuniy so`z beriladi. Talabaning yakuniy so`zi o`tkazilgan
tadqiqotining uning kasbiy-pedagogik faoliyati uchun ahamiyatini anglab yetganligini namoyish
qilishi kerak. So`z oxirida talaba himoya odobi bo`yicha ilmiy rahbarga va taqrizchiga,
o`qituvchilarga, komissiya a’zolariga va barcha ishtirokchilarga ko`rsatgan yordamlari va
e’tiborlari uchun o`zining minnatdorchiligini bildirishi lozim.
Himoya marosimining tugashida rais DAK kotibiga quyidagi qo`shimcha axborotlar
uchun so`z beradi:
BMI natijalaridan foydalanish mumkinligini tasdiqlovchi xat (agar bo`lsa).
Universitetda o`qish davridagi reytingi.
Talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyalarida ishtirokining natijalari.
Oliy o`quv yurtlari, viloyat, regional va mamlakat miqyosida o`tkazilgan
olimpiadalarda va konkurslarda ishtiroki.
Shu bilan himoyaning tugaganligi e’lon qilinadi. Har bir BMI himoyasi uchun
ajratiladigan vaqt 45 minutdan oshmasligi kerak.
Talaba quyidagi hollarda himoyaga kiritilmaydi:
45
1. BMIga talaba, ilmiy rahbar imzolagan va kafedra mudiri tasdiqlagan topshiriqning
yo`qligi.
2. Ilmiy rahbar mulohazasi yoki taqrizning yo`qligi.
3. BMIning titul varag`ida talaba, ilmiy rahbar va kafedra mudiri imzosining yo`qligi.
4. To`liq tayyorlangan chizmalar, plakatlar (tarhiy kartalar)ning yo`qligi yoki kamligi.
Do'stlaringiz bilan baham: