3.4. Parchalar, iqtiboslar va manbalarga havolalarni rasmiylashtirish
Parchalar keltirish. Parcha – fikrni nufuzli mulohaza bilan mustahkamlash maqsadida
biror-bir asardan so`zma-so`z ko`chirma (parcha) keltirish. Parcha qo`shtirnoqlar bilan ajratiladi
va manbaga havola bilan ta’minlanadi. Parcha keltirishda hozirgi orfografiya va punktuatsiyadan
foydalanishga yo`l qo`yiladi, agar muallifning fikri buzib ko`rsatilmasa, so`zlarni tushirib
qoldirish va bu joylarda ko`p nuqta qo`yilishi mumkin.
Parcha va havolalarni rasmiylashtirish adabiyotlar po`yxatida manbalar tartib raqamlari
bilan belgilanganliga yoki belgilanmaganligiga bog`liq. Agar adabiyotlar ro`yxatida
foydalanilgan manbalar tartib raqamiga ega bo`lsa, matnda manbaga havola kvadrat qavslarda
rasmiylashtiriladi. Unda manbaning adabiyotlar ro`yxatidagi tartib raqami va parcha olingan
bet(lar) ko`rsatiladi, masalan: [20, 80-b.]. Agar havolada bir nechta manba ko`rsatilsa, ularning
tartib raqamlari nuqta-vergul bilan ajratiladi [14, 40-b.; 41, 75-b.].
Agar ishning matnida boshqa mualliflarning turli nashrlarda bayon qilgan g`oya va
fikrlaridan foydalanilsa, manba(lar)ga havola qilinadi, ammo bunday holda bet raqamlari
ko`rsatilmaydi, masalan: [5] yoki [4; 54]. Ishda juda ko`p so`zma-so`z ko`chirmalarni
keltirmaslik lozim. So`zma-so`z parcha keltirishdan tashqari boshqalarning fikrini muallifning
o`zining so`zlari bilan ham bayon qilish mumkin. Bunday holda ko`chirma qo`shtirnoqlar bilan
ajratilmaydi, ammo manbaga havola qilinadi [17, 45-b.]. BMIda adabiyotlar ro`yxatidagi tartib
raqami so`zlar o`rnida jumla tuzish uchun foydalanilishi mumkin emas. Masalan, “27-manbada
antropogen landsahtga ta’rif berilgan”. Bunday holda to`g`ri tuzilgan gap qo`yidagicha bo`lishi
mumkin: “Maqolada [27] antropogen landsahtga ta’rif berilgan”.
Ayrim hollarda adabiyotlar ro`yxatida manbalar tartib raqami bilan belgilanmasligi ham
mumkin. Bunday holda matnda parcha keltirilgan adabiyotga havolalar kvadrat qavslarda
beriladi, masalan: I.Q.Nazarov fikricha, “landshaft tabiiy qonunlar asosida yashaydigan, o`z-
o`zini boshqaradigan, tiklaydigan, moddiy va nomoddiy resurslarni sarflovchi, yaratuvchi va
to`plovchi geotizimdir” [30, 154-b. yoki 2013, 154-b.]. Bu yerda 30 foydalanilgan adabiyotning
ro`yxatdagi tartib raqamini, 154- esa uning betini bildiradi. Agar muallifning familiyasidan keyin
manbaning nashr qilingan yili ko`rsatilgan bo`lsa, unday holda kichik qavslarda parcha olingan
bet yoki betlar ko`rsatiladi. Masalan, I.Q.Nazarov (2013) fikricha, … (154-b.). Havolalar
muallifning familiyasini va parcha olingan manbaning nashr qilingan yilini (muallifning
familiyasi, nashr qilingan yil, parcha olingan bet) ko`rsatish bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Bunday holda kichik qavslardan foydalaniladi, masalan (Abdulqosimov, 2013, 5-b.; Soliyev,
Qarshiboyeva, 1999, 8-b.) Shuningdek, parcha olingan manbaga shu betda barcha bibliografik
tavsiflar berilgan holda satrosti havolasi berilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |