MUNDARIJA KIRISH 3 I BOB. OYBEK O‘ZBEK ADABIYOTINING YIRIK NAMOYANDASI SIFATIDA Oybekning o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rni 9
Oybek romanlarida davr talqini masalasi… 16
BOB. “NAVOIY” ROMANINI O‘RGANISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING SAMARADORLGI “Navoiy” romani tahlilida tarixiy-qiyosiy usulning ahamiyati… 26
Oybek asarlarini o‘rganishda biografik metoddan foydalanish…40
BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI Oybek asarlarining ta’lim tizimida o‘rganilishi… 46
Interfoal usullar orqali Oybek ijodini tadqiq etish 51
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol yillarida ma’naviy hayotimizni isloh qilish va yangilashga e’tibor yanada kuchaydi. Endilikda ma’naviy, adabiy, diniy qadriyatlarimizni tiklash va buni har tomonlama yetuk inson kamolotiga yо‘naltirish davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bu esa bizga adabiy merosimiz namoyandalari ijodini yangicha qarashlar asosida о‘rganish va tahlil etish imkonini beradi. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bо‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni о‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”1, deb ta’kidladilar. Prezidentimizning bu fikrlari bevosita adabiy ta’limga ham taalluqlidir. Shoir va yozuvchilarimiz asarlarini zamonaviy ta’lim usullari asosida о‘rgatish orqali yosh avlodni zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson sifatida kamol topishlariga erishishimiz lozim.
Musa Toshmuhammad о‘g‘li Oybek (1905-1968) о‘zining ibratli hayoti va intilishlari, sermaxsul va samarali ijodiy merosi bilan adabiyotimiz nufuzini jahoniy miqyoslarga kо‘tarishga barakali hissa qо‘shdi. Ulug‘ akademik shoir, nosir, adabiyotshunos va tarjimon Oybek ijodiy merosi madaniyatimiz va adabiyotimizning tarkibiy qismi bо‘lib, uning ijodini о‘rganish bо‘yicha kо‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo bugungi kunda ulug‘ shoir ijodiy merosini bilish va tadqiq etish g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham shoir ijodiga chuqurroq kirib borish, asarlarining о‘ziga xos jihatlarini yoritish, uning san’atkorlik mahoratini bilib olish uchun har bir asarini yangicha qarashlar asosida tahlil etishimiz va о‘quvchi yoshlarga о‘rgatishimiz zarur. Zero, Oybek ijodida bugungi kun uchun zarur bо‘lgan ma’naviy yetuklik, milliy g‘urur, о‘zlikni anglash tuyg‘ulari yuksak darajada aks
1 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi. “Xalq so’zi” // 2016 yil 8 dekabr.
ettirilgan. Shu ma’noda biz ushbu BMIda Oybek asarlarini qiyoslab o`rganish metodikasi masalasini о‘rganishga va ayrim umumlashmalarimizni bayon etishga harakat qildik. Ushbu masala ilk bora tadqiqot ob’ekti sifatida о‘rganilmoqdaki, bu ishimizning dolzarbligini belgilaydi.