50
XULOSA
Biz mazkur ―O‗zbek tilining milliy korpusini yaratish tamoyillari‖
mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagi
xulosalarga keldik:
1. Til korpusi ma‘lum tilning belgilangan davrdagi, xilma-xil janr, rang-
barang uslub, hududiy hamda ijtimoiy variantdagi matnlarning elektron shaklli
maxsus dasturiy ta‘minot asosidagi yig‗indisidir. Korpus matnlar massividan iborat
bo‗lib, bu matnlar oddiy elektron kutubxonadan farq qiladi. Korpusdagi matnlar
maxsus qo‗shimcha ma‘lumot bilan boyitilgan va lingvistik tadqiqot uchun asos
vazifasini o‗taydi. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda dalil bilan ish ko‗riladigan
hollarda o‗sha faktlar yig‗ilishi va sistemaga solinishi lozim.
2. Foydalanishda deyarli kasbiy tabaqalanishga yo‗l qo‗ymaydigan til
korpuslari barcha soha vakillarini birday qiziqtirishi tabiiy. Ayniqsa, ona tili va
chet tillarni o‗qitish hamda o‗rganish borasida korpuslarning o‗rni beqiyos. Bugun
dunyo miqyosida til o‗rgatish tizimi korpuslarga yo‗naltirilayotgani ham fikrimiz
dalilidir. Shuning uchun ta`lim, sheva matnlari, poetik matnlar, og‗zaki, ilmiy,
rasmiy matnlar korpuslari kabi qator mikrokorpuslar tuzilayotir.
3. Dunyo tilshunosligida qilingan korpus lingvistikasiga oid tadqiqotlar
tahsinga sazovor. Ular o‗z tilining milliy korpuslarini yaratish asnosida butun
dunyo bilan bog‗lanmoqdalar hamda ushbu tilni o‗rganuvchilar uchun qator
yengilliklar yaratilmoqda.
4. Tadqiqot ishini bajarish jarayonida shunga amin bo‗ldikki, korpusni
insoniyat hali korpus lingvistikasi fani paydo bo‗lmasdan oldin, ya‘ni XVIII asrdan
tadqiq eta boshlashgan. Bibliyani tadqiq etish, lug‗atlar yaratish
(Johnson, Oxford
English Dictionary, Webster Dictionary)
, tillarni o‗qitish
(chastotali lug‗at
Thorndike'а, 1921)
, deskriptiv grammatika (
Fries, 1940, Quirk, 1968) va boshqalar
bizning mazkur fikrimizni dalillaydi.
5. Tilimizning ichki imkoniyatlari axborot-texnologiyalari tizimida yetarli
darajada ishga solinmayotganligi o‗zbek tilining milliy korpusini tuzishni
qiyinlashtirmoqda. Yurtimizda o‗zbek tili korpuslarini yaratish ishlarini qoniqarli
51
deb bo‗lmaydi. Bu ona tilimizning axborot texnologiyalari tili sifatida, shuningdek,
milliy korpus shaklida global korpuslar to‗riga ulanib, jahonga chiqishiga monelik
qilyapti.
6. Bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari o‗zbek korpus
lingvistikasining nazariy asoslarini ishlab chiqish, namuna sifatida bir-ikki korpus
lavhasi yaratish bosqichida turibdi, xolos. O‗zbekistonda amaliy tilshunoslikning
bir yo‗nalishi sanalgan o‗zbek korpus lingvistikasini rivojlantirish, uni ilmiy-
nazariy jihatdan tadqiq etish, kompyuter va korpus lingvistikasi markazi yoki
laboratoriyasini tashkil qilish hamda unga mutaxassislarni biriktirish orqali amalga
oshishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: