bosh leksemasining sifat so‘z turkumidagi so‘z vazifasida kelganini deyarli
uchratmadik. Ammo hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z “birinchi”, “asosiy” ma’nosida
Berilgan misollarda bosh so‘zi grammatik jihatdan qaysi so‘rog‘iga javob
bo‘lib, sifat bajargan vazifani bajarayotgan bo‘lsa-da, mantiqan unda bosh
Berilgan misollarning barchasida ham bosh so‘zining “asosiy” semasi asosida
uchratmaymiz. Bizningcha, bosh leksemasining bu ma’nolari til taraqqiyotining
68
Asarda uchragan va polisemantik so‘z sifatida qatnashgan zamon leksemasi
ham bugungi adabiy tilimizda uchraydi. Zamon so‘zi ma’lum bir o‘tgan davr,
kimningdir hukmronlik qilgan payti ma’nolari avval ham mavjud edi, hozir ham
qo‘llaniladi. Shuningdek, asarda uni bir oz vaqt ma’nosida “zamon bergin”, ya’ni
vaqt bergin ma’nosida qo‘llanganini tahlil qilgandik. Zamon so‘zining izohli
lug‘atdagi ma’nolarini tahlil qilar ekanmiz, uni adabiy tilda bugun u ma’noda
qo‘llanilmasligini ko‘ramiz. Ammo o‘guz lahjasiga mansub shevalarda, xususan,
Xorazmning ba’zi tumanlari shevasida zamon so‘zi xuddi Rabg‘uziy qo‘llagan
ma’noda uchrashini kuzatdik. “Bir zamandan keyin galling”, ya’ni bir oz vaqtdan
keyin keling tarzida shevada mavjud bo‘lgan bu so‘z asarda ham xuddi shu
ma’noda qo‘llangan: zamon bergil, ya’ni bir oz vaqt bergil kabi. Zamon so‘zining
bu ma’nosini bugun nega aynan Xorazm shevalarida uchrashini quyidagicha
izohlash mumkin:
Asar muallifi Nosiruddin Rabg‘uziy qadim Xorazmning farzandi bo‘lgan va
bevosita asar yaratayotgan payt adabiy til bilan birgalikda sheva elementlaridan
ham unumli foydalangan. Shu sababli ham asarda uchrovchi ba’zi so‘zlar
O‘zbekistonning boshqa hududlarida emas, aynan Xorazm shevasida mavjud.
Asarda uchrovchi ot so‘z turkumiga mansub leksemalarning hozirgi o‘zbek
adabiy tiliga munosabatini qiyosiy tahlil qilish asnosida shunday xulosa chiqarish
mumkin: asar yaratilgan davrda polisemantiklik hosil qilgan leksemalar bugun ham
faqat bir ma’noli emas, shuningdek, ularning aksariyatida ma’nolar soni yana-da
ortgan bo‘lib, ba’zilarida esa bu jarayon aksincha kechgan.
“Qisasi Rabg‘uziy”da uchragan ot so‘z turkumiga mansub polisemantik
so‘zlarning hozirgi adabiy tilga munosabatini tahlil qilish asnosida ulardagi
o‘zgarishlarni o‘rgandik. Ularni har ikki davrdagi manbalarda qo‘llanilishi
yuzasidan xulosalarni chiqardik. Uchinchi bobning birinchi bobida asar tilidagi
ko‘p ma’noli so‘zlarni eski turkiy til yodnomasi “Devon-u lug‘otit turk” asaridagi
polisemantik leksemalar bilan qiyos qilganimizda umumiy va xususiy hollarni
ajratgandik. Hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan solishtirilgandan so‘ng esa
quyidagicha xulosa qilish mumkin:
69
“Qisasi Rabg‘uziy” asari eski turkiy tildan ko‘ra hozirgi o‘zbek adabiy tiliga
yaqinroq ekan. Chunki undagi polisemantik so‘zlar eski turkiy tildan ko‘ra hozirgi
so‘zlarimizning aksariyati bilan bir xil, yaqinroq ekanligi kuzatildi.
Quyida asarda uchragan polisemantik fe’llarning hozirgi adabiy tilga
munosabatini tahlilga tortamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: