Adabiyoti universiteti



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/49
Sana03.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#312874
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
aliqulova durdona bmi tayyor

 

 


69 

 

XULOSA 

Jahon  madaniyatiga  o‗zining  boy  merosi  bilan  katta  hissa  qo‗shgan  buyuk 

bobokalon shoirimiz Zahiriddin Muhammad Bobur fanning turli sohalarini yaxshi 

bilibgina  qolmay,  uni  rivojlantirishga  ham  munosib  hissasini  qo‗shgan.  ―Har 

qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak‖ (Servantes).

21

 Shu 


jihatdan  olib  qaraganda,  biz  Boburni  buyuk  inson  deb  ayta  olishimiz  mumkin. 

Uning  ijodini  o‗rganish  shoir    haqida  kengroq  tasavvur  hosil  qilishga  yordam 

beradi. Bobur ziddiyatli va tahlikali bir zamonda yashaganligiga qaramay, o‗zidan 

boy  meros  qoldirdi.  Uning  asarlari  nafaqat  o‗zbek  adabiyotida,  balki  chet 

mamalakatlarda  ham  sevib  o‗rganiladi

22

.  O‗zbek  adabiyotida  Bobur  haqida  juda 



ko‗p ilmiy ishlar olib borilgan bo‗lsa-da, metodika sohasida yetarli tadqiqotlar olib 

borilmaganligi  sababli  biz  o‗z  bitiruv  malakaviy  ishimizda  mana  shu  jihatlarni 

yoritib berishga harakat qildik.  

Ishning  dastlabki  bobi  ―Zahiriddin  Muhammad  Bobur  hayoti  va  ijodining 

o‗rganilishi‖ deb nomlangan bo‗lib, bobning birinchi qismida Bobur faoliyatining 

darsliklarda  berilishi  haqida  fikr  yuritildi.  Ko‗rib  o‗tilganidek,  umumiy  o‗rta 

ta‘limning  5-  va  9-sinf  adabiyoti  darsliklarida  hamda  o‗rta  maxsus  ta‘limning  II 

bosqich talabalari uchun mo‗ljallangan adabiyot darsligida shoir hayoti va faoliyati 

haqida  ma‘lumot  beriladi.  Aynan  shu  qismda  dars  samaradorligini  oshirishga 

xizmat qiluvchi metodlardan namunalar keltiriladi. Jumladan,  ―Zanjir‖, ―Raqamlar 

so‗zlaganda‖,  ―Besh  panja‖,  ―Qarorlar  shajarasi‖  kabi  metodlar.  Bobur  hayoti  va 

ijodini o‗rganishga yo‗naltirildi. 

II  bob  ―Zahiriddin  Muhammad  Bobur  ijodini  o‗rganishda  zamonaviy 

pedagogik  texnologiyalar‖  deb  nomlanadi.    Ma‘lumki,  mutafakkirning  eng  yetuk 

va  uni  dunyoga  tanitgan    asari  bu  –  ―Boburnoma‖.  Bu  asarda  1494-1529-yillarda 

Markaziy  Osiyo,  Afg‗oniston  va  Hindistonda  sodir  bo‗lgan  tarixiy,  siyosiy 

voqealar yilma-yil o‗ta aniqlik bilan bayon qilingan  bo‗lib, ular muallif hayoti va 

                                                           

21

 Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 1999-йил, 187-бет.                                                                          



22

 Abdug‗afurov Abdurashid. ―Boshimni olib, ey Bobur…‖//O‗zbek tili va adabiyoti. 2004. № 6,  18-bet. 




70 

 

siyosiy  faoliyatiga  bevosita  aloqadordir.  Hozirda  amalda  bo‗lgan  darsliklarda 



―Boburnoma‖dagi  Farg‗ona,  Andijon,  Samarqand,  Kobul,  G‗azna  va  Hindiston 

bilan  bog‗liq  parchalar  keltirilgan.  Keyingi  uch  joy  nomi  umumta‘lim  maktablari 

uchun  yaratilgan  darslikda  uchramaydi.  Avvalgi  uch  shahar  esa  har  ikkala 

darslikdan o‗rin olgan. O‗rta maxsus ta‘limda tarixiy shaxslardan Husayn Boyqaro 

va  Alisher  Navoiy  ta‘rifi  keltirilgan.  Buning  asl  sababi  har  ikki  shaxs  ijodkor 

bo‗lib,  darslikda  Bobur  hayotidan  oldingi  darslarda  o‗quvchilar  ular  haqida 

ma‘lumotga  ega  bo‗ladilar.  Aynan  shu  ma‘lumotlarni  o‗quvchilarga  noananaviy 

tarzda  yetkazish,  darsni  qiziqarli  tashkil  etish  va  ta‘lim  samaradorligini  oshirish 

maqsadida  ―Tanlab  topaman‖,  ―Zinama-zina‖,  ―Ikki  tomonlama  kundalik‖, 

―Davom ettiring‖, ―Qiyosiy tahlil‖metodlari tavsiya etildi. ―Boburnoma‖ni o‗qish 

davomida  esa  o‗quvchilarning  bilimlari  mustahkamlanadi  va  shoirlar  haqida 

kengroq tushuncha hosil qiladilar. 

Ikkinchi  bobning  ikkinchi  qismida  Bobur  she‘rlarining  darliklarda  berilishi 

va  ularning  mavzu  ko‗lami  haqida  so‗z  yuritiladi.  O‗zbek  va  fors  tillarida  ijod 

qilgan zullisonayn shoir ona tilida yozgan she‘rlarini to‗plab, 1519-yilda Kobulda, 

1928  –  1529-yillarda  Hindistonda  devonlar  tuzgan.  Bu  ikki  to‗plam  o‗sha  joylar 

nomi  bilan  ―Kobul  devoni‖,  ―Hind  devoni‖  deb  ataladi.  Kobul  devoni  topilgan 

emas. Yuqorida nomlari tilga olingan har uchala darslikda ham Bobur she‘rlaridan 

namunalar  keltirilgan.  Beshinchi  sinfda  shoirning  ruboiylari  bilan  tanishgan 

o‗quvchilar  to‗qqizinchi  sinfda  ―Mening  ko‗nglumki,  gulning  g‗unchasidek  tah-

badah  qondur‖  va  ―Mushkuldur‖  radifli  g‗azallari  bilan  tanishadilar.  Biz  bitiruv 

malakaviy  ishimizda namuna sifatida    ―G‗urbatda  ul oy…‖  g‗azalini tahlil qildik. 

Mumtoz adabiyotdagi bosh mavzu ishq edi. Bunday mavzuda yozilgan she‘rlar sof 

intim lirikaning mahsuli hisoblanadi. Ularni tahlil qilishda har bir so‗zning ma‘no 

qirrasi e‘tiborga olinadi. G‗azalning shu qirrasiga e‘tibor berish uchun ―Tadqiqod‖ 

va  ―Tafakkur‖  metodini  keltirib  o‗tdik.  Qanday  metodlarni  qo‗llash    esa 

o‗qituvchining  mahoratiga bog‗liq.  U  dars    o‗tish  mobaynida bitta  g‗azalni tahlil 

qilib berib, qolganlarini o‗quvchilar hukmiga havola etishi lozim. Dars jarayonida 




71 

 

o‗quvchilar shoir sheriyati bilan tanishish bilan birga nazariy bilimlarga ham ega 



bo‗lishlari  kerak.  Aynan  shuning  uchun  ―Anglash‖  va  ―Fikriy  hujum‖  metodini 

kiritdik. Bundan tashqari dars jarayonida   ―Ijod qil‖ va ―Tinglab top‖ metodlarini 

qo‗llanilishi  o‗quvchilarda  ijodkorlik  mahoratini  shakllanishiga  va  adabiyotga 

qiziqishni  ortishiga  xizmat  qiladi.  Dars  jarayonida  o‗qituvchilar    shogirdlari 

adashgan  o‗rinlarda  o‗zi  tuzatishlar  kiritib,  ularning  fikrini  to‗ldirsa,  ta‘limning 

samarasi uchun xizmat qiladi.  

5- va 9-sinflarda keltirilgan she‘rlarning o‗rta maxsus ta‘limda takrorlanishi 

ham  maqvadga  muvofiq.  Chunki  umumiy  o‗rta  ta‘limga  Boburning  sanoqli 

she‘rlari  kiritilgan bo‗lib, o‗quvchilar bu she‘rlar bilan tanishib, yod olib ulgurgan 

bo‗lishadi lekin tahlil qilish ko‗nikmasi to‗liq shakllanmagan bo‗ladi.  

Bitiruv  malakaviy  ishimizning  III  bobi  ―Ishning  amaliyotga  tatbiqi‖  deb 

nomlanib,  birinchi  qismida    davlat  ta‘lim  standartidagi  adabiyot  ta‘limining 

maqsad  va  vazifalari  keng  yoritib  berilgan.  Umumiy  o‗rta  ta‘lim  maktablaridagi 

adabiy  ta‘lim  asosan  sof  ilmiy  maqsadlarni  emas,  balki  ma‘naviy-axloqiy 

yo‗nalishlar  ustuvorligini  ko‗zda  tutadi.  Davlat  ta‘lim  standartlarida  adabiyot 

ta‘limining  maqsad  va  vazifalarining  eng  muhimlari  sifatida  quyidagilar 

ko‗rsatiladi: 

- o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda, milliy va jahon 

adabiyotining  eng  munosib  namunalari  bilan  tanishtirish  asosida  ularning  qalbida 

vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan 

rag‗bat, mehr va muhabbat uyg‗otish; 

-  ularni  fuqarolik  va  vatanparvarlik  ruhida,  adabiyotga,  milliy,  madaniy-

ma‘rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash; 

- ularning boy ma‘naviy dunyosini shakllantirish; 

-  badiiy  asar  va  uning  poetik  xususiyatlarini  o‗rganish  asosida  o‗quvchida 

tanqidiy fikrlashga oid ko‗nikma va malakalarni hosil qilish; 




72 

 

- ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji 



uchun imkoniyat yaratish; 

-  ularda  har  qanday  ma‘naviy  xurujlarga  nisbatan  sog‗lom  va  baquvvat 

e‘tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish; 

-  so‗z  san‘ati  vositasida  o‗quvchining  individual  va  shaxslik  fazilatlarini 

rivojlantirish 

Biz  darsliklarda  o‗quvchilarning  yosh  xususiyatlari  e‘tiborga  olinganligini 

darsliklarning yutug‗i deb baholaymiz. Chunki 5-sinf darsligida berilgan ma‘lumot 

keyingi  darsliklarda  takrorlanmaydi,  balki  to‗ldiriladi.  5-sinf  o‗quvchilarini 

zeriktirib  qo‗ymaslik  uchun  berilmagan  tarixiy  sanalar  va  asarlarining  nomlari 

yuqori  sinflar  uchun  mo‗ljallangan  darslikda  beriladi.  Buning  asosiy  sababi  esa 

o‗quvchilarning eslab qolish qobiliyati shakllanib bo‗lganligida.  Agar Zahiriddin 

Muhammad  Bobur  hayoti  haqida  so‗z  yuritganda  shunchaki  hikoya  tarzidagi 

ma‘lumot berishdan cheklanib, uning zamondoshlari, shogirdlari yoki yozuvchi va 

shoirlar tomonidan berilgan fikrlar ham darsliklardan o‗rin olganda edi,maqvadga 

muvofiq  bo‗lar  edi.    Bobning  yakunida  bir  soatlik  ochiq  dars  islanmasi  namuna 

sifatida berildi.  

   Xullas,  badiiy  adabiyot  qaysi  janr  va  mavzularda  yozilmasin,  undan  kutilgan 

asosiy  maqsad  insonni  tarbiyalashdir.  Shu  jihatdan  qaraganda,  Zahiriddin 

Muhammad  Bobur  ijodi  o‗ziga  xos  axloqiy-ta‘limiy,  ma‘naviy  ma‘rifiy 

ahamiyatga  ega.    Bu  asarlarning  umumiy  ruhi  insonni  komillik  ruhida 

tarbiyalashga qaratilgan. 


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish