Adabiyotda sehrli raqamlar sirining ifodalanishi



Download 409,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana15.01.2022
Hajmi409,46 Kb.
#370545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
adabiyotda sehrli raqamlar sirining ifodalanishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

15 



1 - bob. Ertaklarda “sehrli” raqamlar. 

1.1. O’zbek xalq ertaklaridagi an’anaviy uchliklar. 

 

Xalqimizning  qadimiy  udumlariga  ahamiyat  bersak,  “yer  qoidasi  uch, 



uchdan  keyin  puch”.  “oting  bir  qoqilmasin,  bir  qoqilsa  uch  martagacha  boradi” 

degan iboralarni uchratamiz. Ilgarilari nikoh to‟ylarida kelin-kuyov gulxan atrofida 

uch  marta  aylantirilardi.  Turmushda  uchlik  o‟ziga  xos  “qoida”ga  aylanib 

qolgandek  ko‟rinadi,  undan  hatto  hozir  ham  foydalaniladi.  Masalan,  qo‟lni  uch 

marta yuvish, choyni uch marta qaytarish. 

Respublikamizning  geografik  xaritasiga  nazar  tashlasak,  Uchquduq, 

Uchqo‟rg‟on,  Uchtegirmon,  Uchqir,  Uchtom,  Uchuy  kabi  joy  nomlari  ko‟pligiga 

amin  bo‟lamiz.  Buning  ustiga  “Uch  og‟ayni  botirlar”,  “Uch  o‟rtoq”,  “Uch 

yolg‟ondan  qirq  yolg‟on”,  “Uch  nasihat”  kabi  ertaklarning  nomlari  ham  ana  shu 

“sehrli  raqam”  bilan  aloqador.  Shuningdek,  o‟zbek  xalq  dostonlarini  yoki 

ertaklarimizni varaqlasangiz, uch og‟a-ini botirlar, uch opa-singil, uch o‟rtoq, uch 

shart,  uch  yo‟l,  uch  to‟siq,  uch  savol,  uch  boshli  ajdarho,  uch  sinov,  uch  kunlik 

muhlat,  uch  jang,  uch  vazifa,  uch  ko‟makchi,  uch  dev,  uch  ot  kabi  motiv  va 

an‟analarda ham “uch” raqami ishtirok etganini ko‟ramiz. 

Ertaklarimizda  muayyan  tilsim  yoki  sehrli  qasrlar  bilan  bog‟liq  uchliklar 

juda  serob:  uch  marta  ta‟zim  qilish,  uch  marta  salom  berish,  vafodor  otning  uch 

marta  kishnashi,  ga‟royib  xislatli  cholni  uch  marta  chaqirish  kabi  motivlar  uch 

marta  takrorlanadi.  Xususan,  “Bulbuligo‟yo”  ertagida  tasvirlanishicha,  shahzoda 

yog‟och  otning  qulog‟ini  uch  marta  burab  qo‟ysa,  u  sirli  g‟orning  og‟ziga  borib 

qoladi.  Yoki  “Qorasochxon”  ertagida  malikaning  kanizagi  tepalik  ortidagi  katta 

gulning atrofini uch marta aylanib, ko‟zdan g‟oyib bo‟ladi. “Oltin baliq” ertagining 

qahramoni  bilan  xayrlashayotgan  baliq  qiyofasidagi  sirli  yigit  suv  ostiga 

tushayotib,  “Mabodo  kerak  bo‟lib  qolsam,  ko‟k  dengiz  qirg‟og‟iga  borib,  uch 

marta chaqirsang, darhol xizmatingga hozir bo‟laman”, deydi. 

“Uch” raqami o‟zbek xalq ertaklarining kompozitsiyasini belgilovchi muhim 

badiiy elementlardan biridir. Deylik, “Uch og‟ayni botirlar” ertagining strukturasi 




 

 

16 



an‟anaviy  uchlikka  asoslangan.  Cholning  uch  o‟g‟li,  uch  nasihat,  uch  kecha  yo‟l 

yurish, kechani uchga bo‟lib poyloqchilik qilish, uch qiz, uch sinov kabi uchliklar 

ertakni boshdan-oyoq o‟ziga bo‟ysundirib olgan. Shuning uchun an‟anaviy uchlik 

ertak  poetik  strukturasining  muhim  komponentlaridan  biri  hisoblanadi.  Taniqli 

folklorshunoslar  A.  I.  Nikiforov va  V.  Y.  Propp  ham  an‟anaviy  uchlikning sirini 

topish zarurligini qayd qiladilar

10

. E. B. Taylor, F. N. Blexer, A. I. Borodin, O. A. 



Davidova, A. T. Xrolenkolar qadimgi qabilalarda sanoq sistemasi uchta raqamdan 

iborat  bo‟lgan,  uch  oxirgi  son  vazifasini  bajargan  deb  hisoblashadi

11

.  V.  G. 



Bogorazning  yozishicha,  “Uchlik  qadimgi  sanoq  sistemasining  oxirgi  va  uni 

beshlik  hisob-kitob  usulidan  ajratib  turuvchi  raqamdir.  Unga  alohida  e‟tiqod 

qo‟yilishining boisi ham shunda”. 

A.  I.  Nikiforov,  O.  M.  Kosven,  V.  Y.  Propplar  ham  shu  gipotezani 

quvvatlaydilar

12



V. N. Anikin va K. Imomovlarning yozishlaricha, “Uch soni ibtidoiy odam 

xayolida  baxtsizlik  keltiradigan  son  sifatida  o‟rnashgan  edi”

13

.  Ammo  ibtidoiy 



odamlar tasavvurida uch raqami baxtsizlik ramzi sifatida tushunilganligi biron-bir 

dalil bilan isbotlanmagan. 

Qadimgi  mifologik  tasavvur  va  rituallar  semantikasi  tadqiqotchilarning 

fikricha,  folklor  hamda  marosimlarda  uch  raqamiga  alohida  e‟tibor  berilishiga 

sabab,  uch  olamning  vertikal  tuzilishi,  ya‟ni  kosmosning  trixotomik  strukturasi 

haqidagi  qadimiy  mifologik  tasavvurlardir.  V.  V.  Ivanov  va  V.  N.  Toporovlar 

qadimgi slavyanlarning diniy mifologik sistemasida uch raqamining semantik asosi 

olamining vertikaliga uchga bo‟linishiga bog‟liqligini isbotlab berishgan. 

                                                 

10

  Пропп В. Я. Фольклор и действительность. Москва. 1976. С. 96.



 

11

  



Бородин А. И. Число и мистика. Донецк. 1975. С. 91; Давидова О. А. Числительные в 

русских пословицах и поговорках. Курск. 1978; Хроленко А. Т. Поетическая фразеология 

русской народной лирической песни. Воронеж. 1981. С. 130-131. 

12

  Пропп В. Я. Фольклор и действительность. Москва. 1976. С. 96. 



13

  K. Imomov. O‟zbek xalq prozasi. Toshkent. 1981. 20-bet.

 



 

 

17 



Uch raqamining mifologik tasavvurlar bilan bog‟liqligini kosmik modelning 

trixotomik  strukturasi  evolyutsiyasi  misolida  B.  G.  Ogibenin  va  N.  L. 

Jukovskayalar ham isbotlashgan

14

. Ularning fikricha, folklor asarlari, mifologik va 



ritual  tekstlardagi  uchlik  an‟anasining  asosi  arxaik  mifologiyada  olamning 

vertikaliga uchga bo‟linishi haqidagi tasavvurga bog‟lanadi. Yer yuzidagi ko‟pgina 

elatlar qachonlardir faqat uchgacha sanashni bilishgan, xolos.   

Demak, uchlik sanoq sistemasi mif va folklorda, marosim va udumlarimizda 

uch  raqamining  semantik  modellar  sistemasi  shakllanishiga  ma‟lum  ta‟sir 

o‟tkazgan. Ammo ertaklardagi uchlik motivlarining poetik xususiyatlari bu “sehrli” 

raqam genezisi olamning trixotomik strukturasiga bog‟liqligini ko‟rsatadi. O‟zbek 

xalq  ertaklaridagi  uchlik  bilan  bog‟liq  motivlar  genezisini  o‟rganish,  bu  raqam 

an‟anasining  asosini  olamning  mifologik  qiyofasi  haqidagi  tasavvurlarga 

bog‟laydi.  An‟anaviy  uchlikning  genezisi  qadimgi  odam  dunyoqarashi  bilan 

bog‟liqligi ertaklarda keng tarqalgan an‟anaviy uch yo‟l motivi, uch boshli obrazlar 

va syujet elementlarining uch marta takrorlanishi kabi magik uchlik bilan bog‟liq 

murakkab semantik konstruksiyalar tahlilida aniq ko‟zga tashlanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                 

14

  Жуковская Н. Л. Формы проявления культа природи в пантионе и ритуалах ламаизма. 



Религия и мифология народов Восточной и Южной Азии. Москва. 1980. С. 113.

 



 

 

18 




Download 409,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish