“adabiyot yashasa – millat yashar”



Download 115,97 Kb.
bet5/9
Sana13.07.2022
Hajmi115,97 Kb.
#785682
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ozod

Endi Cho‘lponga murojaat qilaylik. Yosh munaqqid “Adabiyot nadur?” maqolasida, birinchi navbatda, adabimyotning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning fikricha adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omil, Cho‘lpon bu xulosaning chin ekanligiga shu qadar ishonganki, maqolada hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan tarzda “adabiyot yashasa – millat yashar” deya tasdiqlaydi: “Ha, to‘xtamasdan harakat qilib turg‘on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa – millat yashar. Adabiyoti o‘lmagan va adabiyotining taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib sekin-sekin inqiroz bo‘lur”.

  • Endi Cho‘lponga murojaat qilaylik. Yosh munaqqid “Adabiyot nadur?” maqolasida, birinchi navbatda, adabimyotning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning fikricha adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omil, Cho‘lpon bu xulosaning chin ekanligiga shu qadar ishonganki, maqolada hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan tarzda “adabiyot yashasa – millat yashar” deya tasdiqlaydi: “Ha, to‘xtamasdan harakat qilib turg‘on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa – millat yashar. Adabiyoti o‘lmagan va adabiyotining taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib sekin-sekin inqiroz bo‘lur”.

Cho‘lpon shu ulug‘ ma’riftparvarlik harakatininig qanotlarida ijod maydoniga kirib keldi. U mustaqil o‘qib o‘rganish oqibatida g‘oyat yukmsak madaniy saviyaga ega edi. Sharq klassiklari, ayniqsa, turk va hind yozuvchilarining asarlari bilan, shuningdeyek, Ovro‘pa va rus adabiyoti bilan puxta tanish edi. Shuning uchun 15-16 yoshlaridayoq ma’rifatpararlik g‘oyalarini qabul qilishga har jihatdan tayyor edi. Shuning uchunt Cho‘lpon yoshligiga qaramay, Turkistonning taqdiri to‘g‘risida, millatning istiqboli haqida chuqur qayg‘urish bilan o‘ylay boshladi. U ham jadidlarga ergashib, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqag‘idan qutqarib olishning birdan bir yo‘li ma’rifat degan e’tiqodga keldi. Millatni ravnaq toptirish uchun, birinchi navbatda, uni mustamlaka asoratidan xalos etish kerak, buning uchun esa xalq o‘zini o‘zi tanigan bo‘lmog‘i, hammani birlashtiradigshan, yakdil qiladigan milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lmog‘i kerak. Cho‘lpon xalqni shu darajaga yetkazishga yordam beradigan imkoniyatlar, chora-tadbirlar izlaydi va adabiyot ularning eng samaralisidir degan to‘xtamga keladi. Shuning uchun ham yosh munaqqid komil ishonch bilan hatto millatning yashashini adabiyotning yashashiga bog‘liq qilib qo‘ydi. Ehtmol, Cho‘lpon bu yeprda biroz ehtirosga berilgandir, bir oz mubolag‘aga yo‘l qo‘ygandir, lekin hech shubha yo‘qki, XX asr boshlaridagi Turkiston sharoitida “adabiyot yashasa – millat yashar” degan formula to‘g‘ri va samarali formula edi. Muhimi shundaki, adabiyotga bunday qarash, uni xalq hayotini yangilashning muhim vositasi deb hisoblash Cho‘lpon ijodida shunchaki yo‘l-yo‘lakay aytilgan bir fikr sifatida qolib ketgani yo‘q, balki uning keyingi ijodi davomida doimiy ravishda rahnamolik qiluvchi dasturulamal bo‘ldi.

  • Cho‘lpon shu ulug‘ ma’riftparvarlik harakatininig qanotlarida ijod maydoniga kirib keldi. U mustaqil o‘qib o‘rganish oqibatida g‘oyat yukmsak madaniy saviyaga ega edi. Sharq klassiklari, ayniqsa, turk va hind yozuvchilarining asarlari bilan, shuningdeyek, Ovro‘pa va rus adabiyoti bilan puxta tanish edi. Shuning uchun 15-16 yoshlaridayoq ma’rifatpararlik g‘oyalarini qabul qilishga har jihatdan tayyor edi. Shuning uchunt Cho‘lpon yoshligiga qaramay, Turkistonning taqdiri to‘g‘risida, millatning istiqboli haqida chuqur qayg‘urish bilan o‘ylay boshladi. U ham jadidlarga ergashib, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqag‘idan qutqarib olishning birdan bir yo‘li ma’rifat degan e’tiqodga keldi. Millatni ravnaq toptirish uchun, birinchi navbatda, uni mustamlaka asoratidan xalos etish kerak, buning uchun esa xalq o‘zini o‘zi tanigan bo‘lmog‘i, hammani birlashtiradigshan, yakdil qiladigan milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lmog‘i kerak. Cho‘lpon xalqni shu darajaga yetkazishga yordam beradigan imkoniyatlar, chora-tadbirlar izlaydi va adabiyot ularning eng samaralisidir degan to‘xtamga keladi. Shuning uchun ham yosh munaqqid komil ishonch bilan hatto millatning yashashini adabiyotning yashashiga bog‘liq qilib qo‘ydi. Ehtmol, Cho‘lpon bu yeprda biroz ehtirosga berilgandir, bir oz mubolag‘aga yo‘l qo‘ygandir, lekin hech shubha yo‘qki, XX asr boshlaridagi Turkiston sharoitida “adabiyot yashasa – millat yashar” degan formula to‘g‘ri va samarali formula edi. Muhimi shundaki, adabiyotga bunday qarash, uni xalq hayotini yangilashning muhim vositasi deb hisoblash Cho‘lpon ijodida shunchaki yo‘l-yo‘lakay aytilgan bir fikr sifatida qolib ketgani yo‘q, balki uning keyingi ijodi davomida doimiy ravishda rahnamolik qiluvchi dasturulamal bo‘ldi.

Download 115,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish