Tayanch so‘z va iboralar:
qaror,
yushma, nafis adabiyot, mafkuraviylashish,
partiyaviy hukmronlik, biryoqlama yondasguv, badiiy-estetik tamoyil. Oybek, Sotti
Husayn, Izzat Sulton, Homil Yoqubov.
1932 yil 23 alrelda VKP(b) MQning «Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta
qurish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Adabiy jarayonga bevosita va kuchli ta’sir
o‘tkazgan omil bo‘lga
ni, ikkinchi tomondan, davr adabiy jarayonidagi hodisalar
mohiyatini anglashda muhimligi uchun unga alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Qarorning
tushuntirish qismida shunday deyiladi: «Bundan bir necha yillar, avval, (ya’ni, 1925
yilda). yangi iqtisodiy siyosatning dastlabki yillarida, ayniqsa, jonlanib qolgan yot
unsurlarning adabiyotda sezilarli ta’siri mavjud bo‘lgan, proletar adabiyoti kadrlari
hali zaif bo‘lgan bir paytda, partiya proletar yozuvchilari va san’at xodimlarining
mavq-eini mustahkamlash maqsadida adabiyot va san’at sohasida maxsus
proletar
tashkilotlarini tuzish va kuchaytirishga har tomonlama yordam bergan edi.
Hozirgi vaqtda, proletar adabiyoti va san’atining kadrlari etishib chiqishga
ulgurgan, fabrika, zavod va kolxozlardan yangi yozuvchilar maydonga kirgan
paytda, mavjud adabiy-badiiy tashkilotlar (VOAPP, RAPP, RAPMI va b.) doiralari
endiyoq torlik qilib qoldi va badiiy ijodning keng quloch yoyishiga to‘sqinlik
qilmoqda.
Mazkur holat bu tashkilotlarning sho‘ro yozuvchi va san’atkorlarini
sotsialistik qurilish vazifalarini bajarishga safarbar qilish, jipslashtirish vositasidan
alohida to‘garaklar doi-rasida cheklanganlikni yoyish vositasiga aylanib qolishi,
zamonaning siyosiy vazifalaridan hamda sotsializm qurish ishiga xayrixoh yozuvchi
va san’atkorlarning salmoqli guruhidan uzilib qolish xavfini yuzaga keltirmoqda»
21
.
Mazkur sharoit hisobga olingan holda proletar yozuvchilari tashkilotlarini tugatish
va «Sho‘ro hokimiyati platformasini qo‘llab-quvvatlovchi hamda sotsialistik
qurilishda ishtirok etishga intilayotgan barcha yozuvchilarni tarkibida kommunistik
fraksiyasi bo‘lgan yagona sho‘ro yozuvchilari ittifoqiga birlashtirish»ga qaror
qilindi.
21
Введение в литсратуроведение. Хрестоматия.- М.: 1988, 62-с.
Aslida, sho‘ro hukumatining adabiyot sohasidagi siyosati uning ijtimoiy-
iqtisodiy sohalardagi siyosatidan, umuman, mamlakatdagi ichki siyosatidan andoza
olgan hodda amalga oshirilgan. Tarixdan ma’lumki, fuqarolar urushi davrida tamom
izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklash uchun burjuaziyaning moddiy-texnik
imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi uchun NEP(yangi iqgisodiy siyosat) joriy
etilgan, keyin, iqtisod biroz o‘ziga kelgach, NEP tugatilgan edi. 1925 yil qarori
adabiyot sohasidagi NEP edi, bunda ham burjua yozuvchilaridan proletar adabiyotini
yaratishda foydalanish maqsadi ko‘zlangan edi. Har qancha kamchiliklariga
qaramay, 20-yillar adabiy jarayonida qarashlar turlichaligi (NEP davrida ko‘p
ukladdi iqti
sod bo‘lgali kabi) mavjud edi. Iqtisodiyotda yakka hokimlikka erishib
bo‘lgan sho‘ro adabiyotdagi bu holatdan qoniqmas edi va 1932 yil qarori adabiyotda
yakkahokimlikni egallash yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi: adabiyotdagi qarashlar
turlichaligiga barham berildi.
Avval milliy respublikalarda, keyin ittifoq miqyosida tuzilgan Sovet
yozuvchilari uyushmasi adabiyotdagi yakkahokimlikni amalga oshirish vositasi
bo‘lib qoldi. Ittifoq Yozuvchilar uyushmasining 1934 yil avgustida o‘tkazilgan
birinchi s’ezdidayoq sho‘ro adabiyotining vazifalari aniq qilib qo‘yildi, nimani
qanday tasvirlash, nimaga qanday munosabatda bo‘lish kabi muhim ijodiy
masalalarda «sovet yozuvchilarini» bir xillashtiruvchi me’yorlar – sotsialistik
realizm metodining asosiy prinsiplari ishlab chiqildi. O‘xshatish joiz ko‘rilsa,
bamisoli ijodkorlarning bari bitta kolxozga birlashtirildi: nima ekish, qanday ekish,
qachon ekish kabi masalalarni pravlenie hal qiladi, a’zolar ishlab bersa bas. Tarixdan
bilamiz-ki, kolxozlar tuzilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay «zararkunandalar bilan
kurash», «Quloqlarni sinf sifatida tugatish» kabi tadbirlar ham bo‘lgan. Yozuvchilar
«kolxozi»ning galdagi vazifasi ham shu xil tadbirlarni amalga oshirish bo‘lgani
hozir barchaga ma’lum...
30-yillar adabiy tanqidchiligida (keyincha esa umuman sho‘ro adabiy
tanqidchiligida) kuzatiluvchi yetakchi xususiyatlardan biri shuki, tanqid partiya-
hukumat qarorlari, «Pravda», «Literaturnaya gazeta», «Literaturnыy kritik» singari
markaziy nashrlarda bosilgan maqolalar (ayniqsa, redaksion maqolalar)ni tezkorlik
bilan o‘zlashtirish va adabiy jarayonga tadbiq etish yo‘lidan bordi
22
. Masalan,
«Millatchilik va aksilinqilobchilik bilan kurash va o‘zbek proletar adabiyoti»
2347
nomli ma-qolada «Qizil qalam» tashkiloti «fosh etiladi», uning «milliy
istiqlolchilar» tomonidan egallab olingani va sho‘roga,
kommunisgik firqaga qarshi
fikrlarning «adabiy jurnallarimiz orqali ko‘pchilikka tarqatilgan»i ta’kidlanadi.
Mualliflar «buni o‘z vaqtida ocha olmaganligimizni, hushyor bo‘lmaganligimizni
juda ham ravshan ko‘ramiz» deya e’tirof etarkan, buni «Qizil qalam» jamiyati va
umuman O‘zbekistondagi adabiy harakatga firqa rahbarligi juda sust bo‘lgan»ligi
bilan izohlaydilar. Bunday sharoit esa, mualliflar fikricha, «O‘zbekis-tondagi adabiy
harakatni juda o‘tkir va sinfiy hushyorlik bilan qaytadan tekshirib chiqishni va
adabiy tashkilotlarning ishlarida qat’iy burilish yasashni talab etadi. <...>
Adabiyotimizda proletar mafkurasining har sohada ustunligini ta’min etmoq uchun,
22
Ўзбек совет танқиди тарихи. I том. - Т.: 1987, 160-163 б.
23
Олимжон Ҳ. Танланган асарлар.5 томлик.5-том. - Т.: 1972, 44-49 бет-лар. Мақола Миртсмир билан
ҳамкорликда ёзилган
bundan so‘ngra, firqa rahbarligini keskinlashtirib va o‘tkirlashtirib qo‘ymoq zarur».
Ko‘ramizki, maqola mualliflari adabiy tashkilotlarni qayta qurishning (yani, partiya
qarorining) bugunda nechog‘li zarurligini asoslash bilangina cheklanmay, qarorda
aytilmagan bo‘lsa-da, nazarda (asosiy maqsad sifatida) tutilgan «adabiyotga
partiyaning mutlaq rahbarligi» masalasini o‘rtaga qo‘yadilar. Tezkorlik,
hozirjavoblik, siyosiy hushyorlik shunchalik bo‘larda!
H.Olimjonning «Sotsialistik realizmni egallash yo‘lida» nomli maqolasida
metodning mohiyatini ochib berishga harakat qilingan. Metodning chegaralarini aniq
qilib belgilashga intilish u haqdagi nazariy fikrlar paydo bo‘lgan vaqtlardanoq
boshlangan ekan, bu esa uning ko‘p o‘tmay dogmaga aylanishi, adabiyot rivojiga
to‘sqinliq qila boshlashiga zamin hozirlagan. Maqolada ifodasini
topgan metodga
munosabat uzoq
yillar mobaynida deyarli o‘zgarishsiz qolgani ham bejiz emas:
«Sotsialistik realizm turmushni sotsializmning yengish tendensiyasi nuqtai nazaridan
qarab turib, haqqoniy ravishda to‘la sabot bilan ifodalab beruvchi, davrimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |