Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


Foydalanilgan asosiy manba



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

Foydalanilgan asosiy manba:
A. Oripov. Yillar armoni. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san’at nashriyoti, 1984.


233
Anvar 
OBIDJON
(1947-yilda tug‘ilgan)
O’zbekiston  xalq  shoiri  Anvar  Obidjon  1947-yil  8-yanvarda 
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Qishloq  maktabida  o‘qib  yurganidayoq  kinomexanik,  traktorchi 
singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat qilgan. 
Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi 
bo‘lib  ishladi.  So‘ng  Samarqanddagi  moliya  texnikumida  o‘qib, 
1966–1969 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.
Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach, 
nihoyat,  tuman  gazetasiga  kelibgina  o‘z  iqtidorini  namoyish  etish 
imkoniga ega bo‘ldi. U 1971–1976 yillarda Oltiariq tumani gazetasida 
adabiy xodim, bo‘lim mudiri sifatida ishlab, jurnalistlik va adabiy 
tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni paytda 1974–1979 yillar 
davomida  hozirgi  O’zbekiston  Milliy  universitetining  jurnalistika 
fakultetida sirtdan ta’lim oladi.
Anvar  Obidjonning  keyingi  hayoti  va  ijodiy  faoliyati  poytaxt 
Toshkentda kechdi. U turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi, 
1989–1998 yillarda esa xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri 
– “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘ldi.
E’tibor bering:
Garchi  shoir  dastlabki  she’riy  mashqlarini  14–15  yoshida 
boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-


234
da, “Ona yer” deb nomlangan ilk kitobi 1974 yilda – shoir 27 yoshga 
kirganida chop etildi. 
Shundan  buyon  Anvar  Obidjonning  ellikdan  ortiq  kitobi  nashr 
etildiki, bu ijodkorning qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining 
kengligidan darak beradi.
Qolaversa,  Anvar  Obidjon  nihoyatda  serqirra  ijodkor  sifatida 
tanilgan.  Avvalo,  u  zamonaviy  bolalar  adabiyotining  zabardast 
vakili  sanaladi.  Ijodkor  xalqimizning  aziz  farzandlariga  ko‘plab 
she’riy,  nasriy  kitoblarni,  teatr  va  kino  tomoshalarini  tortiq  etgan. 
Ularning  ayrimlarinigina  sanab  o‘tamiz:  “Bahromning  hikoyalari” 
(1980),  “Masxaraboz  bola”  (1986),  “Juda  qiziq  voqea”  (1987), 
“Oltin  yurakli Avtobola”  (1988),  “Dahshatli  Meshpolvon”  (1989), 
“Meshpolvonning  janglari”  (1994),  “O’q  o‘tmas  bolakay”  (2005), 
“Atrofimizdagi qiziqchilar” (2014) va b.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” 
nomli  ilk  komediyasi  1983  yilda  respublika  Yosh  tomoshabinlar 
teatrida  sahnalashtirilgan  edi.  Shundan  buyon  yurtimiz  teatrlarida 
uning  “Pahlavonning  o‘g‘irlanishi”,  “Topsang  –  hay-hay” 
(“Qorinbotir)”, “Navro‘z va Boychechak”, “To‘tiqul”, “Alamazon”, 
“Meshpolvon” kabi pyesalari qo‘yildi. “O’zbekfilm” kinostudiyasida 
adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”, “Dahshatli 
Meshpolvon” filmlari suratga olingan.
Keyingi  yillarda  adibning  “Oltiariq  hangomalari”,  “Baloga 
qolgan futbolchi”, ikkita kitobdan iborat “Tanlangan she’rlar” hamda 
“Ajinasi bor yo‘llar” singari yirik kitoblari o‘quvchilar qo‘liga etib 
bordi. 

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish