Mustaqil o‘qish uchun
Abdulla Avloniy
SHAYX SA’DIY
Shayx Sa’diy hazratlari kichiklik vaqtlarinda otalari ila birga
sahar turub ibodat qilur edilar. Bir kun uylariga bir necha meh-
monlar kelub, yotub qolmish edi. Ul kecha turgan vaqtlarinda
mehmonlarning “pish-pish” uxlab yotganlarin ko‘rub, otalariga:
“Bular qandoq insondurlarki, ibodat uchun hech birlari boshlarini
ko‘tarmaslar, ibodatdan g‘aflatni yaxshi ko‘rurlar ekan”, – degan-
larida, otalari: “Ey o‘g‘lum! Ibodat qilurman deb sahar turub, bi-
rovni aybini ko‘rganingdan, san ham bular kabi toshdek qotib yot-
ganing yaxshi edi”, – dedilar.
Hissa: O‘z qabohatini ko‘rgan kishining o‘zgalarning qabohatla-
rini ko‘rmakka vaqti bo‘lmas.
“Ikkinchi muallim” kitobidan
Do'stlaringiz bilan baham: |