233
Anvar
OBIDJON
(1947-yilda tug‘ilgan)
O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan.
Qishloq maktabida o‘qib yurganidayoq kinomexanik, traktorchi
singari kasblarni o‘rganib, oilasiga yordam berishga harakat qilgan.
Maktabni bitirgach esa konda burg‘ilovchi, qishloqda kutubxonachi
bo‘lib ishladi. So‘ng Samarqanddagi moliya texnikumida o‘qib,
1966–1969 yillarda harbiy xizmatni o‘tadi.
Armiyadan qaytib ham ma’lum muddat turli kasblarda ishlagach,
nihoyat, tuman gazetasiga kelibgina o‘z iqtidorini namoyish etish
imkoniga ega bo‘ldi. U 1971–1976 yillarda Oltiariq tumani gazetasida
adabiy xodim, bo‘lim mudiri sifatida ishlab, jurnalistlik va adabiy
tahrir sohalarida yetarli tajriba orttiradi. Ayni paytda 1974–1979 yillar
davomida hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika
fakultetida sirtdan ta’lim oladi.
Anvar Obidjonning keyingi hayoti va ijodiy faoliyati poytaxt
Toshkentda kechdi. U turli nashriyotlarda, jurnallarda mehnat qildi,
1989–1998 yillarda esa xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri
– “Cho‘lpon”
nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘ldi.
E’tibor bering:
Garchi shoir dastlabki she’riy mashqlarini 14–15 yoshida
boshlagan, harbiy xizmatda ham ancha-muncha she’r bitgan bo‘lsa-
234
da, “Ona yer” deb nomlangan ilk kitobi 1974 yilda – shoir 27 yoshga
kirganida chop etildi.
Shundan buyon Anvar Obidjonning ellikdan ortiq kitobi nashr
etildiki, bu ijodkorning qanchalar sermahsulligi, o‘quvchilari safining
kengligidan darak beradi.
Qolaversa, Anvar Obidjon nihoyatda serqirra ijodkor sifatida
tanilgan. Avvalo, u zamonaviy bolalar adabiyotining zabardast
vakili sanaladi. Ijodkor xalqimizning aziz farzandlariga ko‘plab
she’riy, nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan.
Ularning ayrimlarinigina sanab o‘tamiz: “Bahromning hikoyalari”
(1980), “Masxaraboz bola” (1986), “Juda qiziq voqea” (1987),
“Oltin yurakli Avtobola” (1988), “Dahshatli Meshpolvon” (1989),
“Meshpolvonning janglari” (1994), “O’q o‘tmas bolakay” (2005),
“Atrofimizdagi qiziqchilar” (2014) va b.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”
nomli ilk komediyasi 1983 yilda respublika Yosh tomoshabinlar
teatrida sahnalashtirilgan edi. Shundan buyon yurtimiz teatrlarida
uning “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Topsang – hay-hay”
(“Qorinbotir)”, “Navro‘z va Boychechak”, “To‘tiqul”, “Alamazon”,
“Meshpolvon” kabi pyesalari qo‘yildi. “O’zbekfilm” kinostudiyasida
adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”, “Dahshatli
Meshpolvon” filmlari suratga olingan.
Keyingi yillarda adibning “Oltiariq hangomalari”, “Baloga
qolgan futbolchi”, ikkita kitobdan iborat “Tanlangan she’rlar” hamda
“Ajinasi bor yo‘llar” singari yirik kitoblari o‘quvchilar qo‘liga etib
bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: